|
Bosh menyu tuzilishining foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirilishi.
9.6. Windows XP/2003 Server operatsion tizimi
|
bet | 12/14 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 31,1 Kb. | | #240737 |
Bog'liq drayverlarni urnatishBosh menyu tuzilishining foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirilishi.
9.6. Windows XP/2003 Server operatsion tizimi
Windows Server 2003 ga mansub mahsulotlar oilasi Windows
2000 Server operatsion tizimi texnologiyasining eng yaxshi
xususiyatlarini
olgan. Windows Server 2003 texnologiyasi
tarkibida server uchun mo‘ljallangan Windows OTdan
foydalanuvchi kutgan xavfsizlik,
ishonchlilik, erkin foydalanish
va masshtablanish kabi muhim masalalarni yechish uchun
foydalaniladigan hamma funksiyalar mavjud.
Windows Server 2003 ko‘p masalali operatsion tizim bo‘lib,
markazlashtirilgan yoki tarqoq holda turli funksiyalar to‘plamini
boshqarish xususiyatiga ega. Server bajaradigan vazifalariga
qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
–– fayl serveri va bosmaga chiqarish serveri;
–– veb-server va ilovalar veb-serveri;
–– pochta serveri;
–– terminallar serveri;
–– masofaviy foydalanish serveri/virtual shaxsiy tarmoq serveri
(VPN);
169
–– kataloglar xizmati, domen nomlar tizimi (DNS), bog‘lamalarni
dinamik sozlash protokollari serveri (DHCP) va
Windows Internet
Naming Service (WINS) xizmati.
Windows Server 2003 ga mansub mahsulotlar oilasining
afzalligi.
Windows Server 2003 dan foydalanish quyidagi afzalliklarga
ega.
Ishonchlilik. Windows Server 2003 serverli Windows
OT oilasidagi
eng tez, ishonchli va xavfsiz operatsion tizim
hisoblanadi. Tizimning ishonchliligi quyida keltirilgan ko‘rsatkichlar
bilan belgilanadi:
–– integrallangan infratuzilish bilan;
–– ishonchlilik bilan;
–– erkin foydalanish bilan;
–– tarmoq infra tuzilishining masshtablanishi bilan.
Unumdorlik. Windows Server 2003 maksimal unumdorlik
bilan tarmoq infratuzilishini ochish, boshqarish va qo‘llash
imkonini beruvchi vositalarni taqdim qiladi.
Aloqa. Windows Server 2003 xodimlar, hamkasabalar, tizimlar
va buyurtmachilar bilan o‘zaro aloqani yaxshilash uchun
biznes-qaror infratuzilishini yaratishga yordam beradi.
Windows Server 2003 operatsion tizimining bir necha turlari
mavjud.
|
| |