• 2. Axborot turlari va ularni turkumlash
  • Marketing xususida qarorqabul kilinishni kuvvatlovchi tizimning tarkibiy tuzilishi




    Download 99 Kb.
    bet2/4
    Sana05.03.2024
    Hajmi99 Kb.
    #167216
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Mavzu Marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash
    C. admin, Abdurahmonov-Fizika, 27.09.2019, Data mining referat, 24960, 220V, 3-maruza (1), 7-Mavzu. P (1), Suyarova Yulduz, welcome, Files, Mustaqil 110-111-20 guruhlar Avtomatlashtirish (1), 379, 1-ma’ruza (2)
    Marketing xususida qarorqabul kilinishni kuvvatlovchi tizimning tarkibiy tuzilishi

    Yuqoridagi rasmda aks ettirilgan statistik tahliliy uslublar banki matematik uslublar bilan boyitilishini va tegishli axboroti qayta ishlash jarayonida mukammalashgan modelga aylanishi nazarda tutiladi. Modellar banki tarkibi ushbu rasmda umumiy jihatdan keltirilgan. Amaliy faoliyatda ular kulami juda keng bо‘lib, tashkilotda marketing faoliyatining tashkil etilish darajasi, zarurati va saloxiyatiga qarab kо‘p yoki kam kullanilishi mumkin. Xozirgi paytda, kо‘plab marketing xizmatlarini taklif etuvchi firmalar tayyor holdagi modellarni kompyuter dasturlari sifatida sotmokdalar. Shu jihatdan modellar banki doimiy kengayib borish xususiyatiga ega bо‘lib bormokda.


    Marketing borasida qarorqabulqilishni kuvvatlovchi kuyi tizimga bulgan zaruratning kelgusida xam ortib borishi tabiiydir. Chunki, axborot kulami va mikdorning nixoyat kо‘pligi va uni boshqarishga sarflanadigan vaqtni tejash muhimahamiyatga ega. Modellar banki vositasida esa axborotni kayta ishlash va qarorqabulqilishda nisbatan kam xatoga yо‘l kuyiladi.


    2. Axborot turlari va ularni turkumlash
    Marketing tadqiqoti uchun zarur bulgan ma’lumotlar va axborotlar kulami juda keng bо‘lib, ularni tayinli tartibga solish va zarur paytlarda ulardan foydalanish talab etadi. Dastlabki tasavvurga kura bozor, xaridor, raqobatchi va mahsulot xususidagi barcha axborotni kerakli shaklga jamlash va amaliy faoliyatda ularga tayanib ish kurish samarali hisoblanadi.
    Marketing xususidagi tuplash manbalarini shartli ravishda birlamchi va ikkilamchi turlarga bо‘lish mumkin. Birlamchi ma’lumotlarga tayinli maqsad uchun ilk bor yangidan tashkil etilgan ma’lumotlar, axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarga esa dastlabki boshqamaqsadlar uchun yigilgan, kayta ishlangan, turli manbalarda (jurnal, hisobot, axborot byulletenlari va x.k.) mavjud bulgan axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarni tuplash manbalari tegishli tashkilotlarga taalukli bо‘lish yoki bо‘lmasligiga kura, uz navbatida ichki va tashki turlarga bо‘linadi.
    Ichki ikkilamchi ma’lumot manbalariga tashkilotda yuritilayotgan joriy buxgalteriya, moliya va statistik hisobotlarda aks ettiriladigan kо‘rsatkichlar kiradi. Jumladan, foyda va zararlar, sotib olish va sotish, tovarlarzaxiralari, iste’molchilar kulami va joylashuvi, narxlar hisob-kitoblar va x.k.lar.
    Boshqacha qilib aytganda, tashkilot uz imkoniyatidagi hisobotlar va ma’lumotlarga tayanib, mustakil tarzda ichki ma’lumotlar tizimini ishlab chikadi. Amaliy faoliyatda mahsulotlarni natural va qiymat ulchov birliklarida sotuvchi xajmi, narxlarning yil davomida о‘zgarishi, xaridorlarning joylashuv xaritasi, tovar zaxiralarining о‘zgarishi va shu kabi muhim ma’lumotlarni tashkilot bevosita о‘zining ichki hisobot tizimi asosida aniqlaydi.
    Tashki ikkilamchi ma’lumotlar tashkilot faoliyat yuritayotgan yoki yuritishi kutilayotgan bozor, mahsulot xususidagi mavjud bulgan ma’lumotlarni uz ichiga oladi. Ularning tarkibi, amaliyotda kullanilishi turli davlatlari tajribasida turlicha ahamiyatga ega. Masalan, AQShda tashki ikkilamchi ma’lumotlarni umumiy jihatdan quyidagi 4 ta guruhga ajratish mumkin.
    1. Ommaviy va iqtisodiy uyushmalarning hisobotlari va xabarnomalari. Ushbu manbalar uz mohiyatiga kura ikki kichik guruhga bо‘linadi.
    a). Davlat muassalarning rasmiy hisobotlari. Bular jumlasiga statistik yilnomalar, shaxarlar va x.k.lar kiradi. “AQSH bо‘yichaqisqacha statistik sharx”, “Shaxarlar va okruglar bо‘yicha statistik yuriknoma”, “Amerika sanoati istikbollari” sharxnomasi kabilar shular jumlasidir. “Marketing axboroti yuriknomasi” oylik maxsus nashr bо‘lib, unda marketingga oid barcha xabarlarning qisqacha mazmuni bayon etiladi.
    Ushbu turkum manbalardan aholining usishi, tarkibiy demografik siljishlari, daromadlar va narxlarning о‘zgarishi, yalpi iste’moldagi xolat, ayrim iste’mol tovarlari taklifi, sotuvchi, iste’moliga oid xabarlar va boshqa axborotlarni olish mumkin. Ayrim shtatlar bо‘yicha esa о‘zgarishlar, kushni shtatlar bilan kiyosiy tahlil ma’lumotlari xam ushbu manbalarda aks ettiriladi.
    v). Uyushmalar va tashkilotlarninghisobotlari va ma’lumotlari. Xar bir shtat о‘zining mustakil iqtisodiy uyushmalari (assotsiatsiyalari, ittifoklariga) ega bulganligi sababli, ular xam mustakil tarzda yillik hisobot va ma’lumotlar tayyorlaydilar. Masalan, sanoat-savdo palatalari, maxsus sohalar bо‘yicha (elektronika, sotish yо‘nalishlari bо‘yicha uz a’zolari uchun axborotlarni tupladi va umumlashtirdi. “Amerika marketing assotsiatsiyasi”, “Tadbirkorlikni rivojlantirish byurosi”, “Chakana savdo milliy assotsiasi” kabi tashkilotlar va boshqalar shular jumlasidandir.
    2. Marketing tadqiqotlari bо‘yicha ixtisoslashgan institutlar va marketing xizmati kо‘rsatuvchi muassasalarning axborotlari, hisobotlari.
    Kо‘pgina xollarda ushbu axborot manbai tijorat axborot manbai xam deb nomlanadi. Masalan, marketing tadqiqotlari bо‘yicha ixtisoslashgan institutlar: GFK, “Marketing riserch korporeyshn of Amerika”, “Simmons market riserch byuro”, “A.S.Nilsen” kabi tashkilotlarning bashoratlari, о‘z muammo yо‘nalishlari bо‘yicha amalga oshirgan tadqiqot yakunlari, hisobotlari. Bunday ma’lumotlarning ayrimlari ommaviy tarzda barcha kizikuvchilarga arzonrok ayirboshlanadi, ayrimlari esa tegishli tulov evaziga maxsus bajariladi va takdim etiladi.
    Masalan, “Marketing riserch korporeyshn of Amerika” firmasi oilalarning xaftalik iste’mol mollari xaridi, iste’moli, ayrim chakana savdo korxonalari faoliyati xususida axborotlar tayyorlaydi. “Simmons market riserch byuro” firmasi esa xar yili televizorlar bozoridagi о‘zgarishlar, sport tovaralari, dori-darmonlarning sotuvchi xususidagi axborotlarni aholining jinsi, daromadi, yoshi bо‘yichatabaqalanishini tahliliy ma’lumotlar shaklida keltiradi.
    3. Iqtisodiy matbuot, tarmoqbо‘yicha jurnallar, ruznomalar va kitoblar. Ushbu turkum axborot manbai juda keng bо‘lib, undagi tahliliy ma’lumotlar tegishli tashkilotga, tadqiqotchilar guruhiga yoki alohida shaxsga taa’llukli bо‘lishi mumkin. AQShda mashxur “Tayms”, “Fayneshnl tayms” kabi ruznomalar, “Biznes uik”, “Forchun”, “Forbs”, “Garvard biznes revyu”, “Jornal of markiting”, “Jornal of marketing riserch”, “Advertayzing eydj”, “Seylz end marketing menejment” va boshqa shu kabi jurnallar ommaviy matbuotda marketing tadqiqotiga oid makolalar, hisobotlarni chop kiladi. Bundan tashkari, marketing tadqiqotlarining amaliy jihatlarini aks ettiruvchi risolalar, kitoblar ommaviy matbuot manbaidan olinadigan ma’lumotlarni yanada boyitadi.
    4. Tashkilotlarning ommaviy tarzda chop etiladigan ma’lumotlariga yillik balans hisobotlari, narx varakalari, reklama jurnallari, xaridorlar uchun yuriknomalar va shu kabilar kiradi. Bunday manbalardan о‘zaroraqobatda bulgan firmalar xam kо‘p foydalanadilar. Chunki, unda raqobatchi firmalarning sotish xajmi, mahsulot, xizmat kuratish va narx siyosati xususida zarur ma’lumotlarni olish imkoni bо‘ladi.
    Ma’lumki, xar bir yirik aksionerlik jamiyati va uta yukori savdo oborotiga ega bulgan ma’suliyati cheklangan shirkatlar yillik hisobotlarini, prospektlarni ommaviy nashr kiladilar. Sungi yillarda ushbu tashkilotlarning umumiy falsafasi, sotish siyosati, marketing xizmatlari ma’lumotlari tabiyki, bunday hisobotlarda uz aksini topmokda. Shu sababli, raqobatchi tashkilot yoki firmaning aksionerlari, xaridorlari, mijozlari uchun chiqargan prospektlari, yuriknomalari, hisobotlari bevosita tadqiqot uchun manba sifatida foydalaniladi.
    Axborot olish manbalari xususida fikr yuritilinganda fakatkina tegishli mamlakatda chop etiladigan axborotlargina emas, balki xorijiy matbuot, xalkaro iqtisodiy-moliyaviy tashkilotlarning axborotlarini xam inobatga olmok lozim. Masalan, AQShda nashr etiladigan Forchun, Forbs kabi jurnallarda Yevropa mamlakatlari bozori xususida axborotlar, undagi о‘zgarishlar, siljishlar haqida xam ma’lumotlar keltiriladi. Germaniyaning jahonga mashxur bulgan “Xandelsblat”, “Virtshafsvoxe” iqtisodiy ruznomalari Amerika kompaniyalari faoliyati tug‘risida hamda ularni kiziktirayotgan bozorlar xususida ma’lumotlarni chop etiladi. Bu esa uz navbatida, barcha kizikuvchi va tegishli bozorga ishtiyoqmand kompaniyalar uchun axborot manbai bо‘libhisoblanadi.
    Jahoniqtisodiyoti yanada shakllanayotgan va xalkaro munosabatlar takomillashayotgan sharoitda xalkaro iqtisodiy, moliyaviy tashkilotlar: Xalkaro savdo tashkiloti, Jahon banki, Xalkaro rivojlanish va rekonstruksiya banki va shu kabilar uzlarining yillik hisobotlarini nashr kiladilar. Bunday ma’lumotlardan xalkaro bozorda faoliyat boshlayotgan va yuritayotgan kompaniyalar foydalanishlari mumkin. Masalan, tegishli bir davlatning tashki savdo balansi, eksport-import tarkibi, sanoat, kishlok xujaligi ishlab chiqarish xajmi va x.k. ma’lumotlar ushbu manbalardan olinishi mumkin.
    Xozirgi paytda mustakil va yangi axborot manbai bо‘lib - elektron ma’lumot banklari, “informatsion-broker” tarzidagi kompyuter vositasida yetkaziladigan ma’lumotlar tizimi shakllanmokda. Bu ma’lumotlar kompyuter vositasida uzatilayotgan, tuplanayotgan va saklanayotganligi uchun yangi tur deb sanaladi va yukoridagilardan fark kiladi. Masalan, Germaniyada BLISS, FITT, PRODUKT kabi kompyuter uchun ma’lumotlar kabi banki “GBI” firmalar tomonidan, Buyuk Britaniyada PROMT, PTSMARS, FOREKAST, kabi ma’lumotalar banki “Informeyshn Aksel kompani” tomonidan takdim etiladi. AQShda DIALOG, STN, ORBIT SAYRI SERVIS kabi firmalar kompyuterlar uchun ma’lumotlar bankini tuzadilar va uz mijozlariga ayirboshlaydilar.
    Kompyuterlar uchun ma’lumotlar banki xam xozirda mustakil bozor sifatida ildam rivojlanmokda. Xozirgi kunga kelib dunyoda 6000 dan ziyod ma’lumotlar bankining turlari yaratilgan bо‘lib, sungi un yil davomida u kariyib 2 marotabaga ortdi. “Informatsion broker” tizimi marketing xususida barcha axborotlarni yigish, kompyuter ma’lumotlari bankiga kiritish va unga ehtiyoj sezgan tashkilotlarga yordam kо‘rsatish vazifasini bajaradi. Ushbu tizimlar axborotlarni tо‘plash bо‘yichagina emas, balki ular bankini yaratish, kompyuter dasturlariga kiritish bо‘yicha ixtisoslashgan. Odatda ular kichik tashkilotlar, shaxslar uyushmasi bilan muntazam alokada bо‘lib, kompyuter dasturlarining imkoniyatlarini oshirish, kо‘plab iste’molchi tashkilotlar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan.
    Bizning mamlakatimizda axborot yigish manbalari bir muncha о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatning mavjudligi eng avvalo, marketing bо‘yicha axborot olish manbalari va ushbu sohabо‘yicha mutasaddi tashkilotlarning tashkiliy buysinish xususiyatlardan kelib chikadi. Uzgacha jihatdan esa, ommaviy tadbirkorlikni rivojlanish darajasi, korxonalar uyushmalari, sanoat-savdo palatalari marketing xususida ma’lumotlarni yigish bо‘yicha faoliyatlarning xozirgi holati, ularni guruhlarga ajratishda alohida yondoshishni talab kiladi.



    Download 99 Kb.
    1   2   3   4




    Download 99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Marketing xususida qarorqabul kilinishni kuvvatlovchi tizimning tarkibiy tuzilishi

    Download 99 Kb.