• Ayrim mamlakatlarga sof migrantlar oqimi (ming kishi) (3.1-rasm)
  • Rossiyadan pul o‘tkazmalari dinamikasi va Rossiyaga migratsiya (3.2-rasm).
  • Mavzu Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi




    Download 246,06 Kb.
    bet5/6
    Sana13.06.2024
    Hajmi246,06 Kb.
    #263217
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1Mavzu Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish7

    3.TASHQI MEHNAT MIGRATSIYASI


    Mehnat migratsiyasi jarayonlari pul o‘tkazmalari kanali orqali aholining umumiy daromadlari, ichki talab va to‘lov balansi barqarorligiga ta’sir ko‘rsatmoqda, deb ta’kidladi Markaziy bank. 2018−2023-yillarda jami aholi daromadlarining qariyb 16 foizi mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari hisobiga to‘g‘ri kelgan.


    Savdo balansidagi defitsitning katta qismi ichki valyuta bozorida taklifning asosiy manbalaridan biri bo‘lgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari oqimi hisobiga ham qoplanadi.
    Joriy mehnat migratsiyasi oqimi asosan bir qancha yaqin mamlakatlarda, xususan, pul o‘tkazmalari oqimining asosiy qismini tashkil etuvchi Rossiya va Qozog‘istonda to‘plangan. Shu bilan birga, asta-sekin bu oqimlarda geografik diversifikatsiya kuzatilmoqda.
    Ayrim mamlakatlarga sof migrantlar oqimi (ming kishi) (3.1-rasm)

    2022-yildagi pul o‘tkazmalarining atipik oqimidan so‘ng (2,1 karra), o‘tgan yilda ularning darajasi barqarorlashgan. Rublning dollarga nisbatan yuqori o‘zgaruvchanligi, inflyatsiya jarayonlarining kuchayishi va migratsiya oqimining biroz qisqarishi fonida Rossiyadan pul o‘tkazmalarining ulushi 2022-yildagi 87 foizdan 2023-yilda 78 foizgacha (2019-yil darajasiga) kamaygan.


    Rossiya statistika xizmatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolariga Rossiyada ishlash uchun berilgan patentlar va ruxsatnomalar soni 12 foizga kamaygan va 1,2 milliontani tashkil qilgan. Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning birinchi yarmida migratsiya ro‘yxatiga olingan O‘zbekiston fuqarolari soni ham 2,9 milliondan 1,7 millionga yoki 43 foizga kamaygan.


    Rossiyadan pul o‘tkazmalari dinamikasi va Rossiyaga migratsiya (3.2-rasm).

    Boshqa mamlakatlardan pul o‘tkazmalari hajmi 2022-yildagi (taxminan 3 foiz) o‘sish sur’atidan so‘ng 2023-yilda 14 foizga oshgan. Faol tashqi mehnat migratsiyasi siyosatining davom etayotgani, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda mehnat migratsiyasi yo‘nalishida hamkorlik qilinadigan davlatlar sonining ko‘payishi pul o‘tkazmalari oqimi tarkibining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi Markaziy bank.
    2023-yil oxiriga kelib barqaror iqtisodiy o‘sish sharoitida ishsizlik 8 foiz (2022-yilda — 8,9 foiz) darajasida bo‘ladi. 2024-yilda ishsizlar sonining pasayish tendensiyasi davom etishi kutilmoqda, yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi, o‘zini o‘zi band qilganlar faoliyatining kengayishi va yangi moliyaviy vositalarning joriy etilishi fonida ishsizlik darajasi 7,5−8 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
    Shu bilan birga, mehnat muhojirlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratilishi, bu boradagi ikki tomonlama kelishuvlarning ko‘payishi, xorijda ishchi kuchiga bo‘lgan talab, Markaziy bank taxminicha, migratsiya oqimi dinamikasini saqlab qolish omili bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, bu orqali, dastlabki prognozlarga ko‘ra, 2024-yil oxiriga kelib pul o‘tkazmalari hajmi taxminan 12−12,5 milliard dollarni (10−12 foizlik o‘sish) tashkil etishi kutilmoqda.
    Insoniyat hamma davrlarda havfsiz mehnat sharoitlarini yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelgan. Mavzu ilk bora yunon faylasuflari Arastu (m.a 387-322 yillar) va Gippokrat (m.a 459-377 yillar) tomonidan ilmiy jihatdan o‘rganilgan. Gippokrat rudalar changining inson salomatligiga zararli ta’siri to‘g‘risida yozgan. Golen esa qo‘rg‘oshin changining zararli ta’siri natijasida kelib chiqadigan patalogik holatlar batafsil ta’riflangan asar yaratgan.Ulug‘ ajdodimiz Abu Ali Ibn Sino o‘z ishlari bilan (980-1087 yy) bundan 1000 yil muqaddam gigiyena faniga asossolgan.
    Ma’lumki, 80 yillar o‘rtalarida AQSH, Kanada, ko‘plab Yevropa va Osiyo mamlakatlarida ish joylarida og‘ir jarohatlanish olgan va hayot bilan vidolashganlar soni misli ko‘rilmagan darajada oshgan. 1989 yilda AQSH va Kanadaning yirik kasaba uyushmalari tashkilotlari “Xalok bo‘lgan xodimlarni xotirlash kuni” nomi bilan halok bo‘lgan ishchilarni xotirlash tashabbusi bilan chiqgan.
    1996 yil Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kunini ta’sis etish bo‘yicha Xalqaro mehnat tashkilotiga yuborilgan rasmiy taklif 2003 yildan boshlab qo‘llab-quvvatlangan va 28 aprel sanasi tanlangan. 2003 yil 28 apreldan beri har yili dunyoning 100 dan ortiq davlatlarida Xalqaro mehnat tashkilotining tashabbusi bilan nishonlab kelinayotgan an’anaga aylangan tadbir – butun dunyo xamjamiyatini katta muammoga, ya’ni ish joylarida sodir bo‘layotgan oqibati yengil, og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz xodisalarni, kasb kasalliklarga chalinishni oldini olish va mehnat muhofazasi masalalariga e’tiborni kuchaytirishga qaratmoqda 2023-yil iyun oyida Xalqaro mehnat konferensiyasi (XMK) xavfsiz va sog‘lom mehnat muhiti masalasini XMTning mehnatdagi asosiy tamoyillari va huquqlari to‘plamiga kiritishga qaror qildi. Shu munosabat bilan XMTning asosiy konvensiyalari qatoriga 1981 yildagi Mehnatni muhofaza qilishva xavfsizlik to‘g‘risidagi konvensiya (№ 155) va 2006 yil (№ 187) mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikni targ‘ib qilish asoslari to‘g‘risidagi konvensiyalar qo‘shildi.


    Download 246,06 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 246,06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi

    Download 246,06 Kb.