• XULOSA
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI
  • HOZIRGI KUNDA BUTUN-JAHON MEHNAT BOZORI TARTIBGA SOLISH TAMOYILLARI




    Download 246,06 Kb.
    bet6/6
    Sana13.06.2024
    Hajmi246,06 Kb.
    #263217
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1Mavzu Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish7

    4.HOZIRGI KUNDA BUTUN-JAHON MEHNAT BOZORI TARTIBGA SOLISH TAMOYILLARI.


    Hozirgi kunda aholining ish bilan bandligini ta'minlash muammosi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim makroiqtisodiy xususiyatlaridan biri bo'lib iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar jarayonida ishchi kuchi bandligini ta'minlash muammolarini tadqiq etishning dolzarbligi birinchi navbatda, mazkur tushunchaning qarashlari va konseptual yondashuvlarini tadqiq qilishni taqozo qiladi. Bugungi kunga qadar turli iqtisodchi olimlar tomonidan "aholi (ishchi kuchi) bandligi" tushunchasiga turlicha ta'riflar berilgan. A.G.Gryaznov bandlikni ish joy bilan ta'minlash va xo'jalik faoliyatida ishtiroki bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy munosabatlar to'plami deb ataydi. Uning fikricha, bandlik moddiy omillar ishlab chiqarishga taalluqli iqtisodiy faol aholini tasvirlaydi.
    Bandlikda jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi hamda iste'mol qiluvchi kuchlari o'zi namoyon qiladi. Chunki, undagi ishlab chiqarishning ob'ektiv sharoitiga munosabat, jami aholining takror ishlab chiqarish sharoiti hisoblanuvchi mehnatkashlar yashashlari uchun mablag'lar olish vositasi bo'lib xizmat qiladi.
    Mashhur akademik Q.X.Abdurahmonov "Ish bilan bandlik - fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan o'z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq bo'lgan, ularga ish haqi va daromad keltiradigan faoliyatidir" degan ta'rifni beradi. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 28-aprelda qabul qilingan «Aholi bandligi to'g'risidagi» qonunida «Bandlik fuqarolarning qonunchilikda taqiqlanmagan, o'z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantirish bilan bog'liq bo'lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidi» deb ta'rif berilgan. Biroq, bizningcha, "aholi bandligi - bu fuqarolarning qonunda taqiqlanmagan, o'z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan, ularga natura yoki naqd ko'rinishida daromad keltiradigan, davlat va jamiyatga moddiy yoki ma'naviy naf keltiradigan faoliyatidir". Ya'ni davlat va jamiyatga moddiy yoki ma'naviy naf kelitiradigan faoliyat turlari bilan shug'ullanuvchi bir shaxs yoki bir guruh shaxslarni ham band aholi tarkibiga kiritish lozim.
    Bunda ta'lim olayotganlar, muddatli harbiy xizmatni o'tayotganlar, oilaviy dehqonchilik bilan shug'ullanayotganlar, bolalar va qariyalar parvarishi bilan shug'ullanayotganlar shular jumlasidandir. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 28-aprelda qabul qilingan "Aholi bandligi" to'g'risidagi qonunida "Bandlik fuqarolarning qonunchilikda taqiqlanmagan, o'z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantirish bilan bog'liq bo'lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir" deb ta'rif berilgan. Iqtisodchi olimlardan A.O'Imasov va A. Vahobovlar fikricha "Bandlik mehnat qobiliyatiga ega bo'lgan va mehnat qilishga ishtiyoqi bor kishilarni ishga joylashib, foydali mehnat bilan mashg'ul bo'lishlaridir Butun jahon sayyohlik va turizm tashkiloti vitse-prezidenti. 2020-yilda ro'y bergan pandemiya natijasida ishsizlik darajasi 6,6% gacha ko'tarilib, 2022-yilda yana 5,7% ga pasaygan. Demak, so'ngi 10 yillik davr mobaynida dunyo mehnat bozoridagi ishsizlik muammosining hal etilishida ijobiy o'zgarish bo'lmagan. Ishsizlik muammosining hal etilishi hozirgi kunda dunyoning barcha mamlakatlariga, shu jumladan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarga ham birdek tegishli.
    Jumladan, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan biri Germaniya Federativ Respublikasida ham ishsizlik muammosi oldindan mavjud bo'lgan va hozirda ham mavjud. Shu boisdan, biz tadqiqotimiz davomida iqtisodiy jihatdan qudratli bo'lgan davlatlarning mamlakatda aholi bandligini ta'minlash va ishsizlikning oldini olishga qaratilgan tajribasini o'rganishga harakat qildik. Bugungi kunda xorij tajribasida ishsizlikni oldini olishga qaratilgan davlat siyosatining to'rtta asosiy modeli mavjud: Shvetsiya, Yevropa, Amerika va Yapon modellari . Mamlakatda ishsizlikning oldini olishning Amerika modeli aholining eng faol qismini boyitib, tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish tizimiga asoslangan. Aholining kam daromadli qatlami esa imtiyozlar va nafaqalar hisobiga maqbul hayot darajasi bilan ta'minlanadi.
    Shuningdek, bu model mehnat bozori va ijtimoiy sohaning nomarkazlashuvi, ish beruvchining ishchi ustidan yuqori darajadagi nazorati va boshqa sifatlari bilan xarakterlanadi.
    Ushbu modelning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilar etib belgilangan.
    • Xususiy mulkning mutlaq ustunligi;
    • Bozor sub'ektlarining maksimal erkinligini qonunchilik bilan himoyalash.
    • Makroiqtisodiy siyosat yuritish orqali davlat tomonidan tartibga solish doirasini cheklash. Biroq, shunga qaramasdan, Amerika Qo'shma shtatlarida azaldan yuqori ishsizlik darajasi mavjudligini e'tirof etish zarur. Masalan, so'nggi 5 yillik davr olsak, ishsizlik darajasi o'rtacha 5,1% ni tashkil etganining guvohi boʻlishimiz mumkin. Bunda friksion ishsizlikning hissasi katta bo'lishi mumkin, ya'ni mehnat bozorida ishchilar nafaqat ish joyini, balki kasbini ham faol ravishda o'zgartiradi.
    Masalan, mamlakatda yil davomida ishchilarning taminan 10% i o'z kasbini o'zgatiradi.
    Yaponiyaning ishsizlikni oldini olishga qaratilgan modeli esa boshqa modellarga qaraganda tubdan farq qiladi. U quyidagi bir qator o’ziga xos xususiyatlar bilan tavsiflanadi.
    1. Umbrod bandlik tizimi.
    2. Mehnatga haq to’lash
    Yaponiyanida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun alohida belgilangan ish haqi stavkalari va qat’iy tasniflar mavjud emas. Bunda asosiy rag’matlantirishda yuqori ish haqi, muntazam bonusli to’lovlar, nafaqa to’lovlari va hoqazolaridan kiritilgan.
    Bundan tashqari korxonaning moliyaviy natijalaridan kelib chiqib, bir yilda 2 marta to’lanadigan psixologik stimullar mavjud. Bular orasida «xodimni tug’ilgan kuni bilan tabriklash» metodi, savdo nuqtalarida ochiq suhbatlar" metodi, "taklif kiritish" metodlari mavjud bo'lib, ularning maqsadi oddiy ishchilar ongida korxonaga mansubik hissini mustahkamlash va shu asosda ularning mehnat samaradorligini maksimal darajada oshirish hisoblanadi. Nazarimizda, umuman ushbu model ham mamlakatda ishsizlikni oldi olinishiga xizmat qilsada, biroq mehnat bozorida yangi ish o'rinlarining muntazam tashkil etilishiga biroz to'sqinlik qiladi.
    Chunki, ishchi xodimning bir tashkilotda umrining oxiriga qadar ishlashining kafolatlanishi mantiqan noto'g'ri. Ishchi xodimning xohishiga ko'ra ishini istalgan vaqt o'zgartirishi, ma'lum davrda nafaqaga chiqishi yoki ma'lum sabablarga ko'ra ishdan chetlashtirilishi mumkinligini ham hisobga olish zarur. Shvetsiya davlatining makroiqtisodiy ko'rsatkichlari, birinchi navbatda, tanlangan iqtisodiy rivojlanish modeli bilan tavsiflanadi.
    Ishsizlikni oldini olishning "Skandivaniya" yoki "Shvetsiya" modeli XX asrning 60-yillarida paydo bo'lib, cheklovchi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish orqali narxlarning barqarorligini ta'minlash va daromadlarni tenglashtirish, yuqori darajadagi to'liq ish bilan bandlik va investitsiyalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Modelning asosiy maqsadi aholini uzoq muddatga to'liq ish bilan ta'minlash va daromadlarini tenglashtirishdan iborat. Bunda markazlashtirilmagan bozor tizimining faoliyati va davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash ta'minlangan. Bugungi kunda Shvetsiya ishsizlarni qayta tayyorlash orqali faol mehnat bozori siyosatini olib bormoqda. Buning natijasida mamlakatda mehnat bozori siyosati xarajatlarining asosiy qismi soliq va ijtimoiy sug'urta badallari shaklida davlatga qaytariladi.
    Boshqacha qilib aytganda, davlat ishsizlik nafaqasi uchun ko'p miqdordagi pul mablag'larini sarflagandan ko'ra ishsizlarni qayta o'qitib, ish joyiga qaytarish, xususan, davlat subsidiyalari asosida bo'sh ish o'rinlariga joylashtirish siyosatini ilgari suradi. Shuningdek, shved modeli quyidagi 3 ta asosiy prinsipga asoslanadi: va investitsiyalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Modelning asosiy maqsadi aholini uzoq muddatga to'liq ish bilan ta'minlash va daromadlarini tenglashtirishdan iborat. Bunda markazlashtirilmagan bozor tizimining faoliyati va davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash ta'minlangan.
    1. Mehnatga layoqatli aholining to'liq ish bilan ta'minlanishiga erishish;
    2. Aholiga ijtimoiy kafolatlar berish; Aholi bandligini ta'minlashning Shvetsiya tajribasi shuni ko'rsatadiki, mustahkam va yaxshi tashkil etilgan mehnat bozori siyosati yuqori mahsuldorlikka ega va soliq to'lovchilarning pulidan foydalanishning samarali usuli xisoblanadi. Bizningcha, kuchli ijtimoiy siyosat va mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish aynan shved modelida ko'proq o'z aksini topgan.
    Aholi bandligini ta'minlash va ishsizlikni oldini olish borasida Yevropa mamlakatlari ham o'ziga hos siyosati bilan ajralib turadi. Masalan, Fransiya va Germaniya davlatlarida ishchi va ish beruvchi o'rtasidagi mehnat munosabatlarini juda qat'iy tartibga soluvchi mehnat qonunchligi mavjud. Kasaba uyushmalari o'zlarining pozitsiyalarini himoya qilish uchun turli xil choralardan foydalangan holda, mehnat bozorida alohida rol o'ynaydi. Xususan, Germaniya Federativ Respublikasida kasaba uyushmalari korxonalarni boshqarishda ham bevosita ishtirok etadi. Ular direktorlar kengashi a'zosi bo'lishi o'laroq, muhim qarorlarni qabul qilishda bevosita ovoz berish huquqiga ham egadirlar. Shuningdek, ushbu mamlakatlarda ijtimoiy sug'urta tizimi juda rivojlangan bo'lib, ishsizlar, nafaqaxo'rlar, nogironlar, boquvchisini yo'qotganlar va boshqalar uchun davlat kafolatlarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Yevropa mamlakatlarida bandlik siyosati to'rtta yo'nalishdan iborat.
    1. Yangi ish joylarini, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash markazlarini yaratishni rag'batlantirish; Iqtisodiy ko'rsatkichlari past bo'lgan, shu bilan birga, muhim ijtimoiy muammolarning yechimini ta'minlaydigan iqtisodiy tarmoqlarni qo'llab- quvvatlash; Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy ahvoli va sanoat mansubligidan qat'iy nazar teng mehnat uchun teng ish haqiga erishish siyosatini qo'llab-quvvatlash
    2. Yangi ish joylarini, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash markazlarini yaratishni rag'batlantirish; siyosati to'rtta asosiy yo'nalishdan iborat:
    Shuningdek, Yevropa mamlakatlarida mehnat bozori sohasidagi.
    3. Iqtisodiy ko'rsatkichlari past bo'lgan, shu bilan birga, muhim ijtimoiy muammolarning yechimini ta'minlaydigan iqtisodiy tarmoqlarni qo'llab- quvvatlash; Shuningdek, Yevropa mamlakatlarida mehnat bozori sohasidagi muammolarni hal qilish yo'llarini belgilaydigan va zamonaviy ish bilan ta'minlash siyosatining asosiy yo'nalishlari ko’rib chiqilgan. Xorij tajribasida mamlakat aholisining bandligini ta’minlash va ishsizlikni oldini olishga qaratilgan davlat siyosatining 4 ta modeli o’rganildi.
    Ushbu modellar Ichida Yevropa modelni O‘zbekiston sharoitida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun birdek ta’sir ko’rsatuvchi va natijadorligi eng yuqori bo’lgan model sifatida qo’llash mumkinligi to’g’risida xulosaga kelindi.
    Shavkat Mirziyoyevning mehnat bozori tartibga solishiga doir xulosa quyidagicha bo'lishi mumkin:
    Qonunlar va reformalar. Shavkat Mirziyoyevning rahbarligida O'zbekiston mehnat bozori tartibga solish uchun qonunlar va qarorlar qabul qilinmoqda. Bu qonunlar ishchilarni huquqiy himoya qilish, ish bilan bog'liq muloqot va shikoyatlarni bartaraf qilish, mehnat bozori xodimlarining o'zaro aloqalarini kuchaytirish va ishga qabul qilish jarayonini yengillashtirishga yo'naltirilgan.
    Ish haqiqiyatlari va bozor rivojlanishi. Shavkat Mirziyoyev hukumati mehnat bozorini rivojlantirish va ish haqiqiyatlarini kuchaytirishga katta e'tibor berishni maqsad qilgan. Bu maqsad bilan, ishga qabul qilish tizimida transparensiya va adolatni ta'minlash, ishchilar uchun yuksak maoshlar va motivatsiya tizimini amalga oshirish, ishning tizimli namoyishini ta'minlash kabi muhim qadamlar atildi.
    Sarmoyani oshirish va investitsiyalar. O'zbekistonda mehnat bozori rivojlanishining muhim aspekti sarmoya va investitsiyalar. Shavkat Mirziyoyevning liderlik qilgan davrda, tashqi moliyaviy tashkilotlar va xorijiy investitsiyalar mehnat sohasida o'zbek tadbirkorlarga katta miqdorda mablag'lar ajratishga qaratildi. Bu, yangi ish o'rinlari yaratish va mehnat bozorini kuchaytirishga imkoniyatlar yaratdi.
    Mehnat sohasidagi innovatsiyalar va texnologiyalar. Shavkat Mirziyoyevning rahbarligida mehnat sohasida innovatsiyalar va texnologik rivojlanishga katta e'tibor berilmoqda. Bu, ish jarayonlarini avtomatlashtirish, yangi sohalarni rivojlantirish, kengaytirilgan texnologiyalardan foydalanish va ishlab chiqarish sifatini oshirishga erishishga qaratilgan.
    Shavkat Mirziyoyevning mehnat bozorini tartibga solishga doir qo'llagan chora-tadbirlar va strategiyalar keng mehnat sohasidagi ishlab chiqarishni oshirish, ish haqiqiyatlarini kuchaytirish, investitsiyalarini jalb qilish, innovatsiyalar va texnologiyalardan samarali foydalanish va ishchilarni huquqiy himoya qilishga yo'naltirilgan. Bu bilan birga O'zbekistondagi mehnat bozori ustuvor o'zgarishlarga yo'l ochmoqda.

    XULOSA


    Mehnat bozori tartibga solishning umumiy xulosasi quyidagicha ishchilarni huquqiy himoya qilish: Mehnat bozori tartibga solishning asosiy maqsadi ishchilarni huquqiy himoya qilishdir. Bu o'z ichiga ish haqi, ish bilan bog'liq sharoitlar, ish vaqti, ish haqida ma'lumotlar, ish bilan bog'liq shikoyatlar va boshqalar kabi huquqlarni o'z ichiga oladi. Shavkat Mirziyoyevning hukumati ishchilarning huquqlarini kuchaytirishga va ularga adolatni ta'minlashga katta e'tibor berdi.


    Ish haqiqiyatlari va adolat.Mehnat bozorining tartibga solinishida adolatning amalga oshirilishi va ish haqiqiyatlarining kuchaytirilishi muhimdir.
    Shavkat Mirziyoyevning rahbarligida adolatni ta'minlash, ishchilarning adolatli maoshlar olishi, ish bilan bog'liq muloqotlar va shikoyatlar jarayonini tartibga solish, ish bilan bog'liq sharoitlarni yaxshilash kabi masalalar ustuvor ahamiyatga ega bo'ldi.
    Investitsiyalar va rivojlanish. Mehnat bozorini tartibga solish uchun investitsiyalar va rivojlanishga katta e'tibor berildi. Shavkat Mirziyoyevning hukumati tashqi moliyaviy tashkilotlar va xorijiy investitsiyalar orqali mehnat sohasidagi rivojlanishni yuksak darajada kuchaytirishga harakat qildi. Bu investitsiyalar yangi ish o'rinlari yaratish, yangi sohalar rivojlantirish, innovatsiyalar va texnologiyalardan foydalanish uchun imkoniyatlar yaratishga yo'naltirildi.Ishlab chiqarish sifati va innovatsiyalar. Mehnat bozorini tartibga solishning asosiy maqsadi ishlab chiqarish sifatini oshirish va innovatsiyalardan samarali foydalanishdir. Shavkat Mirziyoyevning hukumati mehnat sohasida innovatsiyalar va texnologik rivojlanishni mustahkamlashga qaratilgan. Bu, ish jarayonlarini avtomatlashtirish, yangi sohalar yaratish, kengaytirilgan texnologiyalardan foydalanish va ishlab chiqarish sifatini oshirishni o'z ichiga oladi. Shavkat Mirziyoyevning rahbarligidagi hukumat mehnat bozori tartibga solish uchun ishchilarni huquqiy himoya qilish, adolatni ta'minlash, investitsiyalar va rivojlanishga e'tibor berish, ishlab chiqarish sifatini oshirish va innovatsiyalardan foydalanishga qaratilgan. Bu bilan birga O'zbekistondagi mehnat bozori ustuvor o'zgarishlarga yo'l ochmoqda.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI


    1. “Iqtisodiy bilim asoslari” Q.Yo'ldoshev, Q.Muftaydinov, Toshkent, “O’qituvchi” 2021 y. (2- nashr)

    2. “Bozor iqtisodiyoti asoslari” M.Rasulov. Toshkent, “O’zbekiston”2020 y.

    3. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan maruzalar matni, U.V.G’afurov, O.A.Norboyev,2021

    4. “Mehnat bozori statistikasi”Xudayberdiyev U.X., Tagirova N.B. “Statistika” fanidan “Mehnat bozori statistikasi” mavzusini yangi pedtexnologiyalarni qo„llab dars o„tish bo„yicha o„quv-uslubiy qo„llanma. Samarqand, SamISI. – 2021

    Internet saytlar

    1. Ziyonet.uz

    2. Adliya.uz

    3. Stat.uz




    1 www.wikipedia.uz

    2 Stat.uz

    3 Stat.uz


    Download 246,06 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 246,06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    HOZIRGI KUNDA BUTUN-JAHON MEHNAT BOZORI TARTIBGA SOLISH TAMOYILLARI

    Download 246,06 Kb.