Mavzu: mehnat qo’shiqlariga oid guruhlarda iborat qo’shiqlar haqida malimot berish. Reja: kirish i-bob mehnat qo’shiqlari




Download 53,13 Kb.
bet9/10
Sana03.06.2024
Hajmi53,13 Kb.
#259726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MEHNAT QO’SHIQLARIGA OID GURUHLARDA IBORAT QO’SHIQLAR HAQIDA MALIMOT BERISH.

Bo‘lib-bo‘lib olib ketdi haqini,
Biz bilmaymiz haqi bor yo yo‘g‘ini,
Zoti yo olismi, bizga yaqini,
Bariga haq berib turgan kunlarim.

Ergash hayotida juda murakkab tanqis holat ro‘y beradi:




Xotin qoldi otasining uyida,
Men bilmayman ne gaplar bor o‘yida,
Ko‘p va'dalar bo‘lgan edi to‘yida
Uyalib, borolmay yurgan kunlarim.

Shunday qilib, vaqtida jonkuyar insonlar harakati bilan yozib olingan termalar yordamida baxshi hayotidagi o‘ta sirli va betakror hodisalar haqida ma'lumot olamiz.


Mashhur baxshilar yurtda sodir bo‘layotgan adolatsizliklarga beparvo qarab turolmaganlar. Ayrim termalar matnida O‘zbekiston hududidagi tarixiy voqealar ham aks etgan. Xususan, Hodi Zarifov qayd qilishicha, 1898-1908-yillarda O‘rta Osiyoni chigirtka bosgan ekan. O‘tgan asrda qariyalarning xotirasiga qaraganda, ayrim hududlardagi chigirtkani kuraklarda qopga solib ulgurishmagan ekan. Ana endi ofatni ekin maydonlarida tasavvur qiling. 1908-yilda Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li «Chigirtka» nomi bilan terma yaratadi:


Bozorchidan shayton qaytib,
Biriga uch baho aytib,
O‘ttiz olib, to‘qson sotib,
Davlatmandlar qabon bo‘ldi.


Kambag‘alning aqli shoshib,
O‘g‘il-qizman kengashib,
Kecha-kunduz zor yig‘lashib,
Do‘stlar qaddi kamon bo‘ldi.

Bu qo‘shiq-termada yurtimiz boshidan kechgan musibatli kunlar badiiy aksini topgan.


Baxshilar tomonidan kuylab kelingan «Do‘mbiram», «Kunlarim», «Nima aytay?», «Go‘ro‘g‘li», «Bormi jahonda?..» kabi termalarning hammasida ham ma'lum darajada real tarixiy voqyealar, xalqning kechinmalari ifodalangan. Ularni yaratishda Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Po‘lkan shoir, Islom shoir, Umir Safarov, Bola baxshi (Qurbonnazar Abdullaev), Rahmatilla Yusuf o‘g‘li, Qodir baxshi, Qahhor baxshi ijodi muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, termalarni xalqimiz og‘zaki ijodidagi mustaqil janr sifatida baholash mumkin. Ular xalq hayotining badiiy ifodasi sanaladi. Termalarning xalq dostonlari va haqqoniy hayot o‘rtasidagi aloqa bog‘lovchi vositachilik ahamiyati g‘oyatda muhimdir.
Xulosa
Mehnat hayotning barqaror asosi hisoblanadi. Bu kurs ishigida mehnat qo'shiqlarini o'rganish, ularga nisbatan tushunchalarini oshirish va ularni amalga oshirish uchun ilhomlarni o'rgatish maqsadga qarang.
Bu kursda quyidagi bosqichlar ishlab chiqilishi mumkin:
Mehnatning mohiyati va ahamiyati: Mehnatning ahamiyatini tushuntirish va uni barqaror qilish uchun sabr va ish bilan bog'liq qarorlarni olish.
Ish faoliyatini samarali o'rganish: Mehnatning samarali bo'lishi uchun o'z-o'ziga ishlash, vaqt-muddatni buzmaslik, reja-tarazlik qoidalarini o'rganish.
Mehnat va motivatsiya: Mehnatga ishonch qo'yish, shaxsiy maqsadlar uchun harakat qilish va o'z bilim va ko'nikmalaringizni rivojlantirish uchun motivatsiyani oshirish.
Mehnatda muvaffaqiyat: Mehnat natijalariga erishish va muvaffaqiyatga yetishishning yo'llari, qiyinchiliklarni ustida o'tish va o'z qatlamda rivojlanish.
Innovatsiyalar va yaratuvchilik: Mehnatning yangi usullarini qo'llash, yaratuvchilik bilan o'zlashtirish va innovatsiyalar o'rganish orqali mehnat samaradorligini oshirish.
Kurs ishchilarga mehnat qo'shiqlari mavzusidagi asosiy konseptlarni o'rgatish, ularga amaliy mashg'ulotlar va misollar orqali nazariy bilimni amalda qo'llash imkoniyatini berishi lozim. Bunday kurs, insonlarning mehnatga qiziqishini oshiradi va ularni mehnat va barqarorlikning o'zaro bog'liqligini tushuntiradi.

Download 53,13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 53,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: mehnat qo’shiqlariga oid guruhlarda iborat qo’shiqlar haqida malimot berish. Reja: kirish i-bob mehnat qo’shiqlari

Download 53,13 Kb.