Mavzu “menejment” fanining predmeti, ob‟ekti va metodi reja




Download 211,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana17.11.2023
Hajmi211,94 Kb.
#100751
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-мавзу

Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat 
qilish jarayonidir. 
Menejment fani - bu boshqaruvchiga tanlovni to’g’ri amalga oshirishni va 
ishchan qarorni qabul qilishni o’rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor 
munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda ishlay oladigan yuqori malakali 
boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqqan xolda bu fan 
quyidagilarni o’rganadi: 

boshqarish nazariyasi va amaliyoti; 

boshqarish obyekti va subyekti; 

boshqarish tamoyillari va usullari; 

boshqarish madaniyati; 

menejer va uning fazilatlari; 

menejer reytingi; 

boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish; 

boshqarish funktsiyalari; 



xodimlarni boshqarish; 

ishlab chiqarishni boshqarish; 

samaradorlikni boshqarish; 

o’z-o’zini boshqarish; 

xududiy boshqarish va xokazolar. 
Ko’rib turibmizki, bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti 
orasidagi o’zaro munosabat bo’lib, uning asosiy vazifasi o’quvchilarga 
boshqaruvning zamonaviy usullarini, raxbarlik san‘ati sirlarini o’rgatishdan iborat. 
Fanni o’qitish talabalarda boshqarish muammolariga nisbatan qiziqish 
uyg’otish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tug’dirishdan iborat. Chunki 
xozir boshqarish asoslarini o’rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining 
xodimlari, kichik va o’rta, katta jamoalarning raxbarlari, korxona va firmalar 
iqtisodiy, sotsial, tashkiliy - texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish 
bo’yicha loyixalar, tadbirlar ishlab chiqishga da‘vat etilgan mutaxassislar bo’lib 
etishadilar. 
Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish xam 
ularning zimmasiga tushadi. 

Download 211,94 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 211,94 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu “menejment” fanining predmeti, ob‟ekti va metodi reja

Download 211,94 Kb.
Pdf ko'rish