maxsulot (xizmat) tannarxi;
ma‘muriy xarajatlar;
ijara va foiz to’lovlari;
ish xaqi;
soliqlar kiradi.
Bozor iqtisodiyotida tanlash qoidasi yanada jiddiylashadi. Zero, ishlab
chiqarish (xizmat) uchun resurslar to’g’ri tanlangandagina va ulardan samarali
foydalangandagina xarajatlar yuqori foyda keltirishi mumkin.
Naf - bu maxsulot (xizmat) ning ist‘emolchilarga qanchalik ijobiy natija
keltirishidir. Xaridor xarid qobiliyati doirasida eng nafli molni tanlashga intiladi.
Shundagina u qoniqadi. Ammo tovarning nafliligi qancha yuqori bo’lsa, uning
narxi xam shuncha baland bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, xaridorning sotib olish
qobiliyatini pasaytiradi.
Baxo - bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir. Baxo ikkita
asosiy vazifani bajaradi:
resurslar iste‘molini cheklash imkonini beradi;
ishlab chiqarish uchun turtki bo’lib xizmat qiladi;
Ma‘lumki, biror ashyo( resurs yoki tovar) qancha kamyob bo’lsa, uning narxi
shuncha baland bo’ladi va, binobarin, uni sotib olmoqchi bo’lganlar shuncha kam
bo’ladi. Iqtisodchilar buni
narxlarning cheklovchilik samarasi deb ataydilar.
Narxning oshishi ishlab chiqaruvchilar safini ko’paytirishga, narxning
tushishi esa ishlab chiqaruvchilarning kamayishiga, ularning bir qismini bozordan
bezdirishga olib keladi. Iqtisodchilar narxlarning bunday ta‘sirini ishlab chiqarishga
turtki vazifasi deb ataydilar.
Foydaga ta‘sir etuvi bu uch unsurning moxiyatini tushungan
boshqaruvchigina tanlovni to’g’ri amalga oshirishi va ishchan qarorni qabul qila
olishi mumkin. Boshqarish san‘ati va maxorati, ya‘ni menejment shundagina
namoyon bo’lishi, pirovardda esa yuqori foyda olishga erishilishi mumkin.
Shunday qilib, sodda qilib aytganda: