|
Mavzu “menejment” fanining predmeti, ob‟ekti va metodi rejaBog'liq 1-мавзуMegodarajada
Kontsern (ko’p tarmoqli korporatsiya):
Qo’mitalar va ularning raislari Sektor (tarmoq):
Vazirliklar va vazirlar
Mikrodarajada
Korxona (firma), korporatsiya:
Jamoa kengashi va raislar, prezident
Xodimlar:
Korxona (firma) raxbarlari, bo’g’in boshliqlari
Ishlab chiqarish:
Korxona (firma) raxbarlari, bo’g’in boshliqlari
Samaradorlik:
Korxona (firma) raxbarlari, bo’g’in boshliqlari
O‘z-o’zini boshqarish:
Fuqarolar yig’ini, rais (oqsoqol) lar.
Menejment fani voqelikni bilishga bag’ishlangan umumfalsafiy usullarni
qo’llaydi. Eng avvalo, boshqaruvchi ob‘ektni aks ettiruvchi, uni talqin etishga
yordam beruvchi ma‘lumot(fakt) lar jamlab baxolanadi. Bu ma‘lumotlar mikro,
mego va makro darajadagi voqelikka oid bo’lishi mumkin. Bu boshqaruvni
tafakkur etishdagi empirik bosqich xisoblanadi.
Menejmentning tamoyillari
Qonun - bu davlat xokimiyati tomonidan qabul qilingan, xamma uchun
majburiy bo’lgan ijtimoiy xuquqiy norma va munosabatlarni belgilovchi rasmiy
qoida. Masalan, Konstitutsiya £zbekistonning asosiy qonunidir. To’qqiz yillik
majburiy ta‘lim xaqida qonun va x.k.
Qonun - bu bajarilishi shart, majburiy bo’lgan, norma, qoida tusiga kirgan
talab, topshiriq va shu kabilar, ya‘ni jamiyatda, ijtimoiy gurux va shu kabilarda
qabul qilingan odat tusiga kirgan qoida, rasm, odat.
Tamoyil - mayl, moyillik, tendentsiya.
“Printsip” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, asos, dastlabki, ya‘ni xatti-
xarakat yoki faoliyatning asosiy qoidasi, raxbar g’oya ma‘nolarini bildiradi.
Printsiplarni menejment fani va amaliyotining poydevori deyish mumkin.
Qonun va tamoyillarda menejmentning obyekti va subyekti o’rtasidagi
obyektiv, muxim, takrorlanadigan, nisbiy, turg’un, aniq muayyanlik va moxiyat
bilan umumiy bog’lanish va aloqadorlik o’z ifodasini topadi. Bu umumiy
bog’lanish va aloqadorliklar ma‘lum shart-sharoitlarda voqealar rivojining
yo’nalishi va xususiyatini belgilab beradi.
Bundan ko’rinib turibdiki, menejmentning qonun-qoidalari va tamoyillari
faqat xamma uchun majburiy bo’lgan norma, qoida, rasm-rusum, moyilliklar orqali
ta‘riflanishi va ifodalanishi mumkin.
|
| |