|
Menejment obyekti xaqida so’z yuritganda, eng avvalo, ob‟ektBog'liq 1-мавзу2.
Menejment obyekti xaqida so’z yuritganda, eng avvalo, ob‟ekt
so’zining lug„aviy ma‟nosiga e‟tibor berish kerak bo’ladi. Shu ma‟noda ob‟ekt
- bu:
bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog’liq bo’lmagan xolda mavjud
bulgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot;
kishi faoliyati, diqqat - e‘tibori qaratilgan xodisa, predmet, shaxs;
xo’jalik yoki mudofaa axamiyatiga ega bo’lgan korxona, qurilish, ayrim
uchastka va shu kabilar.
Demak, ob‘ekt tushunchasi mikro voqelikdan (kishi va uning faoliyatidan)
tortib, to makro voqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo’lgan ma‘noni
o’z ichiga oladi. Masalan, ―Xaydovchi o’z mashinasini boshqara ololmaganligi
sababli u yo’ldan chiqib ketgan‖. Bu erda boshqaruv obyekti bo’lib mashina
xisoblanadi.
Yoki, ―U kishi o’zini juda yaxshi boshqara oladi‖. Bu erda boqaruv obyekti
bo’lib kishi, shaxs xisoblanadi. Futbol komandasi yoki shaxar transporti xarakatini
boshqarish. Tuman, viloyat, mamlakatni boshqarish va x.k. menejmentning yoki
boshqarishning ob‘ektlaridir.
Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning raxbarlari menejmentning
subyekti, ya‘ni boshqaruv organlari yoki menejerlar - bashqaruvchilar bo’lib
xisoblanadi.
Shunday qilib xar qanday xodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan ob‘ekt
va boshqaruvchi subyekt tizimlaridan tashkil topadi.
Menejment obyekti va subyekti
Makrodarajada
Mamlakat (respublika):
qonun chiqaruvchi xokimiyat (Oliy majlis)
ijro etuvchi xokimiyat (O‘zR VazirlarMaxkamasi)
sud xokimiyati
Viloyat:
KKR Jokargi kengashi, viloyat deputatlari
KKR Ministrlar soveti, viloyatlar xokimiyatlari
KKR Oliy sudi, viloyatlar sudlari
Tuman (shaxar):
tuman (shaxar) xalq deputatlari
tuman (shaxar) lar xokimiyatlari
tuman (shaxar) sudlari
|
| |