Menejmentning tamoyillari




Download 211,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana17.11.2023
Hajmi211,94 Kb.
#100751
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-мавзу

Menejmentning tamoyillari 
Demokratiyalash 
tamoyili 

ommani boshqarishga keng ko’lamda jalb qilishni, kengash 
va maslaxat bilan ishlarning bajarilishini talab qiladi. 
Ierarxiya tamoyili 

boshqarishning pog’onaligiga asolanadi. Bu tamoyil, bir 
tomonidan, markaziy, ikkinchi tomondan esa, viloyat shaxar 
va tumanlar darajasidagi davlat xokimiyati xamda 
boshqaruv idoralarining vazifalarini aniq belgilanishini talab 
qiladi. Samarasiz 
boshqaruv bo’g’inlari qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik 
boshqaruv jarayoni chigallashadi. 
Rejalashtirish 
tamoyili 

boshqarish bo’g’inlari o’rtasidagi taraqqiyot nisbatlarini 
aniqlaydi, shartnomalarning bajarilishini tashkil qiladi va 
nazorat qiladi. 
Yakkaxokimlik 
tamoyili 

boshqarish tayinlangan shaxs tomonidan bajarilib, unga 
boshqariladigan ob‘ekt, uning mol-mulki, pul mablag’lari 
ishonib toshiriladi. Yakka xokimlik boshqarishda jiddiy 
tartib va mexnat intizomini ta‘minlaydi. Bunda ―Ko’plashib 
muxokama qilmoq kerag-u, lekin mas‘uliyat yakka bir 
kishida bo’lmog’i kerak‖ degan printsip amal qiladi. 
Ilmiylik tamoyili 

menejerlardan chuqur bilimni, o’z soxasi bo’yicha iqtisod, 
mantiq, ruxiyat, matematika, chet tili, texnologiya kabi 
fanlarni yaxshi bilishini talab qiladi. Shu bilan birga uning 
saviyali 
tashkilotchi, 
tashabbuskor 
g’oyalarga boy, 
izlanuvchan, bozor kon‘yunkturasini yaxshi biladigan, 
tavakkal qilishdan qo’rqmaydigan mutaxassis bo’lishini 
talab qiladi. 
¡ayta 
aloqalar 
tamoyili 

Topshiriqni berishda tushundinglarmi? deb so’rash etarli 
emas. Bunday savolga javobgar shaxslardan tasdiqlovchi 
javobni, topshiriqni to’g’ri tushunganligini so’rash kerak. 
Javobgarlik 
tamoyili 

bu tamoyil, eng avvalo, boshqaruvchilarning javobgarligini 
nazarda 
tutadi. 
Bajaruvchanlik 
madaniyati 
past, 
mas‘uliyatsiz raxbar korxona va xodimlarning sho’ri. 
Menejer uchun xuquqiy javobgarlik o’ta yuqori bo’lishi 
kerak. 
Shunday qilib, boshqarish tamoyili (printsipi) deganda boshqaruv organlari 
va raxbarlari faoliyatining zaminini tashkil etuvchi asosiy qonun-qoidalar 
tushuniladi. 
Boshqarish 
tamoyillari-bu 
boshqaruv 
amaliyotida 
obyektiv 
qonunlardan ongli foydalanish shakllaridandir. 


Boshqaruv tamoyillarining shakllanishi chuqur tarixiy ildizlarga ega. 
Xususan, Turkistonda bu tamoyillar Amir Temur xukmronligi davrida shakllana 
boshlagan. O’zining ixcham, tezkor boshqarish devoniga ega bo’lgan Markaziy 
Osiyodagi Turkistondek buyuk davlat 

ilmiylik; 

yakka xokimlik; 

ierarxiya; 

bilimdonlik; 

demokratiya kabi tamoyillar asosida boshqarilgan. 
Xurosonlik yirik shayx va shayxuislom, Amir Temurning e‘tiqod qo’ygan, 
pirlaridan, tinchliksevar va raiyatparvar inson Zaynuddin Abubakir Toybodiy 
Temurga maktub yozib uning saltanat yumushlarida quyidagi ―to’rt ishni 
qo’llashini aytgan, ya‘ni: 
1) Kengash; 
2) Mashvaratu maslaxat; 
3) Xushyorligu muloxazakorlik; 
4) Extiyotkorlik. 
Shunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslaxat va tadbir bilan 
ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo’lmagaysan. Yana shuni 
xam bilgilkim, saltanat ishlarining bir qismi sabru toqat bilan bo’lgay, yana bir 
qismi esa bilib-bilmaslikka, ko’rib ko’rmaslikka solish bilan bitur. (Xullas) 
tadbirlardan ogox qilingandan keyin shuni aytish joizdirkim, qat‘iylik, sabr, 
chidamlilik, xushyorlik, extiyotkorlik, va shijoat bilan barcha ishlar amalga 
oshirilgay. Vassalom‖ 
Maktubni o’qib Amir Temur o’z Tuzuklarida: ―U menga saltanat ishlarining 
to’qqiz ulushi mashvarat, tadbir va kengash, qolgan bir ulush esa qilich bilan bajo 
keltirishni anglatdi... 
Tajribamda ko’rilgankim, ishbilarmon, mardlik va shijoat soxibi, azmi qat‘iy, 
tadbirlar va xushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir. 
Chunki tajribali bir kishi ming kishiga ish buyuradi‖-deb yozgan edi. 
Ma‘muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida sobiq SSSR quyidagi tamoyillarga 
asoslanib boshqarilgan. 
3. 
Boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o’rganish, taxlil qilish 
maqsadida bu fan quyidagi uslublardan foydalanadi.
Menejment fanining taxlil usullari 
Sistemali yondoshuv: 

boshqariluvchi ob‘ekt yaxlit tizim tarzida olib qaraladi. 
Bu yondoshuv turlicha bo’lishi mumkin: 

sistemali - kompleks yondoshuv 

sistemali - funktsional yondoshuv 

sistemali - tarkibiy yondoshuv 
sistemali - kommunikatsion yondoshuv 
Kompleksli yondoshuv: 


Tarkibiy yondoshuv: 

boshqariluvchi ob‘ekt boshqa ob‘ektlar bilan o’zaro 
bog’lanishda va aloqadorlikda qaraladi. 

boshqariluvchi ob‘ekt tarkibiy qismlarga bo’lib 
o’rganiladi. 
Vaziyat (situatsiya)li yondoshuv: 

boshqariluvchi ob‘ektning konkret sharoitdagi ichki va 
tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning ma‘qul uslubi 
qo’llaniladi. 
Integratsion yondoshuv: 

boshqariluvchi ob‘ekt yuqoridagi uslublar (vaziyatli, 
kompleksli, tarkibiy yondoshuvlar)ni birgalikda qo’llash 
yordamida boshqariladi. 
Modellashtirish usuli: 

boshqariluvchi ob‘ektni boshqarish bo’yicha turli sxema, 
grafik va chizmalar, xomaki materiallar tayyorlanadi. 
Iqtisodiy-matematik yondoshuv: 

optimal qaror qabul qilish maqsadida matematik uslublar 
va xisoblsh mashinalarini keng miqyosda qo’llash. 
Kuzatish usuli: 

boshqariluvchi ob‘ekt to’g’risidagi ma‘lumotlarni rejali, 
ilmiy, uyushtirilgan asosda to’plash usuli. 
Eksperiment (tajriba) usuli: 

boshqarish jarayonida boshqariluvchi ob‘ektga nisbatan 
namunaviy tajribadan o’tgan usullarni qo’llash. 
Sotsiologik kuzatuv usuli: 

boshqarish maqsadida turli anketali so’rovlar, suxbatlar, 
testlar, infratuzilmaviy taxlillarni o’tkazish. 
Ilmiy jixatdan asoslangan boshqarish qayd qilingan usullarning chambarchas 
ravishda bog’lab olib borilishini taqoza etadi. 

Download 211,94 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 211,94 Kb.
Pdf ko'rish