|
Mavzu: Mikrokontrollerning qo‘shimcha apparat vositalari. Reja
|
bet | 2/7 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 198,43 Kb. | | #145868 |
Bog'liq Mikrokontrollerning qo-to‘xtash ish tartibi (rejim ostonova, Stop mode, Sleep mode yoki Power Down mode). Bu ish tartibida protsessor va shuningdek ko‘pchilik tashqi modullar o‘z ishini to‘xtatadilar. MK to‘xtash ish tartibidan ishchi holatga o‘tishi odatda faqat tashqi manbadan uzilish bo‘lganda yoki nol holatga o‘tkazilganda amalga oshadi.
To‘xtash ish tartibida MK isteʻmol quvvati 𝑃𝑆𝑇𝑂𝑃 faol ish tartibiga nisbatan uch darajaga kamayadi va bir necha mikrovattni tashkil etadi.
Ikkita oxirgi ish tartibini energiya isteʻmolini kamaytirilgan ish tartibi deb ataladi. MK tizimlarda energiya isteʻmolini minimallashtirish MK faol ish tartibida isteʻmol quvvatini optimallashtirish hisobiga va shuningdek energiya isteʻmolini kamaytirilgan ish tartibini qo‘llash hisobiga erishiladi. Shu bilan birga inobatga olish kerakki, kutish va to‘xtash ish tartiblari energiya istemolini kamaytirilgan ish tartibidan faol ish tartibiga o‘tishdagi vaqtlari jiddiy bir biridan farq qiladi. Odatda kutish ish tartibidan chiqish MK ning 3...5 sinxronizatsiya davrida sodir bo‘ladi, ayni vaqtda to‘xtash ish tartibidan chiqishdagi ushlanish bir necha ming sinxronizatsiya davrini tashkil etadi. Tizim ishlash dinamikasining kamayishidan tashqari faol ish tartibiga o‘tish uchun ko‘p vaqt sarflashishi esa qo‘shimcha energiyani sarflanishiga sabab bo‘ladi.
MK faol ish tartibidagi istemol quvvati kontrollerning eng muhim ko‘rsatgichlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. U ko‘p darajada MK manba kuchlanishiga va taktlash chastotasiga bog‘liqdir.
Barcha MK manba kuchlanish chegarasiga bog‘liq holda uchta asosiy guruhlarga ajratish mumkin bo‘ladi:
-5,0 V 10% manba kuchlanishiga ega bo‘lgan MK. Bu MK odatda sanoat va ro‘zg‘or elektr tarmog‘idan ta’minlanuvchi qurilmalar tarkibida ishlatilishga mo‘ljallangan bo‘lib, ular rivojlangan vazifali imkoniyatlarga ega va energiya isteʻmol darajasi yuqori.
-manba kuchlanish chegarasi kengaytirilgan MK: 2,0 ... 3,0 V dan 5,0 – 7,0 V gacha. Bu turdagi MK energiya tarmog‘idan va shuningdek alohida ma’nbadan ham ishlay oladi.
-pasaytirilgan manba kuchlanishli MK: 1,8 dan 3,0V gacha. Bu MK alohida manbadan ta’minlanuvchi qurilmalar tarkibida ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, istemolchi elementlarni energiya bilan tejamli sarflashini ta’minlaydi.
MK isteʻmol tokining manba kuchlanishiga bog‘liqligi deyarli to‘g‘ri proporsionaldir. Shuning uchun isteʻmol kuchlanishini kamaytirish, MK ning isteʻmol quvvatini jiddiy kamaytiradi. Eʻtibordan qochirish kerak emaski , MK ko‘p turlari uchun isteʻmol kuchlanishini kamaytirish bilan taktlashning maksimal ruxsat etilgan chastotasi kamayadi, yaʻni istemol quvvatidan yutilsa, tizim unumdorligining kamayishiga olib keladi.
Zamonaviy MK ko‘pchiligi KMOYA – texnologiyasida bajarilgan, shuning uchun faol ish tartibida isteʻmol quvvati 𝑃𝑅𝑈𝑁 amaliy jixatidan takt chastotasiga to‘g‘ri proporsionaldir. Shuning uchun, generatorning takt chastotasini tanlanar ekan
MK chegaraviy yuqori tezligini ta’minlashga harakat qilish kerak emas, agarda buni yechiladigan masala talab etmasa albatta. Ko‘pincha hal qiluvchi omil bo‘lib, o‘lchov vositalarining imkoniyatlari yoki taymer asosidagi vaqt oraliqlarni hosil qiluvchining yoki ketma-ket kanaldan axborot uzatish tezligi xizmat qiladi.
Ko‘pchilik zamonaviy statik KMOYA – texnologiyasi ishlatilada, shuning uchun ular har qanday past takt chastotasida va hattoki nol chastotagacha ham ishlash imkoni mavjuddir. U holda ma’lumotnomalarda taktlashning minimal chastotasi dc (direct current) ko‘rsatiladi. Bu MK sozlash uchun qadamlash ish tartibida ishlatish mumkinligini bildiradi. MK ning past chastotadagi taktlashi isteʻmol quvvati odatda
𝑓𝑂𝑆𝐶= 32768 Gs chastotadagi isteʻmol tokini aks ettiradi.
|
| |