|
Mikrokontrollerning ishonchli ishlashini apparat vositalar
|
bet | 4/7 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 198,43 Kb. | | #145868 |
Bog'liq Mikrokontrollerning qo13.3. Mikrokontrollerning ishonchli ishlashini apparat vositalar
yordamida ta’minlash
MK dasturlar xotirasiga yozilgan amaliy dastur kirish signalining xohishiy kombinatsiyasida ham MK ishonchli ishlashini ta’minlab berishi kerak. Ammo elektromagnit xalallar, manba kuchlanishini tebranishi va boshqa tashqi ta’sirlar natijasida loyihalashtiruvchilarning nazarda tutgan dasturning bajarilish jarayonining tartibi buzilishi mumkin. Tizimning operatori bo‘lmagan holda MK ishonchli ishga tushirish, ishlashini nazorat qilish va ishga layoqatligini tiklash maqsadida barcha zamonaviy MK ishonchli ishlashini ta’minlovchi apparat vositalar bilan ta’minlanadi. Ularga quyidagilar kiradi:
- MK nolga o‘tkazuvchi signalni hosil qilish sxemasi;
-ma’nba kuchlanishini monitoring qiluvchi modul; -qo‘riqchi taymer.
MK nolga o‘tkazuvchi signalni hosil qilish sxemasi. Manba kuchlanishini yoqilganda MK xotirasiga yozilgan ishlash dasturini bajara boshlashi kerak. Manba kuchlanishining oshish bosqichida MK majburiy ravishda boshlang‘ich holatga o‘tkaziladi, bu holatni nolga o‘tkazish deb ataladi Shu jumladan MK ichki magistrallari, boshqarish signallari va maxsus vazifalar registrlari boshlang‘ich holatga o‘tkaziladi. Oxirgilari MK tashqi modullarining boshlang‘ich holatini aniqlaydi, ular ko‘pincha sukut holat bo‘yicha faol holatda bo‘lmaydi.
Har qanday kuchlanishning o‘sish dinamikasi turlicha bo‘lgan manbadan ishonchli ishga tushirishni ta’minlash maqsadida ko‘pchilik zamonaviy MK tarkibida o‘rnatilgan manba kuchlanish dedektori mavjud bo‘lib (dedektor napryajeniya pitaniya, Power-On-Reset – POR sxemasi ), u ma’nba kuchlanishi oshishi bilan nolga o‘tkazuvchi signalni hosil qiladi. Xususan, PIC16 oilasiga kiruvchi MK da manbani o‘rnatish taymeri (PWRT) kuchlanish qiymati 1,2 ..1,8 V atrofidagi qiymatdan o‘tgach vaqtni sanashni boshlaydi. 72 ms vaqt atrofida ushlanishdan so‘ng kuchlanish talab etilgan qiymatga yetdi deb hisoblanadi.
MK nol holatdan chiqishi bilanoq quyidagi amallarni bajarishni boshlaydi:
MK sinxronlash generatorini ishga tushiradi. Ichki vositalar bilan taktlash chastotasini ravonlashtirish uchun vaqtni ushlanishi hosil qilinadi;
OXQ tegishli registrlaridan energiyaga bog‘liq bo‘lmagan tuzilish registri o‘qiydi;
ishchi dasturni boshlanish manzilini buyruqlar sanoq qurilmasiga yuklaydi;
dasturlar xotirasidan birinchi dasturni tanlashni amalga oshiradi va dasturni bajarishga kirishadi.
Birinchi bajariladigan buyruq kodi saqlanadigan xotira yacheykasining manzilini boshlang‘ich ishga tushirish vektori deb ataladi yoki nolga o‘tkazish vektori deyiladi. Ba’zi MK da bu manzil oldindan belgilab qo‘yilgan bo‘lib, foydalanish bo‘yicha texnik yo‘riqnomada keltiriladi. Bunday MK qayd qilingan nolga o‘tkazish vektori mavjud MK deyiladi. Boshqa MK esa nolga o‘tkazish vektorini foydalanuvchi tomonidan erkin holda o‘rnatilishi mumkin. MK dasturlash bosqichida boshlang‘ich ishga tushirish vektorini xotira yacheykasiga qayd etilgan manzil bo‘yicha yozish kerak bo‘ladi va MK da boshlang‘ich ishga tushurish bo‘lgach avtomatik ravishda boshlang‘ich ishga tushirish vektorining qiymati buyruqlar sanoq qurilmasiga yuklanadi. Bunday MK ni boshlang‘ich ishga tushirish vektori yuklanadigan MK deb ataladi. Motorola firmasi tomonidan buyruq va axborotlar uchun yagona manzil maydonli tarkibda 8-razryadli yuklanadigan boshlang‘ich ishga tushirish vektorili MK ishlab chiqaradilar.
MK ni manba kuchlanishi meʻyoriga yetgan holda nol holatga o‘tkazish uchun nolga o‘tkazish kirishiga (RESET) yuqori yoki past qiymatli signal (MK ning foydalanish bo‘yicha texnik yo‘riqnomasida keltirilagan qiymatga mos ) berish yetarlidir. Odatda manba kuchlanishini yoqilganda nol holatga o‘tkazish signalini hosil qilish uchun va nol holatga o‘tqazish tugmasini bosilganda RC-zanjirdan foydalaniladi. 12.2-chizmada nol holatga o‘tkazish signalini hosil qilishning ko‘p tarqalgan sxemasi keltirilgan.
12.2- chizma. Nolga o‘tkazish signalini yuqori faolli (a) va past faolli (b) MK uchun tashqi nolga o‘tkazish signalini hosil qilishni anaʻnaviy sxemalari.
𝐾𝑛 tugmasi MK ni sozlash vaqtida “qo‘lda” nol holatga o‘tkazish signalini hosil qilish uchun ishlatiladi. DV diodi manba yoqilganda RESET kirishiga manfiy kuchlanish kelishiga qarshilik qiladi. R va C elementlarning qiymati ushlanish vaqtini aniqlab beradi, bu vaqt nolga o‘tish vaqtidagi barcha o‘tish jarayonlarining tugallanishi uchun zarurdir (MK ning foydalanish bo‘yicha texnik yo‘riqnomasida keltirilagan bo‘ladi). Kirishdagi Shmitt triggeri nol holatga o‘tkazish signal frontini belgilanmagan uzunlikda berishga imkon yaratadi. Shmitt triggeri bo‘lmaganda, kirishga maxsus tashqi hosil qilish sxemasini qo‘yishga to‘g‘ri kelar edi.
Zamonaviy MK odatda RESET yo‘li ikki yo‘nalishli bo‘lib past faol darajaga egadir. Nol holatga o‘tkazish tugmasini bosilganda yoki ma’nba yoqilganda yo‘l buferi kiritish ish tartibiga o‘rnatiladi va tashqi nol holatiga o‘tkazish amalga oshiriladi. MK shuningdek kontroller tarkibidagi holatni nazorat qilish qurilmasining signali bo‘yicha ham nol holatga o‘tkazish mumkin. Bu holda MK ichki nol holatga o‘tgan holda deb yuritiladi. Bunda RESET bufer yo‘li chiqishida past mantiqiy qiymatli chiqarish holatiga o‘rnatiladi. Ushbu signal tashqi IS boshlang‘ich holatga o‘tkazish uchun ishlatishga kerak bo‘lishi mumkin.
MK ni ichki va tashqi boshlang‘ich holatga o‘tqazish tartibi umuman bir xildir.
|
| |