|
Mikrokontrollerning qo‘shimcha modullari
|
bet | 6/7 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 198,43 Kb. | | #145868 |
Bog'liq Mikrokontrollerning qo12.4. Mikrokontrollerning qo‘shimcha modullari
Yuqorida bayon etilgan modullar MK asos to‘plamini tashkil etadi va har qanday zamonaviy kontroller tarkibiga kiradi. MK tarkibiga qo‘shimcha modullarning kiritilishi zaruratining ayonligi aniq va ularning imkoniyatlari yechiladigan aniq masalaning xususiyatidan kelib chiqadi. Bunday qo‘shimcha modullar turiga avvalam bor quyidagilarni kiritish mumkun: -axborotlarni ketma-ket kiritish/chiqarish moduli; -uzluksiz axborotni kiritish/chiqarish moduli.
Axborotlarni ketma-ket kiritish/chiqarish moduli. 8-razryadli MK tarkibida ketma-ket kiritish/chiqarish moduli kontrollerining mavjudligi oxirgi vaqtda oddiy hol bo‘lib qoldi. Ketma-ket kiritish/chiqarish moduli kontrolleri yordamida yechiladigan masalalarni uchta asosiy guruhga ajratish mumkin:
-joylashtirilgan mikrokontroller tizimini yuqori bosqich boshqaruv tizimi bilan aloqasini o‘rnatish, masalan, shaxsiy kompyuter bilan. Ko‘pincha bu maqsadda RS –
232C va RS – 485 interfeyslar ishlatiladi;
-MK nisbattan tashqi bo‘lgan tashqi IS bilan, shuningdek ketma-ket chiqishli fizik kattalik datchiklari bilan bog‘lash. Bu maqsadlar uchun FC, SPI interfeyslar va shuningdek nostandart almashuv protokollari ishlatiladi;
-multimikrokontroller tizimlardagi mahalliy tarmoq bilan bog‘lovchi interfeys.. MK soni beshtagacha bo‘lgan tizimlarda odatda yuqori darajadagi o‘zining tarmoq protokollari bor FC, RS – 232C va RS – 485 interfeyslar asosidagi tarmoqlar ishlatiladi.
Axborotni almashishni tashkil qilinishi nuqtaiy nazaridan eslatib o‘tilgan ketma-ket aloqa interfeys turlari axborot uzatish ish tartibi (sinxron yoki asinxron), kadr o‘lchami (baytlab foydali axborotni uzatishdagi bitlar soni ) va aloqa yo‘llaridagi signallarning vaqt diagrammalari bilan farqlanadi (signal qiymatlari va o‘tishlardagi frontlar holati).
Ketma-ket kodda uzatiladigan axborot yo‘llarining soni odatda ikkitaga teng
(FC, RS – 232C, RS – 485) yoki uchtaga (SPI, ba’zi nostandart protokollar) teng bo‘ladi. Bunday vaziyat kontrollerning ketma-ket almashuv modulini shunday loyihalashtirish imkonini beradiki, ularning yordamida apparat darajasidagi bir necha turdagi ketma-ket interfeyslarni joriy etish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga uzatish ish tartibi (sinxron yoki asinxron) va kadrlar o‘lchami mantiqiy signal bosqichida quvvatlanadi, har bir interfeys uchun signalning real jismoniy qiymati maxsus IS yordamida olinadi, ularni qabul qiluvchi-uzatuvchi, konvertorlar va transiverlar deb ataladi.
U yoki bu 8-razryadli MK tarkibiga kiruvchi turli turdagi joylashtirilgan ketma-ket almashuvli kontrollerlarning orasida standart hosil bo‘lib qolgan “defakto” – UART (Universal Asynchronous Receiver and Transmitter). UART – bu universal asinxron uzatuvchi-qabul qiluvchi. Ammo UART ko‘pchilik modullarida asinxron almashuv ish tartibidan tashqari shuningdek axborotlarni uzatishning sinxron ish tartibini ham joriy etish imkoni mavjud.
MK ishlab chiqaruvchilarning hammasi ham ketma-ket almashuvli kontroller modulini belgilash uchun UART atamasidan foydalanmaydilar. Motorola firmasining MK xuddi UART ish tartibini quvvatlovchi asinxron uzatish-qabul qilish modulini SCI (Serial Communication Interface ) deb atash qabul qilingan. Aytib o‘tish kerakki
SCI turidagi modul odatda faqat asinxron almashuv ish tartibini joriy etadi. Ba’zida istesno tariqasida SCI nom bilan MS68NS705V16 axborot uzatishni sinxron-asinxron modulli MK mavjuddir.
UART turidagi modullar asinxron ish tartibida RS – 232C, RS – 422A, RS – 485 interfeyslari uchun almashuv protokollarini amalga oshirish imkonini beradi, sinxron ish tartibida esa – almashuvni nostandart sinxron protokollarini joriy etadi.
Motorola firmasining MK ananaviy ravishda ikkita ketma-ket almashuv moduli nazarda tutilgan: RS – 232C, RS – 422A, RS – 485 interfeyslari uchun faqat asinxron uzatish-qabul qilish protokollarini joriy qilish imkoniyatli SCI moduli va SPI standartidagi sinxron interfeys kontroller moduli.
MK (𝐼2𝐶 va CAN) asosidagi lokal tarmoq interfeyslar protokollari ancha murakkab mantiqi bilan ajralib turadi. Shuning uchun CAN kontrollerlar interfeyslari alohida mustaqil modul sifatida ishlab chiqariladi. Yetakchi va yetaklanuvchi ish tartibida ishlash imkoniyati bo‘lgan 𝐼2𝐶 interfeysini ham shuningdek maxsus modul quvvatlaydi (Philips firmasining 89C52 MK dagi ketma-ket port moduli). Lekin, agarda faqat yetakchi 𝐼2𝐶 ish tartibi joriy etilsa, u holda Microchip firmasining PIC16 mikrokontrolleri SPI bilan muvaffaqiyatli mutanosib bo‘ladi: bitta modulni protokollardan biriga sozlash dastlabki xolatga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
|
| |