• Qo‘riqchi taymer
  • Pasaygan ma’nba kuchlanishini dedektorlash bloki




    Download 198,43 Kb.
    bet5/7
    Sana25.01.2024
    Hajmi198,43 Kb.
    #145868
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Mikrokontrollerning qo

    Pasaygan ma’nba kuchlanishini dedektorlash bloki. Foydalanish jarayonida real sharoitda quydagi holat bo‘lishi mumkun, u holatda MK manba kuchlanishi ruxsat etilgan kuchlanishdan patstga tushib ketishi mumkin, lekin POR sxemasini qo‘yib yuborish ostonasiga yetmaydi. Bu sharoitda MK “osilib” qolishi mumkin.
    Manba kuchlanishi kerakli qiymatga tiklanguncha MK ish holatda bo‘lmaydi.
    MK manba kuchlanishini “o‘tirib qolish” idan so‘ng tizimni ish holatiga tiklanishi uchun yangitda boshlang‘ich holatga o‘tqazish zarur. Bu maqsad uchun zamonaviy MK qo‘shimcha blok pasaygan ma’nba kuchlanishini dedektorlash bloki joriy etilgan. Bundek modul Motorola firmasining NS08 MK oilasida ishlatiladi, shu kabi modul Microchip firmasining PIC17 MK oilasi tarkibida ham mavjud. Ko‘rilayotgan modul manba kuchlanishini minimal ruxsat etilgan qiymatidan biroz pasaygan darajada ichki nol holatiga o‘tkazish signalini hosil qiladi. Pasaygan manba kuchlanishini dedektorlash blokining ishlashi MK ning OXQ da axborotlarni saqlash kuchlanish qiymatidan ancha yuqori. Pasaygan manba kuchlanish blokining signali bo‘yicha nol holatiga o‘tkazish voqeasi MK registrlaridan birida maxsus bit bilan belgilanadi. Shundan kelib chiqadiki, MK nol holatiga o‘tkazilgandan so‘ng bu bitni dasturiy tahlil qilingach, axborotlar yo‘qotilmagan va dasturni bajarilishini davom ettirish mumkinligiga ishonch hosil qilish mumkin.
    Qo‘riqchi taymer. Agarda hamma ko‘rilgan choralarga qaramay, baribir ham MK “osilib” qolsa, u holda bu vaziyatdan chiqish uchun barcha zamonaviy kontrollerlar tarkibida joylashtirilgan qo‘riqchi taymer moduli mavjud. Qo‘riqchi taymerning ishlash tamoyili 12.3-chizmada keltirilgan. Qo‘riqchi taymer asosini ko‘p razryadli sanoq qurilmasi tashkil etadi. MK nol holatiga o‘tqazilgandan sanoq qurilma nol holatga o‘tadi. MK faol ish tartibiga o‘tgach sanoq qurilmaning qiymati bajarilayotgan dasturdan qatiy nazar kattalashib boradi. Sanoq qurilmaning qiymati maksimal kodga yetgach ichki nol holatiga o‘tkazish signali hosil qilinadi va MK ishchi dasturni qaytadan bajarishni boshlaydi.

    qurilmasini dasturiy 0ga o‘tkazish
    12.3-chizma. Qo‘riqchi taymerning ishlash tamoili.
    Qo‘riqchi taymerning to‘lishi natijasida nol holatiga o‘tkazish bo‘lmasligi uchun MK ning ishchi dasturi davriy ravishda sanoq qurilmasini nolga o‘tkazib turishi kerak. Qo‘riqchi taymerni nol holatiga o‘tkazish maxsus buyruqni bajarish orqali (masalan, CLRWDT) yoki maxsus vazifalar registrlarining birortasiga qandaydir ko‘rsatilgan kodni yozish orqali amalga oshiriladi. Loyihalashtiruvchi tomonidan barcha vaziyatlar nazarda tutilgan bo‘lsa, ishchi dasturni bajarilish davomida qo‘riqchi taymerni sanoq qurilmasining to‘lishi ro‘y bermaydi va u MK ishlashiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ammo, agarda ishchi dasturni bajarilishi o‘zgarsa, masalan, “osilish” natijasida, u holda sanoq qurilmasi vaqtida nol holatga o‘tmaslik extimoli katta bo‘ladi. U holda qo‘riqchi taymer to‘lishi natijasida nolga o‘tish sodir bo‘ladi va dasturning normal bajarilishi jarayoni tiklanadi.
    Aniq MK turlarining qo‘riqchi taymer modullari turli xususiyatlarga ega bo‘ladi:
    -qator MK tashqi nolga o‘tkazish vektorlari va qo‘riqchi taymerni to‘lishi bo‘yicha nolga o‘tishi mos keladi. Bu esa dasturiy yo‘l orqali nolga o‘tish sababini aniqlab bo‘lmaslikka olib keladi va ishchi dasturni yozishni qiyinlashtiradi. Ancha yuqori darajadagi MK yoki turli nolga o‘tkazish vektoriga ega bo‘ladi yoki maxsus vazifali registrlardan birida qo‘riqchi taymerning to‘lish voqeasini maxsus bit o‘rnatish orqali belgilanadi;
    -ba’zi MK kam energiya isteʻmol qilish ish tartiblaridan biriga o‘tishda, ishchi dastur bajarilmayotganda, qo‘riqchi taymerning ishi avtomatik ravishda to‘xtatiladi. Boshqa MK esa qo‘riqchi taymer mustaqil bog‘liq bo‘lmagan takt generatoriga ega bo‘ladi, u kutish ish tartibida ham o‘z vazifasini davom ettiradi. Bu holda qo‘riqchi taymerni nolga o‘tkazish uchun MK ni davriy ravishda kutish holatidan chiqarib turish zarur. Microchip firmasining PIC – kotrollerlarida bunday nolga o‘tkazishni maxsus tarkib bitiga WDTE nol yozish orqali taʻqiqlab qo‘yish mumkin bo‘ladi.
    Qo‘riqchi taymerlarni ishlatilishi MK asosidagi tizimlarning o‘z-o‘zini tiklash xususiyatini jiddiy oshiradi.

    Download 198,43 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 198,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pasaygan ma’nba kuchlanishini dedektorlash bloki

    Download 198,43 Kb.