• Nazorat uchun savollar
  • Uzluksiz (analog) signallarni kiritish/chiqarish moduli




    Download 198,43 Kb.
    bet7/7
    Sana25.01.2024
    Hajmi198,43 Kb.
    #145868
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Mikrokontrollerning qo

    Uzluksiz (analog) signallarni kiritish/chiqarish moduli. Uzluksiz (analog) signallarni hosil qilish va qabul qilish zarurati MK analogli kiritish/chiqarish modullari bo‘lishligini talab etadi.
    MK ga analog kiritishning eng sodda qurilmalaridan biri bu joylashtirilgan kuchlanish komparatori. Komparator kirishdagi analog kuchlanishni tayanch potensial 𝑉𝑅𝐸𝐹 bilan solishtiradi va chiqishda mantiqiy “1” o‘rnatadi, agarda kirishdagi kuchlanish tayanch kuchlanishdan katta bo‘lsa. Komparatorlarni kirish kuchlanishining ma’lum qiymatini nazorat qilish uchun ishlatish ancha qulaydir, masalan, termostatlarda. Tashqi chiziqli o‘zgarishli kuchlanish generatoriga joylashtirilgan komparator birgalikda MK integrallovchi analog-raqam o‘zgartiruvchi qurilmani (ARO‘) joriy etish imkonini yaratadi.
    Biroq uzluksiz signallar bilan ishlashni ancha keng imkoniyatlarini MK ga joylashtirilgan ARO‘ qurilmasi beradi. Ko‘pincha u ko‘p kanalli ARO‘ moduli sifatida joriy etiladi hamda u MK ga fizik kattaliklar datchigidan uzluksiz signallarni kiritish va bu kattaliklarni ikkilik kodlariga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. ARO‘ qurilmaning tipik modulining tarkibiy sxemasi 12.4-chizmada keltirilgan.
    Ko‘p kanalli analogli kommutator K uzluksiz signallar manbaining birini (RTx0 ... RTx7) ARO‘ qurilma kirishiga ulash uchun xizmat qiladi. O‘zgartirish uchun signal manbaini tanlash ARO‘ qurilmasining boshqarish registrini tegishli razryadiga kommutatorning kanal nomerini yozish orqali amalga oshiriladi.

    4.12-chizma. ARO‘ mo‘dulining tarkibi.
    ARO‘ qurilma modulining ikkita chiqishi tayanch kuchlanishni berish uchun
    ishlatiladi 𝑈𝑇: 𝑉𝑅𝐸𝐹𝐻 - 𝑈𝑇 yuqori chegarasi, 𝑉𝑅𝐸𝐹𝐿 – pastgi chegarasi. 𝑉𝑅𝐸𝐹𝐻 va 𝑉𝑅𝐸𝐹𝐿 kirishdagi potensiallar farqi 𝑈𝑇 tashkil etadi. ARO‘ qurilmaning imkoniyati 𝑈𝑇2𝑛 , n – natija so‘zidagi razryadlar soni. Tayanch kuchlanishning maksimal qiymati odatda, MK ma’nba kuchlanishiga teng. Agarda o‘lchanadigan kuchlanish 𝑈о𝑙 > 𝑈𝑅𝐸𝐹𝐻 bo‘lsa, u holda o‘lchash natijasi teng bo‘ladi FF, 00 kodi 𝑈о , 𝑉𝑅𝐸𝐹𝐿 kuchlanishlarga mos bo‘ladi. O‘lchashning maksimal aniqligiga erishish uchun 𝑈𝑇 maksimal ruxsat etilgan qiymatini tanlash kerak bo‘ladi. Bu holda kirish buferining nolni surilish kuchlanishi va ARO‘ qurilmaning o‘tish ko‘rsatgichining chiziqsizligi nisbatan kam xatolik kiritadi.
    Analog-raqam o‘zgartiruvchi qurilma ketma-ket yaqinlashuv usulida amalga oshirilgan. 8-razryadli MK modellarining barchasida amalda ARO‘ qurilma ham 8- razryadlidir. ARO‘ qurilmaning o‘lchovlar natijasini ifodalash o‘lchami xam – bir baytli.
    O‘zgartirishning takt uzunligini sinxronizatsiyalash generatori beradi: bitta sikl generator chastotasining 𝑡𝐴𝐷𝐶 ikkita davriga teng. Mikrokontrollerning tipik ARO‘ qurilma moduli uchun o‘zgartirish vaqti birdan o‘nggachan mikrosekundni tashkil qiladi.
    ARO‘ qurilma modulining sinxronizatsiyalash ma’nbai bo‘lib joylashtirilgan RC- generator (G) yoki MK modullar aro magistrallarning taktlash impuls ketmaketliklari xizmat qilishi mumkin. Birinchi holda ARO‘ qurilmaning sinxronlash chastotasi albatta optimal bo‘ladi, yaʻni texnik bayonida tavsiya etilgani kabi. Ikkinchi holda esa boshqa fikrlarga asosan tanlangan 𝑓𝐵𝑈𝑆 ARO‘ qurilma moduli uchun yaroqsiz bo‘lishi mumkin. Bu hol uchun ba’zi bir modullar tarkibida dasturlanuvchi chastota 𝑓𝐵𝑈𝑆 bo‘luvchi etiborga olingan.
    O‘zgartirishlarning har bir siklini tugallanish vaqti axborotlarni tayyorlik triggerining o‘rnatilishi bilan belgilanadi. Agarda uzilish ARO‘ qurilma moduli tomonidan ruxsat bo‘lsa, u holda uzilishga so‘rov hosil qilinadi. Odatda, natijalar registrini o‘qish, tayyorlik triggerini nolga o‘tkazadi.
    ARO‘ qurilma modullarining ko‘pchiligi faqat dasturiy ishga tushirish ish tartibiga ega: navbatdagi o‘lchashni ishga tushirish ish tartibi registri bitlaridan birini o‘rnatish. ARO‘ qurilma modullarining eng universallari avtomatik ishga tushirish ish tartibiga ega, unda o‘zgartirishning bitta sikli tamom bo‘lgandan keyin darhol keyingisi boshlanadi. Biroq har bir sikl o‘lchashlari dasturiy usulda o‘qilishi kerak.
    MK tarkibida ARO‘ qurilma ancha kamyob hisoblanadi. ARO‘ qurilma vazifasini dasturiy taymer modullari vositalari orqali amalga oshiriladi. Nazorat uchun savollar

    1. Faol ish tartibi haqida to‘liq ma'lumot bering.

    2. Kutish ish tartibini bayon qiling.

    3. To‘xtash ish tartibini tushuntirib bering.

    4. Mikrokontrollerning takt generatorlari.

    5. Mikrokontrollerning ishonchli ishlashini apparat vositalar yordamida ta'minlash.

    6. Pasaygan manba kuchlanishini detektorlash blokini tushuntirib bering.

    7. Mikrokontrollerning qanday qo‘shimcha modullari mavjud.

    8. Uzluksiz signallarni kiritish/chiqarish modulining vazifalari.

    Download 198,43 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 198,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uzluksiz (analog) signallarni kiritish/chiqarish moduli

    Download 198,43 Kb.