|
Mineral va foydali qazilmalar
|
bet | 5/15 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 165 Kb. | | #156355 |
Bog'liq Minerallar klassifikatsiyasi sulfatlar, karbonatlarMineral va foydali qazilmalar
1. Grafit — S. Sof elementlar sinfiga kiradi. Qattiqligi-1. Solishtirma og‘irligi -2-2,4 g/sm3. Metallsimon yaltiroq. Rangi po‘latga o‘xshash kulrang, qora. CHizig‘ining rangi kulrang-qora, yaltiroq, ulanish yuzasi yaxshi rivojlangan. Geksagonal singoniyali. Qog‘ozda chiziq qoldiradi, qo‘lga yuqadi. Kelib chiqishi er ostidagi ko‘mirning magma bilan tutashgan joyi — kontaktda, metamorfik tog‘ jinslar — gneys, slanetslar orasida, nordon, o‘rta nordon va asosli magmatik tog‘ jinslarda uchraydi. Ishlatilishi: grafit metallurgiyada yuqori sifatli uchta chidamli material sifatida, elektr sanoatida elektrodlarni tayyorlashda, grafitlarning yaxshi sorti qalam va qora buyoqlar tayyorlashda ishlatiladi.
2. M o l i b d e n i t — Mo S2 sulfidlar sinfga xos. Qattiqligi — 1-1,5. Solishtirma og‘irligi — 4,8—5 g/sm3, metallsimon yaltiroq. Rangi qo‘rg‘oshinga o‘xshash kulrang. CHizig‘iniig rangi och yashil, ulashish yuzasi yaxshi ko‘rinadi. Geksagonal singoniyali. Grafitga o‘xshash qog‘ozda chiziq qoldiradi. YUqa varaqlari egiluvchan. Kelib chiqishi: nordon magmatik jinslar paydo bo‘layotganda har xil yuqori haroratda eritmalardan kvars bilan birga hosil bo‘ladi. Bulardan tashqari, ba’zi jinslar bilan kontaktlarda ham uchraydi.
3. Antimonit — surma yaltirog‘i Sb2S3, sulfidlar sinfiga xos, qattiqligi— 2,5. Solishtirma og‘irligi — 4,6 g/sm3. Metallsimon, yaltiroq. Rangi qo‘rg‘oshinga o‘xshash kulrang, po‘latsimon kulrang, chizig‘ining rangi qo‘rg‘oshinsimon kulrang. Ulanishi o‘ta mukammal, murt mineral. Nitrat kislotada eriydi. Kelib chiqishiga ko‘ra issiq suv eritmalari (gidrotermal) sharoitlarda hosil bo‘ladi. Rudali tomirlarda va cho‘kindi jinslar orasida uchraydi. Antimonit muhim surma xom ashyosidir (meditsina, tuqimachilik, shisha, fotografiya, rangdor, chidamli metall olishda ishlatiladi).
4. Gips — SaSO4 2N2O, sulfidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi—1.5—2. Solishtirma og‘irligi — 2,3 g/sm3, shishasimon, sadafsimon va shoyisimon yaltiroq. Rangsiz, oq, kulrang, och pushti, sariq, qizil, qora; chizig‘iniig rangi oq. Ulanishi o‘ta mukammal. Monoklin singoniyali. Mineralning ingichka tolalari egiluvchan. Xlorid kislota kuchsiz ta’sir etadi. Gipsning turlari: oq rangli mayda donador gipsni alebastr, ingichka tolali, ipaksimon yaltiroq gipsni esa selenit deyiladi. Kelib chiqishiga ko‘ra tiniq, kimyoviy cho‘kindi, angidritlardan gidrotatsiya yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Gips minerali cho‘kindi jinslarning orasida keng tarqalgandir. Ishlatilishi: gips juda muhim qurilish materiali, kuydirilgan gips haykaltaroshlikda va meditsinada qo‘llaniladi. Bundan tashqari gips kimyo sanoatida, sement tayyorlashda va qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘it sifatida qo‘llaniladi. Gips tiniq optik priborlar tayyorlashda ishlatiladi.
5.
|
| |