• Hind selitrasi
  • Mavzu: Minerallar klassifikatsiyasi sulfatlar, karbonatlar




    Download 165 Kb.
    bet6/15
    Sana14.02.2024
    Hajmi165 Kb.
    #156355
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Minerallar klassifikatsiyasi sulfatlar, karbonatlar

    Mirabilit yoki glauber tuzi Na2SO3 • 10N2O sulfidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —1,5-2. So­lishtirma og‘irligi —1,4-1,5 g/sm3. SHishasimon yaltiroq, rangsiz, oq, chizig‘ining rangi oq, tiniq, ulanishi mukammal. Monoklin singoniyali, juda murt, mazasi bir oz achchiq. Kelib chiqishiga kura kimyoviy cho‘kindi bo‘lib, dengiz va ko‘llardan olinadi. Ishlatilishi: kimyo sanoatida soda olishda, oyna zavodlarida, buyoq ishlashda qo‘llaniladi. Bulardan tashqari sovitish ishlarida va meditsinada xom ashyo materiali sifatida muhim ahamiyatga egadir.
    6. Vivianit — 3FeO — R2O5 • 8N2O suvli fosfatlar sinfiga kiradi. Qattiqligi—1,5-2. Solishtirma og‘irligi—2,9 g/sm3. SHishasimon va sadafsimon yaltiroq. Rangsiz, havo rang, to‘q yashil, to‘q ko‘k. CHizig‘i rangsiz. Oksidlanganida esa ko‘k qung‘ir tiniq. Ulanishi o‘ta mukammal. Monoklin singoniyali, murt mine­ral, xlorid va nitrat kislotalarda yaxshi eriydi. Ke­lib chiqishiga ko‘ra organik moddali jinslarda: torf, dengiz va ko‘llarda qo‘ng‘ir temir toshlar, ya’ni limonitlar orasida hosil bo‘ladi. Ishlatilishi: qishloq xo‘jaligida fosforli ug‘it sifatida, buyoqchilikda ko‘k buyoq olishda foydalaniladi.
    7. Hind selitrasi — kaliyli selitra – KNO3(K2O—46,5%, N205—53,5%) nitratlar kenja sin­figa mansub. Qattiqligi—2. Solishtirma og‘irligi — 2 g/sm3, shishasimon, shoyisimon yaltiroq. Rangsiz, oq kulrang, chizig‘ining rangi oq, ulanishi mukammal yaxshi. Romboedr singoniyali, murt mineral, mazasi bir oz sho‘r. Kelib chiqishiga ko‘ra asosan quruq va issiq oblastlarda azotli organik qoldiqlar — qush, hayvonlar chirindisidan va azotli bakteriyalardan hosil bo‘ladi va ular qadimgi shaharlar o‘rnidagi tuproqlarda va ungurlarda uchraydi. Bundan tashqari, selitralar magmatik jarayonlardan ham kelib chiqadi. Ishlatilishi: kaliy va natriyli selitralar qishloq xo‘jaligida azot o‘g‘itlari sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari oyna sanoatida, oziq-ovqat sanoatida — go‘sht, baliqlarni konservalashda va har xil portlovchi moddalarni tayyorlashda qo‘llaniladi.
    8. Silvin — KS1, galoidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi—1,5-2. SHishasimon yaltiroq. Rangsiz, qizil, pushti rangli, chizig‘ining rangi oq, ulanishi o‘rta mukammal. Romboedr singoniyali. Murt mineral, maza­si achchiq, sho‘r, achituvchi va suvda yaxshi eriydi. Kelib chiqishiga ko‘ra galitga o‘xshaydi, kimyoviy cho‘kindi. Ishlatilishi: silvin kaliy ug‘iti bo‘lib, asosan qish­loq xo‘jaligida qo‘llaniladi.
    9. Oltingugurt — S. Sof elementlar sinfiga xos. Qittiqligi 2—1. Solishtirma og‘irligi —2 g/sm3, moysimon yaltiroq, rangi och sariq, qo‘ng‘ir, sarg‘ish kulrang, qora chiziq bermaydi, ulanishi o‘rtacha, romboedr singoniyali. Oltingugurt murt, tez yonadi va o‘zidan bug‘uvchi gaz chiqaradi. Kislotalarda erimaydi. Kelib chiqishiga ko‘ra oltingugurt vulkan jarayonida er ostidan chiqadigan bug‘lar va NS1 kislotasining vulkan kraterida yigilishidan hamda organik moddalari asosan ko‘p bo‘lgan gips (ganch — Sa S04 + 2N20) ning kimyoviy nurashidan (sof oltingugurtlar) paydo bo‘ladi. Bulardan tashqari oltingugurtli minerallardan, asosan piritning oksidlanishidan va mikroorganizmlardan, oltingugurtli bakteriyalardan ham paydo bo‘ladi. Ishlatilishi: oltingugurt kislotasini olishda, rezina sanoatida, oziq-ovqat (qand-lavlagi) va kimyo sanoatlarida katta ahamiyatga ega.
    10.
    Download 165 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 165 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Minerallar klassifikatsiyasi sulfatlar, karbonatlar

    Download 165 Kb.