|
Mavzu: Minerallar klassifikatsiyasi sulfatlar, karbonatlar
|
bet | 12/15 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 54,04 Kb. | | #153380 |
Bog'liq Mavzu Minerallar klassifikatsiyasi sulfatlar, karbonatlar-fayllar.org. SHeelit—(Sa WO4), volframatlar sinfiga kiradi. Qattiqligi—4—4,5 solishtirma og‘irligi —5,9—6,2 g/sm3. Moysimon va olmossimoi yaltiroq, rangi oq, kulrang, qizg‘ish. CHizig‘ining rangi oq. Og‘ir mineral, ulanish yuzasi mukammal, tetrogonal singoniyali. SHeelit mo‘rt, noto‘g‘ri yuzali siniqlar hosil qiladi. Xlorit va nitrat kislotalarda parchalanadi. SHeelit pnevmotolit jarayondagi tomirlarda flyuorit, volframit bilan birga hosil bo‘ladi. Asosan esa nordon intruziv jinslar bilan ohaktoshlar metasomatik tog‘ jinslar kontaktida skarnlarda hosil bo‘ladi. Ishlatilishi: 90% volfram qora metal-lurgiyada po‘lat olishda ishlatiladi.
34. Arsenopirit — FeAsS, sulfidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —5—5,6, solishtirma og‘irligi — 5,9—6,2 g/sm3. Metallsimon yaltiroq. Rangi kulrang, kumushga o‘xshash oq, chizig‘ining rangi och kulrang, qora, ulanish yuzasi mukammal. Monoklin singoniyali. Arsenopirit mo‘rt. Mineral bolg‘a bilan o‘rilsa, sarimsoq hidiga o‘xshash badbo‘y hid beradi. Kelib chiqishi: pnevmotolit jarayonlarda, greyzenlarda, issiq suv eritmalaridan kvars tomirlarida hosil bo‘ladi. Arsenopirit asosan margumush rudasi bo‘lib, u qishloq xo‘jaligida zararkunandalarga qarshi kurashda, meditsinada, oyna sanoatida, bo‘yoq tayyorlashda qo‘llaniladi.
35. Gematit yoki temir yaltirog‘i — Fe2O3, oksidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi—5,5—6, solishtirma og‘irligi—4,9—5,3 g/sm3. Metallsimon yaltiroq. Rangi po‘latga o‘xshash kulrang, temirga o‘xshash qora, chizig‘ining rangi olchasimon qizil. Tiniq emas, ulanish yuzasi yaxshi rivojlangan. Trigonal singoniyali. Gematit mo‘rt, kislotalar kuchsiz ta’sir etadi. Kontaktlarda — chiqindi jinslar magmatik jinslar bilan yopishgan joyida, metamorfizm jarayonida magma sovishi natijasida paydo bo‘ladi. Temirli minerallarning kimyoviy nurashi oqibatida ham paydo bo‘lishi mumkin. Gematit temir olishda asosiy xom ashyolardan biridir.
36. Magnetit — FeO • Fe2Oz, oksidlar sinfiga xos, qattiqligi —5,5—6, solishtirma og‘irligi —4,9— 5,2 g/sm3. Metallsimon yaltiroq. Rangi temirga o‘xshash ko‘ra, chizig‘ining rangi qora; tipik emas. Magnitli, ulanish yuzasi rivojlanmagan. Kub singoniyali. Magnetit mo‘rt, chig‘anoqqa o‘xshash sinish hosil qiladi. Mineraldan tayyorlangan kukun xlorid, nitrat kislotalarda eriydi. Kelib chiqishi: magnetit metamorfizm natijasinda, asosli va o‘ta asosli magmatik tog‘ jinslari bilan birga hosil bo‘lib gabbro, piroksenit orasida uchraydi. Ko‘pchilik magnetitlar magmatik jinslarning cho‘kindi jinslar kontaktida va metamorfizm natijasida hosil bo‘ladi. Magnetit temir rudasi olishda eng muhim xom ashyo hisoblanadi.
37.
|
| |