1.Avtomobil dvigateli haqida umumiy ma’lumot. 2.Dvigatelning nazorat ko’rigi.
3.Dvigatelni diagnostikalash.
1-Reja: Dvigatellarning barcha tavsiflarini sinash stendida
olish vaqtida berilgan
turg‘un rejim uchun quyidagi qiymatlar o‘lchanadi va maxsus bayonnomalarga yoziladi:
— burovchi m oment — A/e yoki tormozlash kuchi — Л; — tirsakli valning r(sek) vaqt ichidagi aylanishlar chastotasi yoki minutiga aylanishlar chastotasi — A az; — г (sek) vaqt ichida sarflangan yonilg‘i va havoning miqdori AG>0, Vh va AU,; — tashqi havoning, dvigatelga kirayotgan va
undan chiqayotgan suyuqlikning, dvigatel moyining, chiqarish quvuridagi ishlatilgan gazlaming haroratlari °C(Zh, /к, /Ch, tm va zr); — tashqi muhitning, moy
magistralidagi moyning bosimi, kiritish quvuridagi siyraklanish (/> o , pm va A/?*,); — yonishni yoki yonilg‘ini purkay boshlashni ilgarilash burchaklari (6P, фУо) va boshqalar.
2-Reja: Dvigatelning tashqi tezlik tavsifi deb, aylanishlar chastotasi n ga bogMiq bo‘lgan effektiv quw at Ne,
effektiv burovchi moment M , yonilg‘ining soatli sarfi Gy„ va effektiv solishtirm a sarfi ge ning egri chiziqlariga aytiladi. Bunday tavsif karburatorli dvigatellarda drossel zaslonka to ‘la ochiq yoki dizelda yonilg‘i nasosining reykasi eng ko‘p yonilg‘i berish holatida bo‘lganda olinadi. Tavsif olinayotgan paytda dvigatelning boshqa ko‘rsatkichlarini ham yozib borish maqsadga muvofiqdir, chunki bu ko‘rsatkichlar orqali yuqoridagi param etrlarning kechish xususiyatini tushuntirish mumkin. Tashqi tezlik tavsiflarini olish shartlari: har bir dvigatel uchun tirsakli val aylanishlar chastotasining quyi chegarasi Aim in bo‘ladi. Bunday aylanishlar chastotasida dvigatel barcha yuklamalarda turg‘un ishlaydi. Lekin biror sababga ko‘ra aylanish chastotasi Aimin dan kichik bo‘lib qolsa, dvigatel noturg‘un ishlaydi
(yuklamani qabul qila olmaydi) va to ‘xtab qoladi. Bunga asosiy sabab to ‘ldirish koeffitsiyentining keskin
pasayib ketishi va natijada, yonish jarayonini turg‘un hosil qilib bo‘lmasligidir.
3-Reja: Dvigatelning yuklama tavsifi deb o ‘zgarmas aylanishlar chastotasida (n =
const) yonilg‘ining soatli va effektiv solishtirma sarflarining yuklamaga bog‘liqlik Gyo,
g^ — f (M) grafigiga aytiladi. Yuqorida aytganimizdek, yuklamani o ‘zgartirish uchun
drossel-to‘smaqopqoq yoki reyka boshqa holatga qo‘yiladi.
Yuklama tavsifini olish
dvigatel maqbul qizdirilgandan so‘ng, ya’ni suv va moyning harorati 80...85°C ga
yetganda boshlanadi. Buning uchun dvigatelning aylanishlar chastotasini n = 0,5 • «„cm
qilib tanlanadi va shu chastotada dvigatelga to ‘la yuklama beriladi hamda shu rejimda
yondirishni ilgarilatish burchagining optimal qiymati tanlanadi. Shundan so‘ng
dvigatelning ko‘rsatkichlari bayonnomaga yoziladi (A, G>, n va h.k.). Drossel-
to‘smaqopqoqning 4...5 holatida dvigatelning ko‘rsatkichlari
qaytadan yoziladi va
yuqorida keltirilgan formulalar orqali yonilg‘ining soatli va effektiv solishtirma sarfi
hisoblab topiladi. Agar dvigatelning tashqi va qismiy tezlik tavsiflari m a’lum bo‘lsa,
ular orqali ham yuklama tavsifini qurish mumkin. Buning uchun m a’lum aylanishlar
chastotasida tezlik tavsiflarini biror tik chiziq bilan kesiladi
va kesishish nuqtasidagi
ma’lumotlardan foydalaniladi.