|
Mavzu: Oltin vodiy mavzusida manzara ishlash
|
bet | 11/13 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 21,87 Mb. | | #236248 |
Bog'liq ГулшанX U L O S A
O`zbekistonda yangi ma`naviy-g’oyaviy yo`nalishlarning shakllanishi natijasida, zamonaviy san`atning barcha turlariga samarali ta`sir etmoqda, ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtirmoqda. Tasviriy san`at, xususan, uning natyurmort janrida yaratilgan asarlarda yangi g’oyaviy-mafkuraviy muxit ta`siri, milliy hamda tarixiy mavzular ustivorligi o`z aksini topmoqda va zamonaviy talablarga javob bera oladigan asarlar yaratilmoqda. Bularning barchasi yurtimiz kelajagi bo`lgan yoshlarni ma`naviy jihatdan tarbiyalashda asosiy vositalardan biri sifatida e`tirof etish kerak.
Rangtasvirda natyurmort janrida yaratilgan asarlar ranglar yordamida yaratiladi. Rassom ranglar orqali buyumlar dunyosini, ularni ranglarini o`zaro mutanosibligini, uning moddiy mohiyatini, go`zalligini aks ettirish bilan birgalikda, o`zini buyumlar dunyosiga bo`lgan his-tuyg’ularini xilma-xil ko`rinishlarda ifodalaydi. Rassomning asosiy vazifasi o`zi in`ikos etayotgan narsalarni ranglar yordamida aks ettirishdir. Rang orqali o`z fikr va tuyg’ularining ifodalash, u o`z asari orqali xilma-xil bo`yoqlar vositasida ranglar mutanosibligi va hamohangligini ifoda ettirishga intiladi.
Mustaqillikka erishganimizdan so`ng respublikamizda boshqa sohalar singari tasviriy san`atga ham alohida e`tibor qaratilmoqda. Tasviriy san`at inson ma`naviyatining tarbiyalashda katta ahamiyatiga ega. U inson hayotini mazmunli qiladi, ma`naviy jihatdan boyitadi. Chunki tasviriy san`at insonni go`zallikka bo`lgan ehtiyojlarini qondirish barobarida, uning his-tuyg’ularini uyg’otadi, ijodiy qobilyatini rivojlantiradi, ezgulik sari etaklaydi. Buning natijasida insonning ma`naviy o`sishiga sharoit yaratadi, ijtimoiy va shaxsiy hayotida eng murakkab muammolarni hal etishga yordam beradi, har bir kishi hayotda o`z o`rnini topishiga ham ko`maklashadi. Buning uchun tasviriy san`atni tushunish, u bilan oshno bo`lish lozim.
Bugungi kunda ijodkor rassomlar oldida turgan muxim vazifalardan biri xalqimiz tarixi, madaniyatini taraqqiyotini keng va puxta o`rganib, zamonaviy tasviriy san`atning yuksak talablariga to`la javob bera oladigan munosib asarlar yaratishdan iborat hisoblanadi.
|
| |