|
Mavzu: Ona tilidan takrorlash darslarini tashkil etish metodikasi. Reja: Kirish
|
bet | 11/12 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 223,02 Kb. | | #114504 |
Bog'liq kurs ishi takrorlashga oid...VII. “Klaster” o‘yini O‘quvchilar olmosh haqida bilganlarini plakatga yozadilar Kim ko‘p ma’lumot bera beradi? (Misollar yordamida) Xato berilgan ma’lumotni sezgan va to‘g’irlagan o‘quvchining guruhiga ball qo‘shiladi. 5. Baholash. Toplagan ballar hisoblanib g’olib aniqlanadi. Shuningdek har bir guruhdagi eng faol va sust o‘quvchilar alohida baholanadi. 6. Uyga topshiriq. O‘tilganlarni takrorlash va bo‘shliqlar ustida ishlash. Qo‘shimchalar tasniflangan jadvallar tuzish, shuningdek, shakldosh qo‘shimchalar jadvalini yaratish. “Do‘st bilan obod uying’ mavzusida matn yaratish.
Darsni xulosalarkanmiz, shuni aytishimiz mumkinki, zamonaviy darsga bo‘lgan talab, o‘quvchi ongi va qiziqishlarining kengayishi, talabning ortib borishi bizni yanada faollikka, tirishqoqlikka, izlanuvchanlikka chorlaydi. Hozirda o‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchini chuqur va puxta bilim bilan qurollantirish, tushunish, o‘zlashtirish orqalishaxsning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, ularda bilim olish ehtiyojini tarbiyalash. Shaxsning to‘laqonli kamol topishi uchun, kelajakning ishonchli, mustahkam poydevori qilib shakllantirish bizning barcha faoliyatimizning bosh asosi bo‘lmish bir soatlik darsga bog’liq. Zero, “Sifatsiz o‘tilgan bir soatlik dars-kelajakka qilingan xiyonatdir”.
Ushbu dars ishlanmasidagi interfaol metodlar o‘quvchida zukkolik, tirishqoqlik, chaqqon va aniq harakat qilish, bilimlarni puxta egallash ko‘nikmalarini hosil qiladi Mavzunu tabaqalashtirish (guruhlash), modullarga bo‘lib o‘rgatish, o‘quvchilar hamkorligidagi darsni tashkil qilish, mustaqil kichik tadqiqotlarga yo‘naltirish bilim samaradorligiga olib kelishi aniqdir.
Xulosa.
Ushbu kurs ishida akademik litsey va umumta’lim maktablarida takrorlash darslarini tashkil qilish bo‘yicha innovatsion texnologiya tushunchasi va unga berilgan ta’riflar, olimlarning qarashlari, innovatsion pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, ko‘rinishlari haqida, shunigdek, pedagogik texnologiyani ta’lim jarayonida qo‘llash xususida to‘xtaldik. Takrorlash darslari o‘tilgan mavzularni mustahkamlash uchun zarur o‘quv jarayoni sifatida amalga oshiriladi. Amaliyotlar, tahlil va xulosalar shunga olib keladiki, o‘quv mashg‘ulotlari, shuningdek, tarbiyaviy jarayonning bir xilda takrorlanishi o‘quvchilarda loqaydlik, bilim olishga nisbatan mas`uliyatsizlik kayfiyatini hosil qiladi. Ayni vaqtda bunday holatning oldini olishning eng samarali yo‘li sifatida ta’lim muassalari faoliyatiga ilg‘or pedagogik texnoligiyalarni izchil va maqsadga muvofiq ravishda tadbiq etish e`tirof etilmoqda. Ammo barcha ta’lim muassasalarida pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayoniga to‘liq tadbiq etilgan, kutilgan natijalarga erishilmoqda, deya olmaymiz. Buning bir qator sabablari mavjud. Bu xususida yuqorida to‘xtalib o‘tdik. Shuni alohida qayd etib o‘tmoqchimanki, texnologik yondashuv asosida pedagogik faoliyatni tashkil etish individual va ijodiy xususiyatga ega. Shu bois ta’lim va tarbiya jarayonini yo‘lga qo‘yishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish har bir pedagogning shaxsiy, imkoniyatlari, kasbiy mahorati, ijodkorlik layoqati darajasiga bog‘liq. Shu bilan bir qatorda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga samarali tadbiq ertish uchun zaruriy shart-sharoitlarning yaratilishi lozimligini ham yodda tutish lozim. Umuman, xulosa qilib shuni aytish mumkinki, takrorlash darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalar o‘quvchi faolligini oshirishga xizmat qiluvchi, erkin, ijodiy muhitni yaratuvchi, ta’lim samaradorligini kafolatlovchi, mahoratli o‘qituvchi tomonidan ishlab chiqiladigan pedagogik tizim loyihasidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
«Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi». (5 – 9 sinflar), – T.: -2010
Mahmudov N. «Tilimizning tilla sandig‘i». – T: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012.
Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017.
“Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли фармони.
“Алишер Навоий номидаги Тошкент Давлат ўзбек тили ва адабиёти университетини ташкил этиш тўғрисида”. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2016-йил 13-майдаги ПФ-4797-сонли фармони.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори “Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора – тадбирлари” тўғрисида (Халқ сўзи 2017 йил, 21 апрель).
Bobokalonov R, Ne’matova G.«Ona tili o‘qitishning yangi texnologiyasi haqida». — T.: 1998.
Mahmudov N., va boshq. «Ona tili» 5-sinf. – T.: «Ma’naviyat», 2011. 10
Mahmudov N., va boshq. «Ona tili» 6-sinf. – T.: «Ma’naviyat», 2011. 1
Nazarova S. «O‘zbek tili o‘qitish metodikasi» (O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi talabalar uchun qo‘llanma sifatida tavsiya etgan). «O‘qituvchi», 1992.
Omilxonova M. «Maktabda sodda gap sintaksisini o‘rgatish».– Toshkent: O‘qituvchi, 1977.
Omilxonova M. «Maktabda ona tili sintaksisini o‘rganish». – Toshkent: O‘qituvchi, 1991. 26.
.Ona tili va adabiyot fanini o‘qitish samaradorligini oshirishning dolzarb vazifalari. Respublika ilmiy-uslubiy anjumani tezislari. Guliston-2002.
Po‘latov A. Maktabda holni o‘rganish. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. –T: “O‘qituvchi”, 1978.
To‘xliev B., Shamsieva M., Ziyodova T. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. Alisher Navoiy nomidag i O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. – T.: 2010.
Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. M.G.Davletshin,
Sh.Do‘stmuhamedova, M.Mavlonov, S.To‘ychieva. –T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2004. –129 b.
Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. Qo‘llanma. –T.: O‘qituvchi, 2004. –104 b.
Yusupova Sh. O‘qituvchi kitobi. Akademik litseylarning o‘qituvchilari uchun. «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» darsligidan uslubiy qo‘llanma. –T.: Yangi asr avlodi, 2003. –224 b.
G‘ulomov A., Qodirov M., Ona tili o‘qitish metodikasi. “Universitet” nashriyoti.T. 2001.
Ziyodova T. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish. Ona tili o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma. –T.: O‘qituvchi, 2001. –80 b.
|
| |