|
Mavzu-2. Informatika ta’limi jarayonida innovasion pedagogik faoliyatni amalga oshirish metodikasi
|
bet | 9/13 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 38,11 Kb. | | #149645 |
Bog'liq Loyiha 1.2 va 1.1 mavzularMavzu-2. Informatika ta’limi jarayonida innovasion pedagogik faoliyatni amalga oshirish metodikasi.
Reja:
1.Informatika ta’limi arayonida informatika o’qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati
2. Informatika o’qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorgarligini shakllantirish vositalari.
3.
Tayanch so`z va iboralar:
innovatsiya, pedagogik innovatsiya, pedagogik innovatsiyaning muhim belgilari, pedagogik innovatsiya imkoniyatlari, pedagogik innovatsiyaning rivojlanish jarayoni bosqichlari, innovatsiya, pedagogik innovatsiya, pedagogik innovatsiyalarni hayotga tadbiq etishning tashkiliy asoslari, pedagogik innovatsiyadan foydalanishga uslubiy tavsiyalar, pedagogik innovatsiyalarni joriy etishda bo’lajak o’qituvchilarda shakllanadigan innovatsion xislatlar. Virtual ta’lim muxiti, virtual borliq, immersivlik, interfaollik,3Dtexnologiyalar, simulyatorlar.
Informatika ta’limi jarayonida informatika o’qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati
Mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi ta’lim-tarbiya sohasidagi sifat o’zgarishlari va yuqori samaradorlikka ularning jahon ta’lim talablari bilan mosligi va amaliy hayotdagi o’rnini qay darajada topayotganligiga bog’liq. Ta’lim-tarbiyadagi sifat o’zgarishlari va yuqori samaradorlik esa mazkur sohaga ijobiy yangilik kiritish bilan belgilanadi. Bunday yangilikni kiritish jarayoni innovatsion jarayon bo’lib, ilg’or pedpgogik texnologiyalarni joriy qilib, ta’limda sifat va samaradorlikka erishishdan iborat bo’ladi.
Pedagogik innovatsiya - bo’lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo’lib, u oldingi egallangan bilimlar asosidi ta’limda sifatiy o’zgarishlar qilib, yuqori samadorlikka erishishga yangicha yondashuv qilishdan iboratdir.
Bunday pedagogik innovatsiya deganda pedagogik tizimning maqsadi, mazmun-mohiyati, belgilarini, imkoniyatlarini, vazifalarini, rivojlanish bosqichlari va tamoyillarining rivojlanish mexanizmlarini va ulardan foydalanishga uslubiy tavsiyalar hamda bu borada bo’lajak mutaxassislarda shakllanadigan xislatlarni hosil qilish jarayonini ifodalovchi ta’lim-tarbiya jarayonining sifat jihatlarini takomillashtirib, bu sohada yuqori samaradorlikka erishishni tushunish mumkin.
Endi yuqorida ifodalangan ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan takomillashtirib, yuqori darajadagi samaradorlikka erishtiruvchi holatlar haqida qisqacha ma’lumotlar beramiz.
|
| |