|
Pedagogik innovatsiyalar maqsadi, mazmun-mohiyati
|
bet | 10/13 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 38,11 Kb. | | #149645 |
Bog'liq Loyiha 1.2 va 1.1 mavzularPedagogik innovatsiyalar maqsadi, mazmun-mohiyati:
Maqsad: Ta’lim-tarbiya tizimiga sezilarli samaralar beruvchi yangilik kiritish: yangi kontseptsiyalar Davlat Ta’lim Standarti, alьternativ o’quv reja va dasturlari, o’qitishning axborotli texnologiyalarini joriy etishning davlat dasturlari, jahon “Internet” tarmog’iga chiqish va masofaviy ta’limni joriy etish bo’yicha davlat rejasi va dasturi, shuningdek hozirgi zamon talablari asosidagi yangi o’quv muassasalari va shu kabi yo’nalishlarni yanada jonlashtirish.
Mazmun-mohiyati:
o’quv materiallaridagi bayon qilinadigan ma’lumotlarni axborot ko’rinishiga keltirish va ularda uzviylik hamda izchillikni saqlab qolish;
o’quv materiallarini o’zaro bog’liq bo’lgan modul bloklari shaklida ifodalashga erishish;
o’quv materiallarini o’rganishga “Kompleks yondashuv” nomli tadqiqot usulidan foydalanishga erishish va undan muammoli hamda dasturiy ta’lim metodlaridan foydalanish;
ta’lim-tarbiya jarayonida axborot muhitini yaratish borasida o’rganilayotgan sohaning axborotli ta’minotini yaratishga eritish;
didaktik o’yin(shu jumladan kompyuterli o’yinlar va trenejerlar) orqali turli voqea va hodisalardagi jarayonlar kechishini ifodalovchi masalalar (muammolar)ni yechish;
bu yo’nalishdagi ijodiy izlanishlarni olib borishda ”Ta’lim-fan-amaliyot hamda nazariya bilan amaliyot uyg’unligiga e’tibor berish;
innovatsion usullar qo’llangan holatdagi yutuq va kamchiliklarni baholab borishga erishish va kerakli joylarda tegishli tuzatishlar kirita olinishi lozim va shu kabilar.
Pedagogik innovatsiyaning muhim belgilari:
- ta’lim-tarbiya jarayonini oldindan mavjud manbalarini hisobga olgan holda va fan-texnikaning eng so’ngi Mavzuga(fanga) mos yutuqlarini e’tiborga olib, ta’lim jarayonini loyihalashtirish va uning natijalarini prognoz(bashorat) qila olish;
- ta’lim-tarbiya jarayoniga “tizimiy yondashuv” tadqiqot usulini qo’llashda, qaralayotgan tizimining elementlari va qism tizimlari orasidagi bog’lanishlarni e’tiborga olish va bular asosida talabalarning o’qish-bilish faoliyatini tasvirlaydigan ta’lim-tarbiya jarayoni rejasini tuzish;
- ta’lim-tarbiyada maqsad aniq bo’lishi, uning diagnostikasi(tashhisi) va pronozi(bashorati) hamda talabaning o’zlashtirishi sifatini xolis baholash mezoni bo’lishi kerak;
- ta’lim tizimi tuzilishi, tarkibi, mazmuni bir butun yaxlit bo’lib, ularning o’zaro bog’liqligi, bir-birini bosqichma-bosqich to’ldirilib borilishi ta’minlangan bo’lishi kerak;
- ta’lim va tarbiyada olib boriladigan faoliyatning optimal variantlarini ta’minlay olish lozim;
- ta’lim-tarbiya jarayonining texnik va informatsion ta’minoti yetarli bo’lishi lozim;
- yaratilgan pedagogik innovatsiya(PI)ni talabalarning ilmiy-uslubiy salohiyatini hisobga olgan holda o’qitish;
- ta’lim sifatiga e’tibor bergan holda shakllantiruvchi va yakuniy nazoratlar olish;
- rejalashtirilgan joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o’tkazish va uning chuqur tahliliga erishish orqali talabalar o’zlashtirish monitoringi ko’rsatkichini doimo e’lon qilib borish;
- ta’lim-tarbiya samaradorligini aniqlash mezoni bo’yicha yakuniy nazorat va amaliyotga joriy etish bo’yicha uslubiy tavsiyalar berish.
|
| |