|
Pedagogik innovatsiya imkoniyatlari
|
bet | 11/13 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 38,11 Kb. | | #149645 |
Bog'liq Loyiha 1.2 va 1.1 mavzularPedagogik innovatsiya imkoniyatlari:
- “Fan – ta’lim - amaliyot” uzviyligini ta’minlaydi;
- Pedagogik innovatsiyaning maqsadi, mazmun-mohiyati, muhim belgilari, ularning uslubiy va axborotli ta’minotlari hamda imkoniyatlari bo’yicha batafsil ma’lumot berishga asoslar yetarli bo’ladi;
- Pedagogik innovatsiyadan foydalanishda o’rganiladigan manba (mavzu, fan, tarbiya yo’nalishlari va hakozo)ga qarab uni takomillashtirish yoki keraksiz qismlarini e’tiborga olmaslik mumkin;
- Pedagogik innovatsiyadan foydalanishda ozgina o’zgartirishlar kiritish orqali o’xshash manbalarni o’rganish hamda foydalanish mumkin va shu kabilar.
Pedagogik innovatsiyaning vazifalari:
- talabani “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” talablari asosidagi zamonaviy raqobatbardosh mutaxassis darajasiga yetkazishda zamonaviy ko’makchi bo’lish;
- o’qituvchi malakasini oshirish, talaba kasbiy fazilatlarini takomillashtirish yo’llarini ishlab chiqishdagi ijobiy ishlarini rivojlantirishga erishish;
- reyting, test usullaridan ta’lim-tarbiya jarayonida keng foydalanish;
- ilg’or pedagogik texnologiyalarni tahlil qilish, saralash va joriy etishga erishish hamda pedagogik samaralarini aniqlash;
- ta’lim dasturlarining invariantlarini, modifikatsiyalarini yaratish, ayniqsa elektron darsliklar hamda o’quv qo’llanmalari yaratishga erishish va ularni amaliyotga joriy etish;
- ta’lim-tarbiya jarayonining yangi axborotli va pedagogik texnologiyalarini qo’llash va unda sifat ko’rsatkichlari hamda samaradorlikni baholab borish;
- o’z mustaqil fikrini bayon qilishga sharoit yaratish va ularda tanqidiy fikrni bayon qilish imkoniyatlarini yaratish;
- “Ustoz- shogird” tizimidagi erkinliklarni rivojlantirish va shu kabilar.
Pedagogik innovatsiyaning rivojlanish jarayoni bosqichlari:
- ta’lim-tarbiyani yanada rivojlantirish va takomillashtirishning zarurligini tushunishning paydo bo’lishi va o’zida paydo bo’lgan g’oyalar asosida ta’lim-tarbiyadagimuammo yechimini rivojlantirish va loyihalashtirish hamda tajriba-sinov ishlari modellarini yaratishga kirishish;
- shakllana boshlagan g’oyalar va ular asosidagi loyihalash-rivojlantirish ishlarini qo’yilgan maqsadlar bo’yicha aniq modellashtirish, yangicha tafakkur va tajriba rejalari qabul qilinib, qo’llab-quvvatlanadi, natijada aniq yangi g’oya paydo bo’lib, uning rivojlanishi uchun muhit va sinov-tajriba maydonchalaridagi ishlar natijalari bo’yicha axborot muhiti yaratiladi va joriy etish ko’lami aniqlanadi;
- qo’llanishi kerak bo’lgan pedagogik innovatsiyaning me’yoriy hujjatlari tayyorlanadi va DTS talablariga tegishli tuzatishlar kiritiladi, keng joriy etishga tavsiyalar beriladi va shu kabilar.
Informatika o’qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorgarligini shakllantirish vositalari
|
| |