|
Pedagogik innovatsiyadan foydalanishga uslubiy tavsiyalar
|
bet | 13/13 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 38,11 Kb. | | #149645 |
Bog'liq Loyiha 1.2 va 1.1 mavzularPedagogik innovatsiyadan foydalanishga uslubiy tavsiyalar:
- ta’lim-tarbiya sohasidagi davlat me’yoriy hujjatlariga e’tibor berish;
- pedagogik innovatsiya sohasidagi ma’lumotlarni to’plash, saqlash, qayta ishlash va uzatishga tayyorlash orqali axborot holiga keltirish;
- pedagogik innovatsiyaning joriy etilishi bo’yicha axborot tizimini yaratish;
- pedagogik innovatsiya bo’yicha kompyuter tarmog’ida saydlar ochish va undan foydalanish ko’lamini kengaytirish va h.k.
Pedagogik innovatsiyalarni joriy etishda bo’lajak o’qituvchilarda shakllanadigan innovatsion xislatlar:
talabaning ijodkorligi xislati, bunga talaba o’zining intellektual qobiliyati hamda muntazam ravishda o’z ustida ishlashi orqali erishadi;
talabaning kompyuter savodxonligi va axborot madaniyati yuksakligi xislati;
talabaning yangilikni joriy etishdagi faoliyatni oxirigacha yetkaza olish xislati;
talabaning innovatsion faoliyatda ilg’or bo’lish xislati;
talaba shaxsining g’ayrat-shijoatlik xislati;
etakchi kasbiy pedagogik mahoratga ega bo’la olishlik mahorati.
Virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.
Darhaqiqat, ta`lim tizimidagi yangilanish jarayoni informatika va unga daxldor fanlarni o’ziga xos usullar bilan o’qitishni taqozo etmoqda. Zero, bo’lajak mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qathiy nazar, o’z vazifasinizamontalabidarajasidabajarishuchunaxborotgaishlovberuvchivositalarni, ularniishlatishuslubiyotinibilishivaulardaishlashko’nikmasigaega bo’lish lozim. Binobarin, tub islohatlarni amalga oshirish eng avvalo kadrlarning zamonaviy axborot texnologiyalarini qay darajada bilishlariga bog’liq bo’lib qoldi.
Prezidentimizning bu sohaga qaratayotgan ehtiborlari bejiz emas albatta. Xususan, o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda axborot texnologiyalaridan foydalanib, jahon bilan hamnafas kadrlar etib yetishtirish asosiy maqsadlardandir.
Shu jumladan, axborot texnologiyalarining dasturiy vositalarini ta`lim jarayoni, internet global tarmog’i, reklama sohasi, turizm va boshqa sohalarga qo’llagan holda qilingan ishlar sezilarli natijalarga erishilmoqda. Bu ishlar veb-sayt, virtual o’quv kurslari, virtual laboratoriya, virtual sayohatlar, elektron darslik, reklama roliklari sifatida namoyon bo’lishi mumkin.
|
| |