• Pedagogik innovatsiyani rivojlantirish mexanizmlari
  • Pedagogik innovatsiyalarni hayotga tadbiq etishning tashkiliy asoslari
  • Pedagogik innovatsiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi




    Download 38,11 Kb.
    bet12/13
    Sana31.01.2024
    Hajmi38,11 Kb.
    #149645
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Loyiha 1.2 va 1.1 mavzular

    Pedagogik innovatsiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
    - ta’lim – tarbiyaning yagona tizimdan iborat ekanligi, undagi uzluksiz ta’lim tizimi va tarkibining yaxlitligi, birligi hamda bir-biri bilan uzviy bog’langanligi;
    - ta’lim-tarbiya jarayonini olib borishda optimal variantlarni topishga erishish;
    - zamonaviylik, yaьni ta’lim-tarbiya uslubiyatini zamonaviy fan-texnika yutuqlari bilan boyitib borish;
    - ilmiylik, yani ta’lim-tarbiya tizimini muntazam ravishda rivojlantirib borish maqsadida uzluksiz ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borish;
    - moddiy-texnika bazani zamon talabi asosida yaratish, pedagogik jarayonda axborotlashtirish muhitiga e’tibor berish;
    - axborot texnologiyalari va texnikalaridan foydalanish samaradorligini oshiruvchi elektron darslik va o’quv qo’llanmalarini ishlab chiqish, shuningdek masofaviy ta’lim va “Internet” dan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
    - talabalar bilimini baholashni avtomatlashtirish hamda bilim monitoringini muntazam ravishda nazorat qilib borish va shu kabilar.
    Pedagogik innovatsiyani rivojlantirish mexanizmlari:
    - ta’lim muassasasida ijodiy muhit yaratish, bu boradagi tadbirkorlik va tashabbuskorlikni qo’llab-quvvatlash;
    - ta’lim innovatsiyalari bo’yicha olib borilayotgan izlanishlarga shart-sharoitlar yaratish va ularning ommaviy tadbig’iga ko’maklashish;
    - ilmiy – izlanuvchanlikni rag’batlantirish, tanlovlar o’tkazish hamda ularni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash;
    - istiqbolli ishlanmalarni, samarali ta’lim uslublari, shakllari, yo’llarini uzluksiz ta’lim tizimiga kiritishga ko’maklashish, yangiliklarni muvofiqlashtirish va to’plash va shu kabilar.
    Pedagogik innovatsiyalarni hayotga tadbiq etishning tashkiliy asoslari:
    - pedagogik innovatsiyalarni yig’ishda innovatsiyalar bo’yicha aniq ma’lumotlar bazasini tashkil qilish va ta’lim-tarbiya sohasining me’yoriy hujjatlari bo’yicha ma’lumotlar omborini yaratiladi;
    - pedagogik innovatsiyani tanlashda quyidagtlarga e’tibor beriladi: pedagogik innovatsiyaning pedagogik samaradorligini muntazam ravishda o’rganib, tahlil qilib borish; pedagogik innovatsiya bo’yicha tajriba-sinov ishlarini tahlil qilib borish, umumlashtirish. Ommalashtirishlar bo’yicha tavsiyalar tayyorlash;
    - pedagogik innovatsiyani joriy qilishda uni joriy etish jarayonini muntazam ravishda kuzatib borish, pedagogik innovatsiyaning rivojlanish mexanizmlariga alohida e’tibor berish va shu kabilar.

    Download 38,11 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 38,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik innovatsiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi

    Download 38,11 Kb.