|
III.BOB. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR – DARS SAMARADORLIGINING MUHIM OMILI SIFATIDA
|
bet | 13/18 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #259314 |
Bog'liq JADIDLARIII.BOB. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR – DARS SAMARADORLIGINING MUHIM OMILI SIFATIDA
3.1. O’qituvchining dars jarayonlarida pedagogic texnologiyasi
Mamlakatimiz kelajagi bugun maktablarda ta’lim-tarbiya olayotgan farzandlarimizga , ularning har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo’lib yetishlariga bog’liq. Bu mas’uliyatli vazifani bajarish hozirgi zamon o’qituvchisi, ayniqsa, boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan o’z kasbiy mahoratlarini oshirib borish, ilg’or pedagogik texnologiyalar mohiyatini anglash va ulardan o’z darslarida unumli foydalanishni taqozo etadi. Ta’lim jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni faol qo’llash, ta’lim sifat samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarni o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri an’anaviy ta’limda o’quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga,mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi.
O’qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi , bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun malakali boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlashda zamonaviy o’qitish metodlari, innovatsion,pedagogik va axborot texnologiyalarning o’rni va ahamiyati benihoya kattadir. Innovatsiya (ingl.innovation-kiritilgan yangilik,ixtiro)-yangilanishni, o’zgarishni amalda joriy etish jarayoni va faoliyati. Ilmiy texnika yutuqlari va ilg’or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqaruv va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va doiralarda qo’llanishini aks ettiradi.
Amaliyotda “pedagogik texnologiya”, “ta’limiy texnologiya” va “ta’lim berish texnologiyasi” kabi atamalarning keng qo’llanishi kuzatilmoqda. Avvalambor, aniq ifodani berish, ularni nima birlashtirishi, nima ajratib turishini tushunish uchun,”texnologiya” va uning kelib chiquvchilari:”texnologik jarayon”,”texnologik harakat”, “texnologik xarita”, “texnologik tartib” tushunchalarining mohiyatini aniqlash lozim. “Texnologiya” yunoncha so’zdan kelib chiqqan bo’lib, “techne”-mahorat, san’at, malaka va “logos”-so’z, ta’limot ma’nolarini anglatadi.
Ta’lim texnologiyasi: mavjud sharoit va belgilangan vaqtda muayyan ta’limiy maqsad va ko’zlanayotgan natijalarga kafolatli erishishni vositali ta’minlovchi,muloqot, axborot va boshqaruvning eng qulay yo’l hamda o’qitish vositalarining tartibli yig’indisi (ta’lim berish texnologiyasining jarayonbayonli jihati); bu yuzaga kelgan ta’limiy jarayon subyektlarining hamkoriy harakatlari, haqiqiy jarayon (ta’lim berish texnologiyasining amaliy jarayoni)tartibi. “Pedagogik texnologiya”-pedagogik hodisa va ta’limni texnologiyalashtirish sohasida qo’llaniladigan tushuncha. Pedgogik texnologiyaning YUNESKO tomonidan ma’qullangan ta’rifi:
Pedagogik texnologiya-bu ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o’zaro ta’sirini inobatga olib, o’qitish,bilish va o’zlashtirsihning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish hamda qo’llashning tizimli metodidir. “Ta’limiy texnologiya”-“ta’lim olish shakllarini maqbullashtirishni o’z vazifalari deb biluvchi, ya’ni butun ta’lim berish jaryonini hamda texnikaviy va insoniy manbalarni hisobga olgan holda bilimlarni o’zlashtirish, ularning o’zaro harakatini yaratish,qo’llash va aniqlashning tizimli usuli”(YUNESKO).
Pedagogik tizim-shaxsning bor sifatlarini shakllantirish uchun tashkiliy, maqsadga yo’naltirilgan va pedagogik ta’sir ko’rsatishni ko’zlagan, o’zaro bog’liq vosita, usul va jarayonlarning yig’indisini ifoda qiluvchi aniq yaxlitlikdir(V.P.Bespalko bo’yicha). Fanni o’qitish uslubiyati –ta’lim tizimida mazkur o’quv fanining ahamiyati va o’rnini belgilaydi, uning vazifalarini,o’qitish mazmunini aniqlaydi, ushbu fan bo’yicha qo’llanilayotgan usul, shakl hamda o’qitish vositalari bayonini o’z ichiga oladi. Fanni o’qitish uslubiyatidan farqli texnologiya: “Qanday o’qitish kerak?” degan savolga javob bermay, balki ahamiyatli qo’shimcha bo’lgan natijaviy “Qanday o’qitish va o’quv jarayonini qanday qilib eng maqbul tashkil etish kerak?” degan savolga javob beradi; aniq sharoitlardan kelib chiqqan va ma’lum natijaga yo’nalgan aniq pedagogik g’oyaga loyihalanadi; o’z natijalarini qayta ishlab chiqarishi bilan farqlanadi; ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchiga yo’natirilgan darsning uslubiy ishlanmalaridan farqli o’laroq, ta’lim olishda ular o’z faoliyatlari hisobiga yutuq ta’minlanishiga yo’naltiriladi.
Berilgan mavzu bo’yicha ta’lim texnologiyasining tuzilishi va mazmuni:
Aniq fan va mavzu bo’yicha mashg’ulotning ta’lim modeli jadval ko’rinishida bo’lib,unda quyidagilar ko’rsatiladi: dastlabki ma’lumotlar:o’quv mavzusi,vaqti,o’quvchilar soni; shakl (yangi ma’lumot beruvchi dars, o’tilganlarni takrorlovchi dars, umumlashtiruvchi dars) va ko’rinishi(masalan, muammoli, mustaqil ishlash va boshq.), o’quv mashg’uloti rejasi(tuzilishi), uning maqsadi, o’quv faoliyatidan ko’zlanayotgan natijalar,o’qituvchining vazifalari; tanlangan ta’lim modeli:usullar, shakllar va o’qitish vositalari; ta’lim berish sharoiti: maxsus jihozlangan,guruhli shakllarda ishlashga mo’ljallangan xonalar; monitoring va baholashga asoslangan qaytar aloqaning yo’l va vositalari : nazorat turi (yozma va og’zaki), nazorat shakli(tezkor so’rov, test olish, taqdimot, o’quv topshiriqlari va boshq.)
Ilg’or pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o’quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantiradi, ularda bilimga ishtiyoq va qiziqishni yuksaltiradi,bilimlarni mustahkamlash,o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma hamda malakalarini shakllantiradi6.
|
| |