Ta`lim jarayonlarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo`yicha metodlar




Download 0,49 Mb.
bet15/18
Sana02.06.2024
Hajmi0,49 Mb.
#259314
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
JADIDLAR

3.3. Ta`lim jarayonlarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo`yicha metodlar
Bilimga bo‘lgan qiziqishning belgilari quyidagilardir
• intellektual xarakterda bo'lishi;
• ijodiy xarakterda bo'lishi. Bilimga bo‘lgan qiziqishning rivojlanish bosqichlari:,
• o'rganishga bo`lgan barqaror qiziqish. U talabalarga ta’lim berishda muhim xarakterga ega va unda bilishga bo'lgan qiziqish tashqi omillarga muhtoj hamda иreal o`quv jarayoni shart-sharoiti va usullari bilan bogliq botladi.
Bilishga bo`lgan barqaror qiziqishga quyidagilar kiradi:
• intellektual faollik (ko'rsatkichlari — savol va javob mustaqilligi, jonli faoliyatga o`z tashabbusi bilan kirishishga intilish);
• malaka va ko'nikmalardan faol foydalanish, ularningfaol aks ta’siri (bilimlar yangi bilimlami egallash metodlariga aylanadi, aksincha, bilishga boUgan qiziqish opining eng yuqori rivojlanish darajasiga ko'tariladi);
• hissiyotni namoyish qilish (nafrat, quvonch, bezovta boUish, intellektual holatdagi hissiyot);
• irodani namoyish qilish — jiddiy diqqat qilish, kuchsiz chalgish, o'quv ishlarini tugallashga intilish;
• xatti-harakatlarini erkin tanlash — oiquv mashg ulotlaridan boshqa vaqtlarda yoki bu mashgulotlami erkin tanlay olish. Talabalarning bilishga bo‘lgan qiziqishi shakllanishining muhim shartlaridan bin hissiy vaziyat, bilishga bo‘lgan ehtiyoj va ongli fikrlashni rivojlantirishni yaratish bo‘lishi ham mumkin.
Talabalarning bilish faoliyati tuzilmasiga faollik kiradi, ya’ni bu shunday ish faoliyatiki, unda bilish faoliyatini jonlantiradigan intellektual, irodaviy, hissiy jarayonlar birgalikda namoyon bo‘ladi. Jonli bilish faoliyati uchun, bilimga bo‘lgan har tomonlama, chuqur qiziqish, muayyan kuch sarf qilinishi, diqqat, belgilangan maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan aqliy va jismoniy kuchlar qaratilgan bo‘lishi lozim. Bilish faolligi individual bo‘ladi, u shaxsning tug‘ma qobiliyati emas, balki uning xatti-harakatlari jarayonida shakllanadi.
G.I. Shukina bilish mustaqilligida bilish va yangi amaliy vazifalami belgilash, uni hal qilish usulini topish qobiliyatlari bilan ajralib turadigan aslida esa mustaqil tafakkur sifatida xarakterlanadigan o‘rganishni motivatsiyalash va undan foydalanish (operasiya) birligini ta’kidlaydi.
Psixologiya va pedagogikaga oid adabiyotlarda bilish faoliyatining quyidagi tiplari farqlanadi:
• perseptiv;
• reproduktiv;
• produktiv.
Perseptiv bilish faoliyati — bu faoliyatning shunday namunasiki, unda predmet, voqea, hodisa va ular haqidagi ayrim ma’lumotlar belgilari vamazmuni og‘zaki va yozma nutq vositasida aks ettiriladi. Perseptiv faoliyat sezgidan boshlanadi va tasawurlami ifodalash bilan yakunlanadi. Reproduktiv bilish faoliyati — bu faoliyat bilimlami amaliy va ijodiy faoliyatda pirovard natijada qayta ishlab chiqish bilan bog‘langandir.
Bilish faoliyatining bu namunasi bilimlami o‘zlashtirish, ulami ijodiy ishda qo‘llash va o‘quv faoliyatining turli usullarini egallashni qamrab oladi. Produktiv bilish faoliyati — u faoliyatning shunday namunasiki, unda turli toifadagi ijodiy vazifalar hal qilinishga qaratilgan. Produktiv bilish faoliyatining turlaridan bin — evristik faoliyatdir. Evristik faoliyat talabalarning mustaqil ishlari bilan birga amalga oshiriladi. Talabalarda perseptiv, reproduktiv va produktiv bilish malaka, ko‘nikma va qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun o‘quv jarayonida ulaming har biriga xos bo‘lgan faoliyatning shakl va mazmunini tashkil etish, ulami o‘zaro bog‘lash, ulaming galma-galligini ta’minlash va ulardan yaxlitlik holida foydalanish zarur. Bilish faolligi ham, faoliyat maqsadi ham, unga erishish vositasi ham uning, natijasi sifatida qaraladi. “Bilish faolligi” tushunchasida motivatsiya, intellektual va hissiy-irodaviy komponentlar farqlanadi.
Xotima. Talabalarning bilish faoliyatini jonlantirish deganda, o‘qituvchining talabalar tomonidan bilimlami egallash, malaka va ko‘nikmalami shakllantirish, ulardan amaliyotda foydalanishga qiziqish uyg‘otish faolligini, ijodkorligini, mustaqilligini oshirish maqsadida ta’limning mazmuni, shakli va usullari, metod va vositalarini takomillashtirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. Shaxs - ta’lim sohasidagi xizmatlaming iste’molchisi va ulami amalga oshiruvchi. O‘zbekiston Respublikasi irinchi prezidenti I.A.Karimov Oliy majlisning XIV sessiyasidagi ma’ruzasida jamiyatimizni isloh qilishning va qayta qurishning ustuvor yo‘nalishlaridan bin «jamiyatning tobora ma’naviy yangilanishi» deb ko‘rsatgan edi. I.A.Karimov o‘z nutqida ma’naviyat haqida to`xtalar ekan, uning insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-e’tiqodini, irodasini mlistahkamlaydigan, ijodini uyg'otadigan qudratli botiniy kuchini e’tirof etadi. «Ma'naviyat, - deganedi IAKarimov, - bu o'zligini, owningjamiyatdagi o‘mini tobora chuqur bilishga intilishdir. Bu kishilaming siyosiy, iqtisodiy, huquqiy bilim saviyalarini oshirishdir. Kishilar, aytiiqsa yoshlar ongida mustahkam axloqiy va ruhiy tushunchalar, insonparvarlik va demokratik qadriyatlami qaror toptirishdir.» Shaxs ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida davlat tomonidan sifatli ta’lim va kasbiy tayyorgarlik olishga kafolatlangan. Shundan kelib chiqqan holda, oliy maktab oldida nafaqat bo‘lg‘usi mutaxassisning kasbiy sifatlari, balki uning shaxsiy sifatlarini shakllantirishdek bosh vazifa turadi. Bu vazifa o‘zaro aloqada va yaxlitlikda hal qilinishi hamda uning hal qilinishiga oliy maktabning barcha o‘quv-tarbiya jarayoni bag‘ishlanishi lozim.
Shuningdek, pedagogik texnologiyalar-pedagogik jarayonni yangicha qurish boshqarish tashkil etishning mexanizmidir.
Pedagogik texnologiya (PT) – shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3 –ming yillikda davlatimiz ta’lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, Ta`lim beruvchifaoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
«Texnologiya»ning fan sifatida vujudga kelishiga – XVII asrda, sanoat ishlab chiqarishini paydo bo`lishi metallurgiya, mashinasozlik, jumladan sanoat jihozlari, paroxod, parovoz, o`q otuvchi qurollarni ishlab chiqarish jadal rivojlanaboshlanishi, sabab bo`ldi. Bunday murakkab va mehnattalab mashina va jihozlarni ishlab chiqarishni, faqat texnologik jarayoni aniq ishlab chiqilgan texnologik hujjatlar asosida tashkil etish mumkin edi.
Ushbu hujjatlarda – xom ashyo, materiallar, yarim fabrikat va mahsulotlarni olish, ishlov berish, qayt aishlash yo`llari va usullarining murakkab jarayonlarini o`zaro bog’liq, ketma-ket va aniq bajariladigan harakat, operatsiyalarga bo`lib, rejalashtirilgan natijaga erishish tasvir etiladi. Bu kengaytirilgan va ommaviy ishlab chiqarishga asos bo`ladi. Bizning davrda, texnologiya deb, ma’lum ishni bajarish san’ati tushuniladi. Uni egallash uchun u aks ettirilgan texnologik hujjatlarni chuqur o`rganish taqozo etiladi. «Texnologiya»ning fan sifatida shakllanishi, texnologiyani ko`paytirish va shu asosda mutaxassislarni ommaviy tayyorlash, hamda ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatini keltirib chiqardi.

XULOSA.
Xulosa qilib aytganda, ta‘lim muassasalarida mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi murakkab va doimiy harakatdagi tizimni tashkil etadi. Bu tizimda bo‘lg‘usi o‘qituvchining texnologik tayyorgarligi alohida o ‘rin tutadi. U bo‘lg‘usi pedagogning intellektual rivojlanishi, faol o'qishi, ijodiy shaxsning rivojlanishi, tafakkuming kasbiy yo‘nalganligini idrok qilish, o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etishda tadqiqiy (ilmiy) tamoyillami amalga oshirish bilan bog‘langan. Bo‘lg‘usi pedagogning texnologik tayyorgarligi, oliy o ‘quv yurtida pedagogik texnologiyalami amalga oshirishni talab qiladi
Xulosa o'rnida shu takidlash joizki, ta'lim -tarbiya jarayonida faoliyat ko'rsatayotgan pedagog xodimlar oz ustida tinimsiz ishlashi, zomonaviy ilmfan va texnologiyalaridan samarali foydalana olishi va ularni dars jarayonlariga tadbiq eta olishi lozimki, ishonch tuyg'usi u qaysi turga mansub bo'lmasin unda insoniylik, qat'iyatlilik, o'zgalarga bo'lgan axloqiy munosabatlar, burchga sadoqat, kelajakka ishonch kabi qarashlar o'z aksini topishi tabiiy.Bu borada nemis psixologi V.Shtern: "ta'lim psixik rivojlanishning orqasidan boradi va unga moslashadi,"- degan fikrni olg'a surgan edi. Bu fikrga qarama-qarshi rus psixologi L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida ta'lim va tarbiyaning yetakchilik roli bor, degan qoidani birinchi bo'lib ilgari surdi va uni: ta'lim rivojlanishdan oldinda boradi va uni o'z orqasidan ergashtirib olib boradi, deb aniq ifodalab beradi.
Yuqorida bayon qilingan birinchi fikrga muvofiq ta'lim faqat rivojlanish tomonidan erishilgan narsalardan foydalanadi. Shuning uchun aqliy jihatdan yetilish jarayoniga aralashmaslik, unga xalaqit bermaslik, balki ta'lim uchun imkoniyat yetilguncha chidam bilan passiv kutib turish kerak.Shveysariyalik psixolog J.Piajening nazariyasi ham ayni shu g'oyalar bilan yo'g'rilgandir. J.Piajening fikricha, bolaning aqliy o'sishi o'zining ichki qonunlari asosida rivojlana borib, sifat jihatdan o'ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o'tadi. Ta'lim - bu aqliy yetilish jarayonini faqat bir qadar tezlatishga yoki sekinlashtirishga qodirdir, lekin u aqliy jihatdan yetilish jarayoniga hech qanday jiddiy ta'sir ko'rsata olmaydi. Demak, ta'lim rivojlanish qonunlariga bo'ysunishi kerak. Masalan, bolada mantiqiy tafakkur yetilmay turib, uni mantiqiy fikr yuritishga o'rgatish foydasizdir. Ta'limning turli bosqichlari bolaning tegishli psixologik imkoniyatlari pishib yetiladigan muayyan yoshidan qat'iy nazar bog'liqligi ana shundan kelib chiqadi.
O‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash – ularning ijtimoiy tajriba asosiy elementlarini o‘zlashtirishlari hisobiga, ularni katta avlod ijtimoiy munosabatlariga, munosabatlar tizimiga va ijtimoiy zarur faoliyatiga jalb etishlari jarayoni va natijasi asosida amalga oshiriladi. Kattalar va bolalar o‘zaro ijtimoiy munosabatlari va o‘zaro aloqalari, ta’sirlari har doim ularni bolalar yoki kattalar anglab yetishlaridan qat’iy nazar, tarbiyaviy yoki tarbiyalovchi hisoblanadi. Eng umumiy shakllarida bu o‘zaro munosabatlar, bolalar hayoti, sog‘ligi va ozuqalanishlarini ta’minlashga, jamiyatda ularning o‘rnini va ularning ruhiy holatini aniqlashga qaratilgan. Kattalar bolalar bilan o‘zlarining tarbiyaviy munosa-batlarini anglab yetishlari va bolalarda u yoki bu sifatlarini shakllantirish maqsadlarini o‘z oldilariga qo‘yar ekanlar, ularning munosabatlari yanada pedagogik, anglab yetilgan maqsadga yo‘naltirilgan tus oladi.
Kattalarning ijtimoiy hodisa sifatida tarbiya xususiyatlarini anglab etishlari asosida jamiyatda bolalar va jamiyat manfaatlari yo‘lida tarbiyalash qonunlaridan tushunilgan va maqsadga muvofiq foydalanishga intilish yuzaga keladi. Katta avlod tarbiyalash munosabatlari tajribalarini umumlashtirishga, ularda namoyon bo‘ladigan tendensiyalar, aloqalar, qonunlarni o‘rga-nishga, ulardan shaxsni shakllantirish maqsadlarida foydalanishga ongli ravishda murojaat etadi. Mana shu asosda pedagogika – tarbiya qonunlari to‘g‘risidagi va bolalar hayoti va faoliyatini ongli ravishda hamda maqsadga muvofiq boshqarish maqsad-larida, ulardan foydalanish to‘g‘risidagi fan yuzaga keladi.Tarbiyaviy ishlarga yangicha munosabat mustaqillik manaviyati negizi asosida hukumat qarorlarida, xalq talim tizimida isloxotlarga olimlar va ijodkor o’qitvchilarning o`z aksini topmoqda.


Download 0,49 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 0,49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta`lim jarayonlarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo`yicha metodlar

Download 0,49 Mb.