|
Ta`lim jarayonlarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish
|
bet | 14/18 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #259314 |
Bog'liq JADIDLAR3.2. Ta`lim jarayonlarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshiradigan innovatsion usuldir.
Masalan: “Har kim har kimga o’rgatadi”metodi “Har kim har kimga o’rgatadi”metodi o’quvchilarga o’rgatuvchiga aylanish,ma’lum bilimlarni o’zlashtirgch, o’rtoqlari bilan baham ko’rish imkonini beruvchi o’qitish uslubidir. Bu metodning maqsadi o’quvchilarga o’qitish jarayonida zarur bo’lgan axborot maksimumini berish,ayni paytda o’quvchida axborot olish va berishga qiziqish uyg’otishdir.
Shuningdek, axborot hajmini olgan o’quvchi ma’lum vaqt davomida iloji boricha ko’proq o’rtoqlariga yetkazadi.
Qo’llanilishi:
-o’quvchilarda axborot olish va berishga qiziqish uyg’otish;
-axborotni diqqat bilan eshitish va eslab qolishga intilishni kuchaytirish;
-eshitgan axborotni boshqalarga ham yetkazish.
Afzalligi:
-o’z fikrini qisqa va lo’nda bayon etish;
-tinglash va eslab qolish darajasini rivojlantirish;
-fanga yoki mavzuga bo’lgan qiziqish uyg’otish.
“Sinkveyn”metodi Bu metoddan foydalanganda o’qituvchi mavzuga mos bitta so’z tanlaydi va Sinkveyn tuziladi. Bunda keying so’zlar ma’nosiga qarab savol yoziladi va oxirida gap hosil qilinadi.
Quruvchilar so’ziga sinkveyn tuzishadi. Buning uchun ushbu gapda ishtirok etgan so’zlarga savollar beriladi:
1.Quruvchilar –kimlar?
2.Ko’rkam va chiroyli –qanday?
3.Bino-nima?
4.Qurdilar-nima qildilar?
5.Quruvchilar ko’rkam va chiroyli bino qurdilar.
Har bir so’z izohlanadi,savol beriladi, quruvchilik kasbi haqida ma’lumot beriladi. “Tarmoqlash”(Klaster). Qo’llanishi :
Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar, fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. ”Klaster” metodi aniq obyektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog’liq ravishda amalga oshadi. Ushbumetod muayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
“Klaster”metodini o’tkazish texnologiyasi.
1-bosqich.Nimaniki o’ylagan bo’lsangiz ,shuni qog’ozga yozing.Fikringizni sifati to’g’risida o’ylab o’tirmay, shunchaki yozib boring.
2-bosqich.Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.
3-bosqich. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to’xtamang. Agar ma’lum muddat biror-bir g’oyani o’ylay olmasangiz, u holda qog’ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g’oya tug’ilgunga qadar davom etttiring
4-bosqich. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko’proq yangi g’oyalarni ilgari surish hamda mazkur g’oyalar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik va bog’liqlikni ko’rsatishga harakat qiling. G’oyalar yig’indisining sifati va ular o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatishni cheklamang. Masalan:”O’zbekiston” so’zini quyidgicha tarmoqlarga ajratish mumkinTarmoqlash g’oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan “Klaster”metodi puxta o’ylangan shakl bo’lib, undan ta’lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, e’tiboringizga havola etilgan ilg’or pedagogik texnologiyalar mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarni erkin fikr, mustaqil harakat, o’zaro hamjihatlik, fikrlarga tayanib bahs-munozaraga kirishish,bilganlarini tahlil etish, jo’shqinlik va faol harakat qilish orqali ko’zlagan natijani qo’lga kiritish mumkinligi e’tirof etiladi.Bu kabi yutuqlarga zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali fooydalanish orqali erishish mumkin“Bilish faoliyati” tushunchasi “o‘quv faoliyati” tushunchasidan ancha keng. Bilish faoUyatining mazmuniy tomoni o‘quv dasturlariga asoslangan formal o‘qitish doirasidan chiqadi.
Bilish faoliyati inson qurollanishi uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar, shuningdek, unga zarur bo‘lgan ijtimoiy faollik va mohiyatnigina emas, balki bilimlarni mukammallashtirish, takomillashtirish ehtiyojlariga bog‘liq ravishda uni tanlay olish hamda tashkil eta olish va uni hayotga tatbiq etishni shakllantirishdir. Pedagogika nazariyasi bilish faoliyatini jonlantiiish masalasiga xilma-xil omillar majmui nuqtai nazaridan qaraydi: ijtimoiy omillar (obyektiv va subyektiv shakllarda) va subyektda muayyan ma’naviy ehtiyojning mavjudligi omili.
Talabalaming bilish faoliyatini jonlantirish uchun ularda quyidagilami shakllantirish zarur:
• bilishga tayyorlik;
• bilish faoliyatining malaka va ko'nikmalari;
• bilish faoliyatiga ehtiyoj.
Talabalarda bilish faoliyatiga bo‘lgan barqaror ehtiyojni shakllantirish jarayoni bu faoliyatning psixologik dalillanishiga asoslanadi. S.A. Rubinshteyn ta’kidlaydiki: “Fe’l-atvordagibarqarorlikkaegabo‘lgan har bir intilish, bu bo‘lg‘usi xarakteming qirralaridan biridir. Xarakter esa birin-ketin inson xatti-harakatlarida namoyon bo‘lib, unga singishib, shaxsiy hislatga aylanadigan intilishlar majmuidir”. Bilish faoliyatining faol qo‘zg‘atuvchilari quyidagilardir:
• konkret faoliyatga bevosita, faol qiziqish;
• axloqiy — estetik va ruhiy qoniqish (motivlari). A.K. Gromsevaning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, bilish faoliyatini motivatsiyalash o‘smirlik yoshida ongli xarakteiga ega bo‘ladi.
|
| |