|
Mavzu: pedagogik texnologiyalar dars samaradorligining muhim omili sifatida
|
bet | 5/18 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #259314 |
Bog'liq JADIDLARKurs ishining predmeti ma'naviy-axloqiy hayotimizni yanada yuksaltirishda jadid ma'rifatparvarlari asarlarida islom tarixining o‘rganilishi bilan bog‘liq diniy-axloqiy, ma'naviy-ma'rifiy jarayonlardir.
Kurs ishining nazariy-metodologik asoslari va metodlari tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning jadid ma'rifatchiligi, din borasidagi asarlaridagi berilgan nazariy qoidalar, din, tarix, va boshqa ijtimoiy fan olimlarining fikr va xulosalari nazariy-uslubiy manba bo‘lib xizmat qildi. Malakaviy ishda qo‘yilgan muammoni o‘rganishda ilmiy bilishning tarixiylik va mantiqiylik, obektivlik, tizimlilik, vorisiylik, qiyosiy tahlil kabi usullariga tayanildi.
Kurs ishining ilmiy yangiligi shundaki, xalqimizning ma'naviy-ruhiy olamining yuksalishi, barkamol avlodni voyaga yetkazishda jadid ma'rifatchilarining asarlaridagi islom tarixining o‘rganilishi va uning ahamiyati dinshunoslik fanlari nuqtai nazardan o‘rganilgan. Xususan,
- Mustaqillik yillarida mamlakatimizda milliy-ma'naviy tiklanish jarayonlarida jadid ma'rifatchilarining ma'naviy merosi, ma'naviy hayotimizdagi yangilanishlarda islom tarixi ahamiyati tadqiq qilindi.
- Jadidlar davridagi ma'orifning ahvoli, diniy nashrlarning o‘ziga xos xususiyatlariga oid tadqiqotlar bilan birga jadid asarlaridagi diniy-tarixiy va axloqiy jihatlarga bag‘ishlangan ishlanmalarning xulosalari umumlashtirildi.
- O‘zbekistonda ma'naviy-ruhiy tiklanish va yangilanish jarayonlarida jadid ma'rifatchilarining diniy nashrlarining ahamiyatini yanada oshirish, shuningdek, ularning mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va millatlaro totuvlikni ta'minlashda ahamiyati tadqiq qilindi;
- Mamlakatimizda ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, muqaddas dinimizni soxtalashtirishga urinayotgan turli mutaassib kuchlarning yovuz harakatlari oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, ayniqsa, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish, ogohlik va hushyorlik muhitini yaratishda jadid ma'rifatparvarlarining islom tarixiga oid asarlarining ahamiyatiga doir amaliy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
|
| |