Pedagogik texnologiyaning tarixiy asosi ta’lim-tarbiya masalalar




Download 0,49 Mb.
bet9/18
Sana02.06.2024
Hajmi0,49 Mb.
#259314
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
JADIDLAR

1.3. Pedagogik texnologiyaning tarixiy asosi ta’lim-tarbiya masalalar
Pedagogik texnologiyaning tarixiy asosi ta’lim-tarbiya masalalarini turli tarixiy davrlarda amalga oshirishning shakl va usullari, mazmuni xamda turli pedagogik nazariyalar xaqidagi ma’lumotlardan iborat bo`lib, ular zamonaviy pedagogik texnologiyalarning kelib chiqishi uchun zamin xisoblanadi. Hozirgi pedagogik texnologiyalar turli davrlarda boshlangan ishlar, olib borilgan taxlillar, chiqarilgan xulosalar, mutafakkirlar bildirgan fikr-muloxazalarning rivojlantirilishi asosida paydo bo`lib, takomillashib bormoqda. Pedagogik texnologiyaning tarixiy asosi uning o`ziga xos ildizlarini tashkil qilishini xisobga olgan xolda ularni bilish va chuqur o`rganish kelgusi rivojlanish yo`llarini belgilashda muxim axamiyatga ega. Yuqorida aytilgan va boshqa asoslar umumlashtirilsa, har bir pedagogic texnologiyaning o`z nazariy va amalii asoslari kelib chiqadi. Ular aloxida maqsad, vazifalari, mazmuni, shakl, usul, vositalariga muvofiq belgilanadi. Pedagogikada, o‘qitish texnologiyalari bilan biiga ta’limiy texnologiyalar ham o‘rin olgan. Ta’limiy texnologiyalar mazmun-axborot aspektini bildirsa, o‘qitish texnologiyasi jarayonga aloqador deb hisoblanadi, ya’ni ular orasida hali ham aniq farqlar beigilanmagan. Pedagogik texnologiya talabalarning tayyorgarlik darajasiga, ulaming axborotlar bilan tanishganlik va amaliy tayyorgarligiga moslangan bo'lishi lozim. Kasbiy ta’lim tizimida o‘qitish texnologiyalari fundamental va amaliy bilimlaming o‘zlashtirilishini, harakatlaming reflektivligini aks ettiradi va o‘z kasbiy faoliyatini shakllantiradi. Pedagogik texnologiya Ta`lim beruvchiva talaba faoliyati bilan belgilanadi. Faoliyatning bunday turlariga ko‘ra pedagogik texnologiyaning tuzilmasi aniqlanadi.
Pedagogik texnologiyaning tuzilmasi:
- konseptual asos,
- ta’lim jarayonining mazmuni
- texnologik jarayondan iborat bo‘ladi.
Shuningdek, shaxsning psixik boyligi shaxsning yashash sharoiti va ijtimoiy tarbiya jarayonlarida yuz berayotgan o‘zgarishlaming oqibati sifatida ma’lum darajada harakatchanligim hamda o‘zgaruvchanligini saqlab qoladi. Shaxs atrof-muhit, insonlar bilan faol aloqada bo‘lish jarayonida shakllanadi. Shaxs faolligining manbai bo‘lib inson -shaxsiy ehtiyojlarining ko‘p qirraliligi, u o‘zi mansub bo‘lgan jamiyat, jamoa ehtiyojlari hisoblanadi.
Murakkab hosila ehtiyojlariga qiziqish, moyillik, did, Wrsatma, e ’tiqod, istak kiradiki, ular yig‘indisi «motivatsiya doirasi»ni, shaxsning «yo‘nalganligi»ni hosil qiladi. Shaxs voqelikka bo‘lgan obyektiv va subyektiv munosabatlami ifoda qiladi. Shaxs bir butun holdagi ichki shart-sharoitlar yig‘indisi bo'lib, uning vositasida tashqi ta’sirlaming inikosi yuz beradi. Shaxsning rivojlanishi uning faoliyatida amalga oshiriladi. Bu rivojlanish shaxsga xos va uning uchun muhim hisoblangan motivlar tizimi bilan boshqariladi. Shaxsni harakatga keltiruvchi kuch tobora ko‘payib boradigan ehtiyojlar va ulami qanoatlantiradigan real imkoniyatlar orasidagi ichki ziddiyatlar hisoblanadi. Ehtiyojlar esa shaxs rivojlanishining omillari va natijasi sifatida namoyon bo'Iadi.
A.V.Petrovskiyning tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, inson shaxsining xarakterli tomonlaridan biri uning individualligidir. A. V. Petrovskiy shaxs tuzilmasida unga xos bo‘lgan xarakter, temperament, psixik jarayonlaming kechish xususiyatlari, faoliyatning kuchli hissiyotlari va motivlari yig^ndisi, shakllangan qobiliyatlari zahirasidagi bilim va ko‘nikmalarining betakror uyg‘unligi qayd qilinadi. Inson individ sifatida jismoniy va psixik mazmun kasb etadi. Tadqiqotlaming ko‘rsatishicha, inson psixikasi emotsiya va ongga bo‘linadi. Ong insonni dunyoni miyasida aks ettirishi bilan uni hayvondan farqlaydi. Onggina shaxsning o‘zligini tashkil etadi. G.K.Selevkoning aniqlashicha, shaxs umumlashtirilgan xilma-xil sifatlar tizimida ko‘rinadigan insonning psixik, ma’naviy mohiyatidir. Bunday sifatlar tizimiga quyidagilar mansub:
• inson xislatlarining ijtimoiy ahamiyatga molik sifatlari yigtindisi;
• dunyoga bo4gan va dunyo bilan, otziga va oiz-olzi bilan munosabatlari tizimi; www.ziyouz.com kutubxonasi
• ijtimoiy vazifalar, axloqiy ko'rinishlar yigindisini amalga oshiradigan faoliyat tizimi;
• dunyoni va undagi o`zini anglashi;
• ehtiyojlar tizimi;
• qobiliyatlar, ijodiy imkoniyatlar yig‘indisi;
• tashqi sharoitga bo`lgart e’tiborlar yigindisi.
Psixologiya va pedagogika bo‘yicha tadqiqotlar shaxs rivojlanishini uch omilga - irsiyat, muhit va tarbiyaga bog‘laydilar. Irsiy offlil ota-onalardagi ayrim sifat va xususiyatlaming bolalariga bo`lishidir. Usiyatni genlar vujudga keltiradi. Hoziigi fan oiganizm xususiyatlarida, uning to‘g‘risida axborotlar saqlanadigan va uzatiladigan o‘ziga xos gen kodlari aks etganligini isbotlagan. Genetika inson rivojlanishining irsiy dasturini ochib beigan. Tadqiqotchilaming ta’kidlashicha, inson biologik tur sifatida insonlarga ma’lum bo‘lgan tarixiy davr taraqqiyotida sezilarli bo'lmagan darajada o‘zgarishga uchragan. Inson ijtimoiylashish jarayonidagina, ya’ni muloqot, boshqa kishilar bilan aloqalarda, sbaxs bo‘Ub shakllanadi.3
Pedagogik texnologiya fanining quyidagi asosiy tushunchalari mavjud:
1. Texnologiya – biror ishda mahoratda, jarayonda qo’llaniladigan yo’llar, usullar majmuasi.
2. Pedagogik texnologiya – pedagogik va texnologik yondashuvlar integrasiyasidir.
3. Pedagogik loyihalash – yaratilgan modelni dastlabki va yakuniy ko’rinnishda ishlab chiqish va uni amaliy qo’llash darajasiga yetkazishdan iborat.
4. Pedagogik tizim –bir biribilan o’zaro bog’langan mo’ayyan munosabatda bo’lgan elementlar bilan tasvirlangan yahlit ta’lim tizimidir.
5. Pedagogik innovasiya – pedagogik jarayonga yangilik kiritish.
6. Pedagogik jarayon – Ta`lim beruvchiva ta`lim oluvchi orasidagi ta’limiy va
tarbiyaviy munisabatlar tizimi.



Download 0,49 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Download 0,49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik texnologiyaning tarixiy asosi ta’lim-tarbiya masalalar

Download 0,49 Mb.