• Kurs ishining hajmi
  • Kurs ishining natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati




    Download 0,49 Mb.
    bet6/18
    Sana02.06.2024
    Hajmi0,49 Mb.
    #259314
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    JADIDLAR

    Kurs ishining natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalaridan jamiyat ma'naviy-ma'rifiy hayotidagi muammolarni o‘rganish, ayniqsa, mamlakatimiz fuqarolarida diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, dinga ijobiy munosabat, din tarixi, milliy-ma'naviy merosimizga chuqur hurmat tuyg‘ularining shakllanishiga doir vazifalarni hal qilishda nazariy manba sifatida foydalanish mumkin.
    Kurs ishining amaliy ahamiyati tadqiqot natijalaridan diniy tashkilotlar faoliyatida, yoshlar o‘rtasida, jamoat tashqilotlarida olib borilayotgan ma'rifiy ishlarda, shuningdek, diniy ta'limning oliy va o‘rta maxsus o‘quv bo‘g‘inlarida “O‘zbek adabiyoti tarixi”, “Dinshunoslik” kabi fanlarini o‘qitishda foydalanish mumkin.
    Kurs ishining hajmi: Ushbu kurs ishi kirish, 3 bob, 9 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib , ____ sahifani tashkil etadi.

    I BOB. JADIDCHILIK VA ISLOM



    1. 1. Jadidlar davriga qadar islom tarixini o‘rganilishi

    Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi faqat ijtimoiy – siyosiy jihatdangina emas, balki ma'naviy-ma'rifiy tomondan ham juda katta o‘zgarishlarga olib keldi. Mazkur ijobiy o‘zgarishlar tufayli, tariximiz saxifalarida qoralanib kelingan davrlar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, oqimlar, buyuk allomalarimiz meroslari endilikda hayotimizning barcha soxalarida qaytadan o‘z o‘rnini egallamoqda, xalqimizning ma'naviy dunyosini boyitish, poklash va rivojlantirish yo‘lida tobora ulkan ahamiyat kasb etib bormoqda. Ijtimoiy–siyosiy va ma'naviy–ma'rifiy harakat bo‘lmish jadidchilik ham sobiq totalitar tuzum tomonidan ta'qiqlangan hodisalardan edi. Tabiiyki, uni xolisona o‘rganish mumkin emasdi. Chunki jadidchilik o‘z oldiga qo‘ygan bosh maqsad Turkiston xalqlarini mustamlakachilar zulmidan ozodlikka olib chiqish, ularni har tomonlama shaxs erkinligini ta'minlaydigan yangi jamiyat qurishga tayyorlashdan iborat edi. Buning uchun jadidlar quyidagi vazifalarni amalga oshirishni eng muhim va ob'ektiv zaruriyat deb hisobladilar: 1. Turkiston xalqlarini erkparvarlik, millatparvarlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. 2. Turkistonliklarni jahonning boshqa millatlari bilan har jihatdan teng yashay olish, jahon madaniyati sivilizatsiyasidan xabardor bo‘lish darajasiga ko‘tarish. 3. Turkiston uchun yagona bo‘lgan milliy g‘oyani yaratish va uni amaliyotga tatbiq etish va boshqalar. Shuningdek, jadidlarning Turkiston ozodligi uchun kurash dasturida uch asosiy yo‘nalish mavjud edi. Birinchisi – yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish, ikkinchisi – umidli yoshlarni chet ellarga o‘qishga yuborish va nihoyat, uchinchisi – turli ma'rifiy jamiyatlar tuzish hamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalar chop etish edi. Turkiston tarixida jadidchilik harakati alohida mavqyega ega, uning o‘rganilishi tom ma'noda mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng boshlandi va bu o‘rganishning uzoq vaqt hamda ko‘p tomonlama davom etishi tabiiy hol. Shu ma'noda jadidchilikning kelib chiqishiga va mohiyatiga doir fikr bildirish hamda bu boradagi fikr almashinuvlar deyarli endi boshlanmoqda desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Taniqli jadidshunos olim, professor Begali Qosimov “Milliy uyg‘onish” deb nomlangan kitobida “jadidchilik” istilohining kelib chiqishi haqida to‘xtalib, shu munosabat bilan uning mohiyati to‘g‘risida ham fikr bildiradi: “Jadidchilikning” asosida “jadid” so‘zi yotadi. “Jadid”ning ma'nosi “yangi” demakdir. U shunchaki “yangi” yo bo‘lmasa, “yangilik tarafdori” degani emas. Balki “yangi tafakkur“, “yangi inson”, “yangi avlod” singari keng ma'nolarni o‘zida mujassam etgan4 Mazkur ta'rifni “jadidchilik” istilohining boshqalarga nisbatan to‘g‘ri, mukammalroq talqini deyish mumkin. B.Qosimov ayni shu kitobda jadidchilikning harakter – yo‘nalishi haqida ham qisqa, lekin lo‘nda va ob'ektiv fikr bildiradi: “Jadidchilik – oqim emas, harakat. Ijtimoiy, siyosiy, ma'rifiy harakat”5 . Mazkur harakat maqsadlariga ko‘ra, Vatan, millat va davr oldida turgan ulkan ijtimoiy–siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy muammolarni Turkiston xalqlarini ma'rifatli qilish, ular hayotini qaytadan madaniylashtirish va zamonaviylashtirish yo‘li bilangina hal etish mumkin edi. Bunday miqyosli va tarixiy vazifani tor doiralarga mansub yoki muayyan tabaqaviy qarashlarga asoslangan oqim hal qilolmasdi. Butun Turkiston xalqlarini, “Rusiya turklarini” yagona safga birlashtira oladigan harakat lozim edi. Jadidchilik ana shunday harakat sifatida maydonga chiqdi. Mashhur qrim-tatar allomasi Ismoilbek Gasprali X1X asrning oxirlarida asos solgan bu harakat va uning «Tarjumon» gazetasi mazlum Turkiston hayotida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar qildi, hatto jahon tajribasida ko‘rilmagan shiddatli ijtimoiy-ma'rifiy to‘lqinni vujudga keltirdi, jadid allomalari Turkistonda milliy-mintaqaviy uyg‘onish jarayonini boshlab berdilar, ular yaratgan ilmiy-pedagogik, falsafiyaxloqiy, badiiy-publistik asarlar, yangicha maktablar, yangi teatr, yangi adabiy-badiiy janrlar mintaqaviy va umumjahon miqyosida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Agar Ismoilbek Gasprali g‘oyalari mohiyatiga nazar tashlasak, ularning, ayniqsa, dastlabki davrda Rossiyaning ruslashtirish siyosatiga qarshi qaratilganligi, yuksak taraqqiyotga milliylikni saqlagan holda erishishga chaqirishi sezilib turishini ko‘ramiz. Jumladan u shunday yozadi: “Ovrupa bir keksa choldir, tajribasi ko‘pdir. Ulug‘ yoshiga hurmatimiz bor. Tajribasidan o‘rganamiz. Lekin xatolarini takrorlamaymiz. Maktablarini, universitetlarini biz ham quramiz. Ammo aqllarimizni qanchalik yoritsak, qalblarimizni ham shuncha haqqoniyat bilan to‘ldirmoqqa harakat qilamiz. Ovrupada nimani ko‘rsak, yosh boladek olib yugurmaymiz. Esli-hushli insonlardek “bu nimadir?, Oqibati nima bo‘ladi?, Vijdon va haqoniyatga uyg‘unmi?”, - deya aql tarozisiga tortib olamiz. Ovrupa madaniyati mulohazasiz qabul qilaverish mumkin bo‘lgan bir narsa emas”6 . Bu esa jadidchilikning quruq boshqalardan ko‘rko‘rona ko‘chirilgan harakat yoki intilish emasligini yana bir tasdiqlaydi. Ismoilbek Gaspralining O‘rta Osiyoda jadidchilik g‘oyalarini tarqatishdagi xizmatlarini tan olgan holda, shu bilan birga o‘zbek ziyolilarining ham bu boradagi harakatlari munosib baholanishi kerak. Ularning ko‘pchiligi jadidchilik g‘oyalariga o‘z yo‘li bilan mustaqil ravishda yetib kelganlar. Bugungi kunda Turkiston jadidlarining rahnomasi, asli samarqandlik Mahmudxo‘ja Behbudiy, toshkentlik Munavvarqori Abdurashidxonov va buxorolik Abdurauf Fitratning taraqqiyparvarlik harakatiga asos solganliklari, unga rahbarlik qilganliklari hammaga ma'lum. Jadidchilik harakatining mohiyatiga e'tibor qilib qaralsa: u ma'rifatparvarlik emas, balki ma'rifatchilik edi. “Ma'rifatchilik” iborasiga iste'dodli olim Sh.Rizaev alohida urg‘u berib, uni atroflicha tahlildan o‘tkazgan.7 Darhaqiqat, ma'rifatparvarlar asosan ma'rifat homiylari tarzida, «tashqaridan» turib, ya'ni xalqning iste'dodli farzandlarini qo‘llab - quvvatlash orqali va o‘z asarlari yordamida bilvosita faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsalar, ma'rifatchilar bir paytning o‘zida ham homiylar, ham ma'rifatning qora mehnatchilari edi. Nazariy yo‘nalish bilan amaliyotning ana shunday chambarchas bog‘liq holda olib borilishi jadid ma'rifatchilari uchun Ovro‘pa ma'rifatparvarlari asrlar mobaynida bosib o‘tgan yo‘lni bir necha o‘n yil ichida «kesib chiqish» imkonini yaratdi. U fidoyilik evaziga bunyodga keldi Yuqorida qayd qilganimizdek, jadidchilik harakati XIX asr oxiri – XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, ma'rifiy harakat sifatida u dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida qrim tatarlari o‘rtasida vujudga keldi. Ushbu harakat namoyandalari o‘zlarini taraqqiyparvar, keyinchalik, jadidlar deb atashgan. O‘sha davrning ilg‘or taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik harakati mohiyat e'tibori bilan avvalo siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va mag‘libiyatga uchrash davrlari bo‘lib, ularni shartli ravishda to‘rtga bo‘lish mumkin. Turkiston, Buxoro va Xiva hududida bu davrlar 1895-1905; 1906-1916; 1917-1920; 1921-1929 yillarni o‘z ichiga oladi9 . Jadidchilik harakatining dastlabki davrida Turkistonda podsho Rossiyasining mustahkam o‘rnashib olishi kuzatiladi. U o‘z siyosiy vakillari yordamida mahalliy xon va amir vakolatlarini cheklabgina qolmay, ularni qo‘g‘irchoqqa aylantirib, rus va g‘arb sarmoyadorlarining ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratadi, turli kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari manfaatini ko‘zlaydi. Ayni chog‘da mahalliy aholining talab va ehtiyojlari nazarga olinmay qo‘yildi, diniy e'tiqodlari, urf-odatlari bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslik kuchaydi. Hayotiy, ilmiy saviyasi yuqori bo‘lgan qozilar tajribasiz kishilar bilan almashtirildi, poraxo‘rlik, ijtimoiy-siyosiy adolatsizlik avj oldi. Madrasa va maktablar faoliyatini cheklash, mahalliy joy nomlarini ruscha atamalar bilan almashtirish, mahkama jarayonida qozilar bo‘yniga xoch taqtirishgacha borildiki, yerli aholini bu xildagi tahqirlash hollari mustamlakachilarning bedodligini yaqqol ko‘rsatardi. Millat istiqbolini o‘ylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari – hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ziyolilar dastlab chorizmga qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uyg‘otish – siyosiy-ma'rifiy jabhadan boshlashga qaror qildilar. Ana shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida mazkur harakat rivojlanish uchun o‘ziga qulay zamin topdi. Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va Vatanni mustaqil ko‘rishni orzu qildilar va shu yo‘lda fidoyilarcha kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yo‘nalishlar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish; turli ma'rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallarda chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish. Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi. Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari quyidagilar edi: Turkistonni o‘rta asrlarga xos qoloqlik va mutaassibona diniy xurofotdan ozod etish, xalqqa ma'rifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitutsion monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini o‘rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qo‘shin tuzish. Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga keltiruvchilar tepasida Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Saidahmad Siddiqiy-Ajziy (Samarqand), Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadullaxo‘jaev (Ubaydulla Xo‘jaev), Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov (Toshkent), Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo‘jaev, Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jaev, Abdulvohid Burhonov, Sadiriddin Ayniy, Abdulqodir Muhiddinov (Buxoro), Obidjon Mahmudov, Hamza, Cho‘lpon, Is’hoqxon Ibrat, Muhammadsharif So‘fizoda (Farg‘ona vodiysi), Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimov (Xorazm) turardi. Turkiston mintaqasidagi jadidchilik harakati, jug‘rofiy qamrovi va yo‘nalishiga ko‘ra, uchga bo‘linadi: Turkiston, Buxoro va Xiva jadidchiligi. Turkiston jadidlari bilan Buxoro va Xiva jadidlari o‘rtasida bir muncha tafovut bor. Turkiston o‘lkasidagi jadidlar chor Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi kurashning oldingi saflarida turib, chorizmning xom ashyo manbaiga aylantirilgan Turkistonning dastlab muxtor, so‘ng mustaqil davlat bo‘lishini yoqlab chiqdilar. Buxorodagi jadidchilik harakati Turkistondagiga nisbatan og‘ir ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga keldi. Uning tarkibi asosan Buxorodagi shahar aholisining taraqqiyparvar qismi: ziyolilar, mullavachchalar, mayda do‘kondorlar va ma'murlar, hunarmandlar, savdogarlardan iborat edi. Jadidlarning dehqonlar va askarlar o‘rtasidagi nufuzi avvaliga past bo‘lgan. Jadidlar iqtisod va boshqaruv sohasida bir qator talablar, jumladan, soliqlarni kamaytirish talabi bilan chiqishdi. Ular dastlab Buxorodagi amirlik tuzumi doirasida islohotlar joriy qilmoqchi bo‘lishdi. Buxorodagi jadidchilik harakatiga ongi qotib qolgan ayrim kishilar, har qanday yangilik va islohotlarning dushmani bo‘lgan qadimchilar oqimi qarshi chiqdi. 1908 yili “Buxoroi sharif shirkati”tuzilib, bu shirkat darsliklar nashr etish va kitob savdosi bilan shug‘ullandi. Ahmadjon Hamdiy (Abdusaidov), Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jaev (Usmon Xo‘ja), Homidxo‘ja Mehriy, Abdulvohid Burhonov, Abdulqodir Muhiddinov, Sadriddin Ayniy, Abdurahmon Sa'diy shirkatning tashkilotchilari edi. XX asr boshlarida Xivada shakllangan jadidchilik bir qadar boshqacharoq tarixiy shart-sharoitda vujudga keldi. U bu yerda asosan ikkita oqimdan iborat edi. Uning o‘ng oqimi xonlikda rivojlanayotgan savdo-sanoat korxonalari egalari hamda yirik boylarning vakillarini o‘ziga birlashtirgan edi. Bu oqimga Xiva xoni Asfandiyorxonning bosh vaziri Islomxo‘ja boshchilik qilgan. Jadidchilikning o‘ng oqimi o‘z oldiga mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‘tkazish orqali erkin bozor munosabatlarining rivojlanishiga keng yo‘l ochib berishni maqsad qilib qo‘ygan edi. Xivada jadidchilikning so‘l oqimi esa mayda sarmoyadorlar, hunarmandlar va xalqning turli tabaqa vakillarini birlashtirgan bo‘lib, qozikalon Bobooxun Salimov uning rahbari edi. Ular Xiva xonligida yangi usul maktablari tashkil qilish orqali xalq ommasining siyosiy faolligini o‘stirish maqsadini qo‘yishgan edi. 1904 yili “jamiyati xayriya” tuzilib, uning ko‘magi bilan Xiva shahrida dastlabki yangi usul maktabi ochildi. Jadidchilik harakati 1906-16 yillarda o‘zining asosiy yo‘lini belgilab oldi. Jadidlarning nashrlari xalqni yangi davr boshlangani bilan tanishtirar ekan, o‘zligini anglab, uyushishga chaqirdi. O‘lka moddiy va ma'naviy boyliklari talanayotganini oshkor qildi. Cho‘lpon she'rlari va maqolalarida mustamlakachilarning asl qiyofalarini ochib tashladi. Mashhur advokat U.Xo‘jaev oliy o‘quv yurtini tashkil etish, soliqlarni tartibga solish, bolalar tarbiyasiga jiddiy e'tibor berish masalasini ilgari surdi. Jadidlar 1915-1916- yillarda “Ozodlik, tenglik va adolat” shiori ostida ishladilar. Jadidlar o‘z asarlarida nafaqat siyosiy tuzumni o‘zgartirish, mustamalakachilikdan qutulish, xalqni ma'rifatli qilish g‘oyalarini, shuningdek, jamiyat qurilishi, uning har bir bo‘g‘ini va qatlamini isloh qilishni ko‘tarib chiqdilar. Masalan, Fitrat oilaga bag‘ishlab maxsus asar yozdi. “Oila jamiyatning ijtimoiy- ma'naviy bo‘g‘ini, kichik bir vakili bo‘lib aynan oila zaminida xalqimizning bugungi kuni va kelajagi bunyod etiladi. Agar oilada tartib intizom bo‘lsa, uning a'zolari shu xislatlarini xizmat jarayoniga ko‘chiradi va ijtimoiy mehnat faoliyatlarida qo‘llaydilar. Bu esa, ularning o‘z xizmat vazifalarini yuksak darajada bajarishlariga sabab bo‘ladi10 . 1917 yili jadidchilik harakati o‘zining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Fevral inqilobidan so‘ng o‘zbek, tatar va qozoqlar birlashishga ahd qildilar va “Turon” uyushmasi zaminida “Sho‘roi Islomiya” jamiyati tuzildi. 1917 yil 14 martda ish boshlagan bu jamiyat qishloq va shaharlarga targ‘ibotchilar yuborib, ozodlik, tenglik haqida tushuntirish olib borish, saylov to‘g‘risida ma'lumot berish bilan shug‘ullandi. Uning dasturini Munavvarqori yozgan edi. Jadidlar joylarda “Sho‘roi Islomiya” tizimi yaratilishining tashabbuskori bo‘ldilar. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish harakati Turkiston mustaqilligi uchun kurashga aylandi. Jadidchilik harakati siyosiy ma'rifatchilikdan Jadid taraqqiyparvarlar firqasi darajasiga ko‘tarila oldi. Bu harakat hamda firqa a'zolari o‘z faoliyati va dasturiga ko‘ra, sho‘ro adabiyotlarida aytilganidek, “bir hovuch boylar manfaatiga xizmat qiluvchi liberal burjuaziya vakillari” emas, balki Turkistonning barcha xalqlari taqdirini o‘ylab ish ko‘rgan demokratik jarayonning eng savodli, olijanob namoyandalari edi. Chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosati tufayli tobora bir - biridan yiroqlashib borayotgan turkiy xalqlarni umumiy til, umumiy maqsad va umumiy vazifalar orqali bir millat qilib birlashtirish g‘oyasi jadidchilikning harakatlantiruvchi kuchini tashkil etardi. Ana shunday tarzda birlashgan va uyushgan millat, yuqorida aytganimizdek, yuksak ma'rifatga, zamonaviy ilmiy taraqqiyotga, madaniyatga erishib, tamaddun jihatidan jahonning ilg‘or, buyuk millatlari bilan tenglashishi va pirovard natijada milliy mustaqillik va ozodlikni qo‘lga kiritishi kerak edi. «Til birligi masalasi bizim hayotimizda hayot - mamot masalasidir. deb yozgan edi, Ismoil Gaspirali. Va biz bu masalada bir qadam ham orqaga chekinmaymiz!»11 . Jadidchilik harakati moddiy-iqtisodiy asosining ma'lum ma'nodagi qoimligi va uzviyligini ta'minlashda yuqorida keltirilgan ikki omilma'rifatchilar fidoyiligi va mahalliy boylar xayriya-ionalaridan tashqari “Jamiyati xayriya”larning paydo bo‘lishi jadid teatri yo‘lga qo‘yilishi bilan vujudga kelgan moddiy manba ham muhimdir; bular-“Tomoshalar”va “Ispektakl”lardan, ya'ni teatr spektakllaridan tushgan mablag‘lar edi. Munavvar qori Abdurashidxonov “Samarqand” gazetasining 1913 yil, 20- 23 avgust sonida e'lon qilgan “Toshkandda musulmon jamiyati” maqolasida: “Uchinchi yo‘lda shahar bog‘ining yozlik teatrusida bir martaba ispektakl qo‘yib, olti yuz so‘mga yaqin foyda qildi. Buning ustiga, ushbu avgustning 8 – kuni ramozon munosabatida Shayx Xovondi Tahur bog‘ida bir martaba “Tomosha kechasi yasadi, ushbu tomosha kechasining daromad va buromadi ushbu tariqa bo‘ldi,”- deb ushbu tomoshalardan jami 1446 so‘m 96 tiyin daromad kelganini aytadi”12 Jadidlarning sa'yi-harakatlari natijasida Turkistonda turli davrlarda “Taraqqiy”, ”Xurshid”, ”Osiyo”, ”Turon”, ”Sadoi Turkiston”, ”Turk eli”, ”Najot”, ”Kengash”, ”Ulug‘ Turkiston”, ”Sho‘roi Islom”, ”Oyna”, ”Hurriyat”, “Buxroi Sharif”, ”Sadoi Farg‘ona”, ”Tirik so‘z”, ”Yurt”, ”Farg‘ona nidosi”, ”Farg‘ona sahifasi” kabi gazeta va jurnallar nashr etildi. Shu bois chor ma'murlari va keyinchalik sho‘ro mustamlakachilari jadidlar timsolida o‘zlarining eng ashaddiy raqiblarini ko‘rdilar va ularga qarshi shafqatsiz kurash olib bordilar. Jadidchilik harakatining aksariyat taniqli namoyandalari 30-yillarda sovet mustabid rejimi tomonidan amalga oshirilgan qirg‘in natijasida halok bo‘ldi. Jadid harakatiga sovet davrida “millatchilik”, panturkizm, panislomizm tamg‘alari bosilib, nohaq qoralandi. Jadid adabiyotini o‘qish ta'qiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, jadidchilik harakati va uning namoyandalari nomiga yopishtirilgan tavqi la'nat va soxta yorliqlar olib tashlanib, ularning asl nomlari qayta tiklandi. Tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, faylasuf, huquqshunos, san'atshunos va pedagog olimlar jadidlarning boy ilmiy va adabiy merosini o‘rganishda dastlabki natijalarni qo‘lga kiritishdi. Mustaqillik yillarida, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, A.Avloniyning ko‘p jildli, Behbudiy, Sidqiy Xondayliqiy, Ibrat, Ajziy, So‘fizodaning shuningdek, Fayzulla Xo‘jaev, Munavvarqori, P.Yusupovning asarlari alohida chop qilindi. Jadidlarning 20 ta mashhur vakili kiritilgan «Unutilmas siymolar” jadidchilik harakatining namoyandalari” albom-kitobi nashrdan chiqdi. Ularning serqirra faoliyati darslik va qo‘llanmalarga kiritildi. 1999 yil 16-18 sentyabrda Toshkentda “Markaziy Osiyo XX asr boshida: islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash (Jadidchilik, Muxtoriyatchilik, Istiqlolchilik)” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkazilib, unda AQSh, Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Turkiya, Rossiya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan nufuzli olimlar jadidchilik va istiqlolchilik harakatlari to‘g‘risida jahon ilm-fanida to‘plagan so‘nggi xulosalar yuzasidan o‘zbekistonlik hamkasblari bilan o‘zaro fikr almashdilar. Jadidchilik harakati jahonshumul ahamiyatga molik hodisa ekanligi e'tirof qilindi. Konferensiyada ushbu muammoni tadqiq qiluvchi xalqaro ilmiy kengash tuzildi.

    Download 0,49 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 0,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishining natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati

    Download 0,49 Mb.