|
Kurs ishining ilmiy tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi
|
bet | 4/18 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #259314 |
Bog'liq JADIDLARKurs ishining ilmiy tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi. Mavzu Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik” kafedrasi ilmiytadqiqot ishlari rejasiga kiradi. Tadqiqotning maqsadi. Jamiyatda ma'naviy muhitni yanada takomillashtitrishda diniy nashrlarning o‘rni va ahamiyatini ma'naviyaxloqiy, diniy-falsafiy jihatlarini o‘rganish. Jadid ma'rifatparvarlarining islom tarixini o‘rganishda olib borgan izlanishlarini yoritish
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: - “Islom tarixi”, “jadid ma'rifatchiligi”, “jadid darsliklari” tushunchalarining mazmun-mohiyatini aniqlashtirish;
- O‘zbekistonda milliy-ma'naviy tiklanish, ma'naviy hayotning yangilanishi jarayonida ma'rifatparvarlikning tutgan o‘rnini o‘rganishning nazariy-metodologik masalalarini tadqiq qilish;
- Mustaqillik davridagi islom tarixiga oid diniy nashrlarning mazmunmohiyati, diniy-g‘oyaviy yo‘nalishlari borasidagi tadqiqotlarning asosiy xulosalarini umumlashtirish, ular o‘rtasida jadid diniy-ma'riyi adabiyotining o‘rnini ko‘rsatish;
- Jadidlar davri ma'naviy-ma'rifiy muhiti va jadid ma'rifatparvarlari asarlarida islom tarixini o‘rgatishning ob'ektiv shart-sharoitlari, sabab va oqibatlarini tahlil qilish;
- Jadid ma'rifatparvarlari asarlarida islom tarixini o‘rganishda mavzularning joylashtirilishi, metodika, g‘oyaviy tarbiya va shu kabi o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish;
- Jadid ma'rifatparvarlari asarlarida islom tarixiga oid qarashlarni o‘rganishning bugungi kundagi ahamiyati, islom tarixini tadqiq qilish borasidagi izlanishlarga ta'siri, barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyatini o‘rganish;
- Jamiyat ma'naviy hayotida jadid ma'rifatparvarlarining diniyma'rifatchilik ruhidagi asarlarining ahamiyati, ulardan ilgari surilgan ezgu g‘oyalar, ijobiy tavsiyalarni o‘rganish ustuvor vazifalari, muammolarini aniqlashtirishga oid nazariy xulosa amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va hakozo.
Kurs ishining ob'ekti jadid ma'rifatparvarlari asarlarida islom tarixining o‘rganilishi va ularning o‘ziga xos xususiyatlaridir.
|
| |