Pedagogik texnologiyalarning turlari




Download 151,5 Kb.
bet3/11
Sana22.02.2024
Hajmi151,5 Kb.
#160745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MOHINUR. tayyor tog\'rlangani.doc 1

1.2 Pedagogik texnologiyalarning turlari


Hozirgi zamon pedagogika fani oldida turgan muhim muammolardan biri o`qituvchi va pedagogik mehnat sharoiti muammosi hisoblanadi.Chunki o`qituvchida barcha pedagogik g`oyalar mujassamlangan bo`lib uning faoliyati
orqali bu g`oyalar amalga oshiriladi va hayotga tadbiq etiladi. O`qituvchining ko`p qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, ahloqli qilib tarbiyalash, ularni bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o`qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog`liq: bolalarni o`qitish, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilish va o`tkazish, ota-onalar o`rtasida pedagogik targ`ibot ishlarni olib borish va hakazo. Bularning hammasi o`qituvchidan chuqur bilimga ega bo`lishni, o`z sohasini, bolalarni sevishni talab etadi. Agar, bolani chuqur bilimli, e’tiqodli, madaniyatli qilib tarbiyalamoqchi bo`lsak, shu fazilatlar o`qituvchida mujassamlangan bo`lmog`i lozim. Shunday ekan o`qituvchi, umuman boshlang`ich sinf o`qituvchisi yuksak fazilatlarga, yaxshi xulq-atvorga, eng keragi madaniyatli bo`lishi, ularni amalda qo`llashi shart. Pedagogika kursining muhim metodologik muammolaridan biri bu shaxs tarbiyasi va uning rivojlanishi muammosi hisoblanadi. O`sib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya obyekti hisoblanadi. Butun hayoti davomida insonning rivojlanish jarayoni davom etaveradi. Bu jarayonda u turli o`zgarishlarni o`z boshidan kechirib boradi.
Insonda bo`ladigan jismoniy o`zgarishlarga-bo`yining o`sishi, vaznning og`irlashib borishi, suyak va mushak tizimlarining, ichki a`zolari va asab tizimining o`zgarib borishi kiradi. Ruhiy o`zgarishlar esa uning aqliy rivojiga aloqador bo`ladi va insonda ruhiy sifatlarning shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo`lgan sotsial sifatlarning tarkib topishi hisoblanadi. Odam bolasining rivojlanishi bu muhim jarayon sanaladi. Ma`lumki hayoti davomida inson jismoniy va ruhiy tomondan o`zgarib boradi. Lekin bolalik, o`smirlik va o`spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo`ladi. Pedagogikada «shaxs» tushunchasi «inson» tushunchasidan farqli o`laroq u insonning ijtimoiy hususiyatlarini anglatadi. Yangi jamiyat boshqa odamlar bilan muamalada bo`lishi, munosabat o`rnatishi natijasida shakllanib boradigan sifatlarni bildiradi. Pedagogika o`z tadqiqot obektiga va tadqiqot metodlariga ega. Ilimiy tadqiqot barcha fanlar kabi pedagogika fanini ham takomillashib borishga, ayrim pedagogik hodisalarni tekshirishga, ularni to`g`ri hal etish yo`llarini aniqlashga yordam beradi. Hodisa uning taraqqiyoti davomida boshqa hodisalar bilan bog`liq holda o`rganiladi. Miqdor o`zgarishi sifat o`zgarishiga o`tish daqiqalarida kuzatiladi.
Pedagogika fani tarmoqlariga predmetlarni o`qitishning qonuniyatlarini
o`rganuvchi fan metodika ham kiradi. Shu bilan birga pedagogika fani boshqa fanlardan ajiralgan holda rivojlana olmaydi. Pedagogikaning tarbiya sohasidagi obekti o`sib kelayotgan yosh avlod bo`lganligi uchun pedagogika insonni o`rganuvchi fanlar bilan bog`liqdir. Pedagogika fanining metodologik asosini falsafa tashkil etadi. Chunki tarbiyaning maqsadi, ilimiy dunyoqarashni
shakllantiradi: jamoa va shaxs muammolari va shu kabilar fanlarni metod
birlashtiradi. Pedagogika fanida ko`plab metodlar ilg`or tajiribalarni o`rganish,
kuzatish, suhbat, anketalashtirish, maktab hujjatlarini o`rganish, matematik va
tadqiqot natijalarini va ularni amalda tadbiq etish kabi metodlardan keng
qo`llaniladi.
Pedagogikada «tarbiya» so`zi turli ma`noda ishlatiladi. Chunonchi tarbiya keng sotsial ma`noda, ijtimoiy hodisa sifatida qo`llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarini: oilani, maktabgacha tarbiya muassasalarini, o`quv tarbiya muassasalarini, mehnat jamoalari, axborot manbalarining tarbiya yo`nalishida olib boradigan harakatlarini o`z ichiga oladi. Bu tarbiya vositalari o`sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama kamol topishiga xizmat qiladi. Pedagogik adabiyotlarda va amaliyotda «tarbiya» so`zi aniq tor yo`nalishni belgilash uchun ham ishlatiladi. Xuddi shu ma`noda tarbiyachi rahbarligida aniq maqsadga qaratilgan jarayon tushuniladi. O`qitish-o`qituvchi va o`quvchining birgalikdagi faoliyati va bu jarayonda bolalarning ma`lumot olishi, o`quv, ko`nikma va malakasini egallashi, tarbiyalanib, rivojlanib borishi nazarda tutiladi. Inson kamoloti bu insonning keng ma`noda ichki va tashqi omillar ta`sirida shakllanish jarayonidir. Bu jarayonda tarbiyaning muhim ahamiyat kasb etishi ta`kidlanadi. Hozirgi o`qitish jarayonida qo`yiladigan talablar nima va o`quvchilarda darsga qiziquvchanlikni oshiradigan, uni yangilik elementlari bilan boyitish uchun nima qilish kerak? Hozirgi zamon ta’limi faqat insoniyat erishgan bilimlarni o`zlashtirishni emas, balki jamiyat endi hal qilishi va bunda bugungi o`quvchilar qatnashishi lozim bo`lgan masalalar bilan tanilishni ham talab qiladi. Garchi har bir o`qituvchining ishida anchagina usul va metodlar mavjud bo`lsa da, ularni qo`llashdan ko`zlanadigan maqsad tarbiyalanuvchining ta`limiy ishlarini faollashtirishdir. Natijada sinfning bir qismi uchun murakkablik qilgan material tushunarli bo`ladi. Bu usul o`quvchilarning mashg`ulotlardagi nuqsonlarini payqash va shu zahoti bartaraf etishda yordam beradi. Mazkur usulning samaradorligi ham huddi ana shundadir. Garchi har bir o`qituvchining ishida anchagina usul va metodlar mavjud bo`lsada, ularni qo`llashdan ko`zlanadigan maqsad tarbiyalanuvchining ta`limiy usullarini faollashtirishdir. Bu tadbir juda muhim bo`lib, birinchidan o`quvchilarni ularning e’tiqodiga, etiqodni esa amaliy faoliyatga, hatti-harakatga aylantiradi. Maktabdagi o`quv jarayonining sifati ko`p omillarga bog`liq bo`lib, ular orasida o`qitishning usul va metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Binobarin, ular bilimlarning ongli va chuqur o`zlashtirilishiga, o`quvchilarda mustaqillik va ijodiy faollikning rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Usul va metod tushunchalari o`zaro bog`liqdir, chunki ularning har bir metod sifatida ham namoyon bo`ladi. Pedagogika amaliyotida o`qitish usullari va metodlarining juda katta boyligi to`plangan. Ularni tanlashda turli sharoyitlar, o`qitilayotgan fanning xarakteri, bolalarning yosh hususiyatlari, oldingi tayyorgarlik darajasi va hakazolar hisobga olinadi. Bundan shunday pedagogik xulosa chiqarish mumkinki, inson hissiy idrokni boyitish bilangina o`zining bilimlarini oshira oladi. Shuning uchun ta`limda o`quvchilarning o`zidagi tajiribaga tayangan metodlardan iloji boricha keng foydalanish kerak. Metodlar va usullarni tanlash o`qituvchi darsda hal qilishi mo`ljallangan masalaga bog`liq bo`ladi. Chunonchi, yangi materialni bayon etishda bir hil metodlar qo`llansa, uni mustahkamlashda ikkinchi va mazmunini
umumlashtirishda yana boshqa hil metodlar qo`llanadi. Darsning turli
bosqichlarida puxta o`ylash va samarali usullar hamda metodlarni tanlash juda muhimdir. O`qituvchi darsning eng boshida 4-5 daqiqa umumiy so`rashni amalga
oshiradi va o`quvchilarning qaysi guruhi o`tgan dars bo`yicha yetarli darajada o`zlashtirmaganini aniqlaydi va keyingi so`rashda sinfning diqqat-etiborini eng avval anna shu masalaga qaratadi. Dastlab savollarga javob bera oladigan o`quvchilardan so`raydi. Natijada sinfning bir qismi uchun murakkablik qilgan material tushunarli bo`ladi. Bu usul o`quvchilarning mashg`ulotlaridagi nuqsonlarini payqash va shu zaxoti bartaraf etishda yordam beradi. Mazkur usulning samaradorligi ham huddi anna shundadir. Garchi har bir o`qituvchining ishiga anchagina usul va metodlar mavjud bo`lsada, ularni qo`llashdan ko`zlanadigan maqsad tarbiyalanuvchining ta’limiy ishlarini faollashtirishdir. Bu tadbir juda muhim bo`lib, birinchidan o`quvchilarni ularni e’tiqodiga, e’tiqodni esa amaliy faoliyatga, hatti-harakatga aylantiradi. Zotan o`qish-o`rganish, diqqat-e’tiborni talab qiladigan murakkab faoliyatdir va unda o`tkir aql, mustahkam iroda, tiniq tasavvur, kuchli xotira zarur. O`qituvchining vazifasi samarali usul va metodlardan foydalanib`, o`quvchilarda ana shu sifatlarni tarkib toptirish va ularga qiyinchiliklarni yengishni o`rgatishdir.
Hozirgi o`qitish jarayonida qo`yiladigan talablar nima va o`quvchilarda
darsga qiziquvchanlikni oshiradigan, uni yangilik elementlari bilan boyitish uchun
nima qilish kerak? Hozirgi zamon ta`limi faqat insoniyat erishgan bilimlarni
o`zlashtirishni emas, balki jamiyat endi hal qilishi va bunda bugungi o`quvchilar
qatnashishi lozim bo`lgan masalalar bilan tanishishi ham talab qiladi. Bunday
masalalar kosmosni o`zlashtirish, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida
foydalanish, cho`llarni hosildor yerlarga va bog`-rog`larga aylantirish, qishloq
xo`jaligini intensivlashtirish v.hdan iborat bo`lishi mumkin. Xalq xo`jaligi va
fanning hamma sohalarida juda kata burilishlar ro`y bermoqda va ularda har bir o`qituvchi o`zining tarbiyalanuvchilarini o`zi o`qitadigan fan sohasi bo`yicha navbatdagi qayta qurilishlar va erishilgan yutuqlar bilan keng tanishtirishi kerak.
Bu ishni o`quvchilarga mos ravishda va o`quv dasturiga muvofiq amalga
oshirishi lozim. Mazkur talabning ikkinchi hususiyati o`qituvchining o`quvchilar fikri doirasini kengaytirish to`g`risida doimo g`amxo`rlik qilishdir. Ta’limning mana shu bosqichida o`qituvchi oldida o`quvchilarga oid oddiygina bilimlar berish emas, balki uning fikr doirasini kengaytirish, qiziquvchanligi oshirish va ularda o`zi o`qitadigan fanga muxabbat uyg`otish vazifasi turibdi.
Shunday qilib, o`qitish metodi o`qituvchi va o`quvchilar vazifasi nazariy va
amaliy bilish faoliyatini ta’limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan yo`ldir. Unga quyidagi muyyan talablar qo`yiladi.
1. O`quv metodlarini o`rganishning o`qituvchi tavsiya etgan yo`li fikrlashning
dialiktik materialistik usuli, mustaqil qarashlar, irodaviy xususiyatlari va
quloqning shakllanishiga olib kelishi kerak. Ana shu talab nuqtaiy nazaridan metod
tarbiyaviy tusda bo`lishi lozim.
2. O`qitish metodining ilimiy asosi yaqqol va aniq bo`lishi zarur. Shundagina
o`qituvchi mazkur metod orqali qanday masalalar qo`yilishi va hal qilinishi
mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib bo`lmasligini ko`ra oladi.
3. O`qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi.
4. O`qitish metodining tushunarliligi: o`qitishning yo`li o`quvchi uchun qabul
qilinishi va qo`llashi, o`quv metodlarini o`rganishning usuli esa bilimlarni
o`zlashtirishning imkoniyatiga bog`liq bo`lishi lozim.
5. O`qitishning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy tadbir.
6. Bilimlarning puxtaligi va asosiyligi.
7. O`qitish metodikasi nazariy va amaliy hodisalarning muvofiqligi.
Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko`zda tutiladi, va shuning
uchun u qandaydir maqsad qo`yishini unga erishish bo`yicha faoliyat uning
obektini, anna shu faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni
berishini taqazo etadi. Har qanday faoliyat uning obyektini talab qiladi. Nihoyat metod maqsadga olib borishi kerak, aks holda u qo`yilgan maqsad uchun yaroqsizlikni, yoki bo`lmasa bu xolatda uning umuman noto`g`ri qo`llanilganligini e’tirof etish lozim. Shunday qilib har qanday uni qo`llashdan ko`zlanadigan maqsadni, shu maqsadni amalga oshirish faoliyatini va faoliyatini bajarish vositalarini talab qiladi. Bu vazifalar faoliyat obyekti to`g`risidagi predmetli yoki aqliy bilimlar qo`yilgan maqsadga albatta erishishdan iborat bo`lishi mumkin.
Bularning hammasi har qanday metodga nisbatan maqsadga muvofiqdir. Lekin o`qitish metodi uchun yetarli emas. Metod strukturasiga o`qish usullari turadi. Lekin metod mazkur usullar majmuyidan iborat emas. Usul o`qituvchi yoki o`quvchilar aqliy yoki amaliy ishning alohida operatsiyalari bo`lib, ular mazkur metoda tavsiya etilgan materialni o`zlashtirish shaklini to`ldiradi. Masalan: O`qituvchi eslab qolish usulini beradi. Usul, metoddan ajiraladi, o`zining bilimlarini o`zlashtirishdagi va ko`nikmalar hamda malakalarni shakllantirishdagi ahamiyatini yo`qotadi. O`qitish usullarini quyidagilarga bo`lish mumkin:
-tafakkur, xotira, diqqat va xayolning alohida operatsiyalarini tarkib
toptiradigan va faollashtiradigan usullar.
-fikrlash faoliyatida muammoli va izlanishli vaziyatlarini vujudga keltiradigan
usullar.
-o`quvchilarning o`quv materialini o`zlashtirish bilan bog`liq kechinmalarni
va hissiyotlarni faollashtiradigan usullar.
-nazorat va o`quvchilarni o`zini-o`zi nazorat qilish usullari.
-o`qitish jarayonida o`quvchilarning jamoaviy va shaxsiy o`zaro munosabatlarini boshqarish usullari. O`qitishning turli metodlariga bir hil usullarni kiritish mumkin. So`ngi yillarda pedagogika fani va maktab amaliyotida o`qitish metodlari muammosiga alohida etibor bermoqda. Ta’lim–tarbiya mazmuni,maqsad va vazifalari davrlar o`tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda.Hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari ulardan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimlar, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham so`nggi yillarda pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi ta’lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan, va hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o`z o`rniga ega bo`lgan keng ko`lamli serqirra tushunchadir. Pedagogik texnologiyada ishlab chiqarish sohalaridagi turli texnologiyalardan farqli ravishda ishlov beriladigan material o`quvchi (ta’lim oluvchi)ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo`lib, ularga o`qituvchi, tarbiyachi tamonidan ma’lum maqsadlarga erishish yo`lida har turli ta’sirlar o`tkaziladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o`rtalarida AQSHda paydo bo`lib, 1940-50 yillar o`rtasigacha «Ta’lim texnologiyasi» deb yuritilib kelgan va bu ibora texnika vositalaridan foydalanib o`qitishga nisbatan qo`llanilgan. 50-60 yillarda programmalashtirilgan ta’lim nazarda tutilgan, 70- yillarda «pedagogik texnologiya» iborasi qo`llanilib u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o`quv jarayonini bildirgan.1979 yilda AQSHning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan Pedagogik texnologiyani kompleks, integrativ jarayon deb asoslangan va 80- yillarning boshidan esa pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.Hozirda bu tushunchaga quyidagi turli ta’riflar berilgan:
Texnologiya – biror ishda, san’atda, mahoratda qo`llaniladigan usullar, yo`llar yig`indisi. (Izohli lug`at).
Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o`zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati metodlar yig`indisi. (V.M.Shepel).
Pedagogik texnologiya – Bu o`qituvchi (tarbiyachi)ning o`qitish (tarbiya) vositalari yordamidao`quvchi ( talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko`rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayondir. (N.Saydaxmedov ).
Pedagogik texnologiya – o`qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo`llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig`indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi;u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat ( B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya –  texnika resurslari, odamlar va ularning o`zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallshtirish vazifasini qo`yuvchi o`qitish va bilimlarni o`zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo`llash va aniqlashning tizimli metodi. (YUNESKO).
Pedagogik texnologiya – bu o`qitishga o`ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir.U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko`chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi.( B.L.Farberman)
Ushbu aytilganlar asosida pedagogik texnologiyaning quyidagi eng qisqa va umumlashtirilgan ta’rifini keltirishimiz mumkin:
“Pedagogik texnologiya – barkamol insonni shakllantirish faoliyati”.
Shu bilan birga pedagogik texnologiyaning keng ko`lamli, serqirra tushuncha ekanligini hisobga olgan holda uning quyidagi yana bir nechta ta’riflarini keltirishimiz mumkin.
Pedagogik texnologiya –  axborotlarni o`zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog`liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o`rgatish jarayonidan iborat.
Pedagogik texnologiya –  bu o`z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo`yuvchi, butun o`qitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonini texnik resurslar va odamlarning o`zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo`llash va aniqlashning tizimli metodidir.
Pedagogik texnologiya turlari
Pedagogik texnologiyalar uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim sohalari hamda ayrim belgilari bo`yicha turlarga ajratiladi
Uzluksiz ta’lim turlari bo`yicha maktabgacha ta’lim, boshlang`ich ta’lim, tayanch ta’lim, maktabdan tashqari-qo`shimcha ta’lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi pedagogik texnologiyalariga bo`linadi. Shu bilan birga, ta’lim sohalari bo`yicha ona tli, xorijiy tillar, adabiyot, ijtimoiy, tabiiy, aniq fanlar, san’at, sport, texnika, texnologiya, amalaiy fanlar, kasb-hunarlar, maxsus ta’lim pedagogik texnologiyalari mavjud.
Hozirda mavjud bo`lgan pedagogik texnologiyalarni bir qancha belgilariga qarab turlarga ajratiladi. Bu belgilar haqida gapirishdan oldin shuni eslatib o`tishimiz kerakki, pedagogik texnologiya doimo kompleks xarakterga ega bo`lib, u faqat bittagina omildan, metoddan, tamoildan foydalanmaydi. Ya’ni quyida keltiriladigan turlarigagina xos bo`lgan monotexnologiyalar aslida mavjud emas. Lekin har bir pedagogik texnologiyada asosiy e’tibor ta’lim jarayonining u yoki bu tomoniga qaratilishi natijasida ularni shu belgilari bo`yicha turlarga ajratiladi.


Download 151,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 151,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik texnologiyalarning turlari

Download 151,5 Kb.