|
Mavzu: Pedagogika fanlar o’qitish metodlari va ulardan foydalanishning zarur shartlari. Kirish I bob. Ta’limni rivojlantirish bosqichida pedagogik texnologiyalarning mohiyati
|
bet | 7/11 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 151,5 Kb. | | #160745 |
Bog'liq MOHINUR. tayyor tog\'rlangani.doc 12. Pedagogik talab texnologiyasi.
- «pedagogik talab» tushunchasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari;
- xulq-atvor va ijtimoiy madaniy qoidalarning namoyon bo‘lishi;
- o‘quvchi-talabaga bo‘lgan hurmat va talab;
- pedagogik talabning psixologik tamoyillari va mezonlari.
3. Baholash texnologiyasi, pedagogik baho va belgilash.
- xatti-harakatlardan olgan taassurot, voqelikni, obyekt va subyektni qabul
qilish;
- baho berish usullarini tanlash o‘qituvchi (pedagog) o‘z imkoniyatini tahlil
etishi, ta’sir samaradorligini oshirishi);
- pedagogik baholash texnologiyasi.
4.Axborotning ta’sir ko‘rsatish texnologiyasi.
- nutqiy-axborot berish, «ratsional axborot berish» tushunchalari, namoyishli
va ko‘rgazmali axborot olish vositalaridan biri sifatida;
- nutqiy ta’sir etish, suhbat, hamkorlik, tezis, argument, ko‘rgazma obrazi;
- nutqiy ta’sir etish texnologiyasi;
- namoyish va ko‘rgazmali vosita, iqtisodiy, etik, estetik, gigiyenik
materiallar;
- qabul qilishning fiziologik va psixologik xususiyatlarini namoyyish qilish
texnologiyasi.
5.Pedagogik materiallarni yaratish va uni yechish texnologiyasi.
- pedagogik konflikt tushunchasi – konflikt pedagogik texnologiya elementi
sifatida, konflikt subyektlari orasida qarama-qarshiliklar tavsifi sifatida, bo‘sh va
mazmunli konflikt;
- holat tahlili (voqeani aniqlash); - konflikt; - konfliktning xilma-xilligi (norozilik, qarshi chiqish);
- konfliktni yechish shakllari (yumor, hazil, toifa).
Pedagogik texnologiyar ning qo‘shimcha elementlari:
1. Psixologik muhit yaratish texnologiyasi.
2. Guruh faoliyatini tashkil etish texnologiyasi.
3. Muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsiz holatlarni tashkil etish texnologiyasi.
4. O‘quvchining xatti-harakatiga pedagogik reaksiya qilish texnologiyasi.
5. Xulqi va odobi yomon o‘quvchi-talabalar bilan ishlash texnologiyasi.
6. Etik himoya texnologiyasi.
7. Muammoli vaziyatlar yaratish texnologiyasi.
8. Pedagogik vosita texnologiyasi.
9. Pedagogik improvizatsiya texnologiyasi. Pedagogik texnologiyalarni shaxsni psixik xususiyatlarni rivojlantirish jihatidan guruhlash. Bugungi kunda axborot texnologiyalari jamiyatimiz rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lib, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatning o‘ziga xos xususiyati shundaki, axborot texnologiyalari barcha mavjud texnologiyalar, xususan yangi texno logiyalar orasida yetakchi o‘rin egallamoqda. Axborot texnologiyasi va texnik vositalar samarasini belgilaydigan didaktik materiallardan keng foydalanish Pedagogik texnologiyarlarning asosiy belgilaridan biridir. Milliy dasturda ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishning bu muhim vositasiga alohida urg‘u berilgan. Axborotli vositalar (kompyuter, elektron aloqa, radio, televideniye) dan foydalanish darajasi ikki omil bilan aniqlanadi:
1. O‘quv jarayoni uchun axborotli vositalar samara beradigan mavzular
yuzasidan didaktik materiallarni ishlab chiqish.
2. Pedagoglarning o‘z amaliy faoliyatlarida texnik vositalar va didaktik
materiallardan metodik jihatdan to‘g‘ri foydalana olish tayyorgarligini tekshirish.
Axborotli ta’lim jarayoni oldindan pedagogik loyihalangandagina ko‘zlangan
maqsadga erishish mumkin. Pedagogik jarayonni kompyuterlashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri va Pedagogik texnologiyalar bilan shug‘ullanishi lozim bo‘lgan sohadir. Axborot texnologiyalari – kishilarning bilimlarini rivojlantiradigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo‘yicha imkoniyatlarini
kengaytiradigan ma’lumotlarni tashkil etish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash,
uzatish usullari va texnika vositalari hisoblanadi. Shuningdek, axborot
texnologiyalari deganda, ma’lum bir maqsadga erishish uchun amalga
oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi. Agar
texnologik zanjirni tashkil etuvchi jarayonlar, ular orasidagi axborot almashinuvini
tashkil etish va ularni uyg‘unlashtirishda kompyuterlardan foydalanish imkoniyati
yaratilsa, har qanday texnologiyaning samaradorligi ortadi. Albatta, buning uchun
mazkur texnologiyani sinchiklab o‘rganish, jarayonlaridagi va ular o‘rtasidagi
axborot almashinuvini, shuningdek, jarayonlar zanjirini (ya’ni texnologiyani)
boshqarishning axborot ta’minotini tahlil etish zaruriyati paydo bo‘ladi.
Hozirgi zamon axborot texnologiyalarining asosini quyidagi uchta texnika
yutug‘i tashkil etadi:
1. Axborotni mashina o‘qiydigan tushunchalarda jamlash muhitining paydo
bo‘lishi (magnit lentalar, kinofilmlar, magnit disklar va h.k.);
2. Axborotni yer sharining istalgan nuqtasiga vaqt va masofa bo‘yicha muhim
cheklashlarsiz yetkazishini ta’minlovchi aloqa vositalarining rivojlanishi, aholining
aloqa vositalari bilan keng qamrab olinishi (radio eshittirish, televideniye,
ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, yo‘ldosh aloqa, telefon tarmog‘i va h.k.);
3.Axborotni kompyuterlar yordamida berilgan algoritm bo‘yicha
avtomatlashtirilgan ishlab chiqish imkonini oshirish (saralash, tasniflash, kerakli shaklda ifodalash, yaratish va h.).
Axborot texnologiyalari, birinchidan, axborotning sirkulatsiyasi va ishlov
berish majmui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir. Axborot texnologiyalari
ta’lim jarayonida muhim o‘rin tutib, quyidagi vazifalarni hal etishga yordam
beradi:
- har bir odamga xos noyob fazilatlardan iborat individual qobiliyatlarni
o‘qitilayotgan o‘quvchi va talabalarda ochish, saqlash va rivojlantirish, ularda
bilish qobiliyatlarini, o‘zini o‘zi kamolotga yetkazishga intilishni shakllantirish;
- voqea va hodisalarni kompleks o‘rganishni, texnika, ijtimoiy, gumanitar
fanlar va san’at orasidagi o‘zaro bog‘liqlikning chambarchasligini ta’minlash;
- o‘quv-tarbiya jarayonlarining mazmun, shakl va metodlarini doimiy dinamik yangilash.
Ta’lim tizimi nuqtai nazaridan axborot texnologiyalarining joriy etilishi bilan
birga yuzaga keladigan quyidagi muammolar muhimdir:
1. Texnik muammolar – bular ta’lim tizimida foydalaniladigan elektron
hisoblash va mikroprotsessor texnikasiga qo‘yiladigan talablarni, uni qo‘llash
xususiyatlarini belgilaydi.
2. Dastur muammolari – bular ta’lim tizimida foydalanish uchun dastur
ta’minotining tarkibi va turlarini, ularning qo‘llanish tarkibi va xususiyatlarini
belgilaydi.
3. Tayyorgarlik muammolari – bular o‘qituvchi va o‘quvchi, pedagog va
talabalarning hisoblash texnikasidan foydalanish uquvi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Bugungi kunda ta’limni axborotlashtirishda asosiy yo‘nalish turli o‘quv
fanlari bo‘yicha pedagogik dastur vositalarini yaratishdan iborat bo‘lib qoldi.
Ammo mavjud va ishlab chiqilayotgan kompyuter texnikasi bazasidagi pedagogik
dastur vositalari o‘qitish nuqtai nazaridan ta’lim sifatida muhim siljishlarga olib kelishi mumkin. Buning sabablaridan biri kompyuter texnologiyalarini an’anaviy tashkil etilgan o‘qitish jarayonida joriy etila boshladi. U o‘zining asosiy mazmuni va metodlari bo‘yicha bu texnologiyalarga yo‘naltirilmagan va ularga ehtiyoj sezmaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Pedagogika fanlar o’qitish metodlari va ulardan foydalanishning zarur shartlari. Kirish I bob. Ta’limni rivojlantirish bosqichida pedagogik texnologiyalarning mohiyati
|