• Ta’lim metodlari
  • Ta’lim metodlari tasnifi
  • II-bob Pedagogika fanlarini o’qitishdagi metod va usullari




    Download 151,5 Kb.
    bet5/11
    Sana22.02.2024
    Hajmi151,5 Kb.
    #160745
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    MOHINUR. tayyor tog\'rlangani.doc 1

    II-bob Pedagogika fanlarini o’qitishdagi metod va usullari
    2.1 Mavjud shart-sharoyitlardan kelib chiqib metod va usullardan foydalanish
    Metod so’zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yo’li, usuli deganidir. Bu
    so’zning etimologiyasi (kelib chiqishi) uning ilmiy kategoriya sifatidagi talqinida
    ham aks etgan. “Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum
    tarzda tartibga solingan faoliyat”.
    Ta’lim metodlari - deyilganda, o’rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo’yicha o’qituvchining o’rgatuvchi ishi va talabalar o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi.
    Ta’lim usuli– ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni, Metodlar
    bilan usullar munosabati o’zaro bir-biriga bog’langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog’lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o’quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo’lishi mumkin. Va aksincha xuddi shu metod turli o’qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.
    Qoida – tanlab olingan metod bilan bog’liqlikda faoliyat usullarini amalga
    oshirish uchun qulay tarzda harakat qilish zarurligini belgilab beruvchi me’yoriy ko’rsatmalardir.
    Ta’lim metodlari tasnifi:
    1. An’anaviy (manbasiga ko’ra) ta’lim metodlari (E.I.Golant, N.M.Verzilin va bosh.)
    2. Talabalarning bilish faoliyati tavsifiga ko’ra ta’lim metodlari tasnifi
    (I.YA.Lerner va M.N.Skatkin).
    3. Asosiy didaktik maqsadlariga ko’ra ta’lim metodlari tasnifi (M.A.Danilov va B.P.Esipov).
    4. Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov).
    5. Yaxlit yondashuv bo’yicha ta’lim metodlari tasnifi (YU.K.Babanskiy).
    6. Ta’limning interfaol metodlari.

    Og’zaki

    Ko’rgazmali

    Amaliy

    Kitob bilan ishlash





    Videometod














    Hikoya
    Suhbat


    Tushuntirish
    Ma’ruza
    Munozara

    Illyustratsiya


    Demonstratsiya

    Mashq
    Amaliy


    Labaratoriya
    Didaktik o’yin

    O’qish
    O’rganish


    Reja tuzish
    Konspekt yozish

    Ko’rish O’rganish


    Nazorat qilish

    Asosiy didaktik maqsadlariga ko’ra ta’lim metodlaritasnifi:
    -Yangi bilimlarni egallash metodlari;
    - Ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodlari;
    - Bilimlarni amaliyotda qo’llash metodlari;
    - Bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat qilish metodlari.
    Ijtimoiy voqelik ta’limni boshqarish muammolarini ko‘rib chiqish va hal
    qilishni mustaqil yo‘nalish sifatida ajratib olish, ta’lim-tarbiya jarayonini
    boshqarishning asoslangan usul, vositalarini ishlab chiqish va joriy qilish zaruratini
    belgilab berdi.Uning o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish o‘rtasidagi tashkiliy boshqaruv, axborot aloqalari, ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik shaxsni shakllantirishdagi yaxlit jarayonning tarkibiy qismlari sifatini oshirdi.
    Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli
    ravishda faol ishtirok etishga qodir yosh avlodni shakllantirish «Kadrlar tayyorlash
    milliy dasturi» ning asosiy ustuvor yo‘nalishidir. Bu esa mamlakatning ijtimoiy siyosiy hayotiga demokratik asoslarini joriy etishni, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishni tezlashtirish imkonini beradi. Dastur ta’lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish orqali ta’lim boshqaruvini demokratlashtirishni o‘z ichiga oladi .


    Download 151,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 151,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II-bob Pedagogika fanlarini o’qitishdagi metod va usullari

    Download 151,5 Kb.