Mavzu: Pedagogika fanlar o’qitish metodlari va ulardan foydalanishning zarur shartlari. Kirish I bob. Ta’limni rivojlantirish bosqichida pedagogik texnologiyalarning mohiyati




Download 151,5 Kb.
bet4/11
Sana22.02.2024
Hajmi151,5 Kb.
#160745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MOHINUR. tayyor tog\'rlangani.doc 1

I Bob yuzasidan xulosa
Tahlillarning ko’rsatishicha, oxirgi yillarda o’qituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi yaxshi tayyorgarlik ko’rmaganligi, ularning bilim va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo bo’lib qolmoqda, malakali pedagog kadrlar yetishmasligi sezilmoqda. Ta’lim-tarbiya va o’quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog’lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas. Mutaxassislar tayyorlash, ta’lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo’layotgan islohotlar, yangilanish jarayonlari talablari bilan yetarli darajada bog’lanmagan. Aholi turli toifalarini “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi bo’yicha kasbga tayyorlash tizimining yetarli rivojlanmaganligi aksariyat katta yoshli aholi, shuningdek, ishsiz yoshlar va nogiron shaxslarning mehnat bozorida keraksiz bo’lib qolishiga olib kelmoqda. Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o’zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o’quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o’quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar hamda didaktik materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o’rtasida samarali o’zaro hamkorlik va o’zaro foydali integrasiyaning yo’qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi. Yuqorida ta’kidlanganlardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo’lsak, hozirgi davrda har bir mamlakat raqobatbardoshligi avvalo, uning ta’lim va fan darajasiga bog’liq. Iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishining zamonaviy holati inson faoliyatining kasbiy va kasbiy tayyorgarlik sifati darajasiga har qachongidan ham ko’proq talablar qo’ymoqda. Zamonaviy xodimning ma’lum bir ish faoliyatiga moslik darajasini baholash borasidagi talablar doimiy ravishda o’zgarib va kuchayib bormoqda. Bunda “Kasbiy kompetentlik” sifatida uning nafaqat kasbiy bilimlari, malaka va ko’nikmalari, balki mantiqiy fikrlashi, tashabbuskorligi, uddaburonligi, guruhda ishlash va hamkorlik qilishga bo’lgan qobiliyati, ma’lumotliligi va boshqa sifatlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 151,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 151,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Pedagogika fanlar o’qitish metodlari va ulardan foydalanishning zarur shartlari. Kirish I bob. Ta’limni rivojlantirish bosqichida pedagogik texnologiyalarning mohiyati

Download 151,5 Kb.