• B/B/B chizmasi –Bilaman/ Bilishni hohlayman/ Bilib oldim.
  • B/BX/B JADVALI
  • Erkin yozish
  • Besh minutlik esse”.
  • Ta’lim samaradorligini oshirishning interfaol usullaridan foydalanish yo’llari




    Download 151,5 Kb.
    bet8/11
    Sana22.02.2024
    Hajmi151,5 Kb.
    #160745
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    MOHINUR. tayyor tog\'rlangani.doc 1
    The Self , Basic english, Ilmiy ishlar ro\'yhati, 125544, BETLIKLAR, Документ Microsoft Word, 23-, У.Абдуллаева очик дарс 2, oxirgisi, Фалсафа, Информати, Педагогика, Инглиз тили тест 2023, 4-ma ruza, rangtasvir.pptxU.I, salvia-l-marmarak-turkumi-vakillarining-o-zbekistonda-tarqalishi-hayotiy-shakllari-va-ishlatilishi, 54 A1.1 3.Hafta sonu, Mavzu
    2.2 Ta’lim samaradorligini oshirishning interfaol usullaridan
    foydalanish yo’llari.

    Yangi bilimlarni berish metodlari-biz o`qitish metodlarini tasniflashda yetakchi metodlardan birini ajratdik. U bilimlar manbayi, yangi bilimlar hamda tariflarni berish; tushuntirish, hikoya, maktab maruzasi metodlari majmuyidir. Quyida ana shu metodlarning har birini alohida ko`rib chiqamiz. Tushuntirishni ayrim tushunchalar, voqealar, harakat printsiplarini og`zaki talqin etish deb anglash lozim. O`qitishning bu metodida eng asosiy narsa mashg`ulotlarni ilimiy isbotlash mantiqdir. Ilimiy fikrlash mantiqi tushuntirishga qo`yiladigan asosiy talabni belgilaydi. Bu nimani belgilaydi? Avvalo o`qituvchi yangi materialni o`tishda foydalanilgan o`quv predmetining ilimiy mazmunini chuqur bilishi, dars uchun zarur metodlarni tanlay olishi va tushuntirishning samaradorligini belgilashi kerak. Bundan tashqari bolalar mazkur metodlarni o`rganishning maqsadini aniq `belgilashi ularga qiziqarli bo`ladigan faktli materialni tanlashi lozim. Uning uchun esa o`qituvchi o`quvchilarning psixologik va yosh hususiyatlarini yahshi bilishi tushuntirishda ularning diqqatini tez jalb etishi va bilishiga doir ishlarni faollashtirishi zarur. O`qituvchning nutqi yorqin, aytilgan so`zlari bolalarga tushunarli bo`lishi kerak.
    Pedagogik texnologiya masalalari, muammolarini o’rganayotgan o’qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog’liq, hamda o’qitish
    jarayonida qo’llanilishi zarur bo’lgan komp`yuter, masofali o’qish, yoki turli
    texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Bizning fikrimizcha, pedagogik
    texnologiyaning eng asosiy negizi bu o’qituvchi va o’quvchining belgilangan
    maqsadidan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari tanlangan
    texnologiyalarga bog’liq deb hisoblaymiz, ya’ni o’qitish jarayonda, maqsad
    bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa qila olsalar,o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu o’qitish jarayonining asosi xisoblanadi.
    Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni
    o’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o’quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan,
    oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir. Pedagogik texnologiya ta’lim maqsadlariga erishish va shaxsni rivojlanishiga qaratilgan pedagogik faoliyatni muttasil ravishda rivojlantirish tizimi loyihasidir. An’anaviy ta’lim texnologiyasida quyidagicha afzallik tomonlarini ko’rsatish mumkin: Ma’lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni o’rganishga foydaliligi, o’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilish, vaqtdan unumli foydalanish va aniq ilmiy bilimlarga tayanish. Kamchiliklariga to’xtaladigan bo’lsak: o’quvchilar passiv ishtirokchi bo’lib qoladilar, o’qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi, o’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi, eslab qolish darajasi hamma o’quvchilarda bir hil bo’lmaganligi sababli, guruh bo’yicha o’zlashtirish darajasi past bo’lib qolishi mumkin, mustaqil o’rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.
    Noan’anaviy ta’lim texnologiyasining afzallik tomonlariga to’xtalib o’tadigan bo’lsak: o’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi, o’z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi, tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi, o’qitish usullarining turli xil ko’rinishlarini taklif etilishi,
    motivatsiyaning yuqori darajada bo’lishi, o’tilgan materialning yaxshi eslab
    qolinishi, muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishi, o’z–o’zini
    baholashning o’sishi, o’quvchilarning predmetning mazmuniga, o’qitish jarayoniga
    bo’lgan ijobiy munosabati, mustaqil fikrlay oladigan o’quvchining shakllanishiga
    yordam berish, nafaqat mazmunini o’zlashtirishga, balki tanqidiy va mantiqiy
    fikrlashni rivojlantirishga yordam berishi, muammolarni echish ko’nikmalarining shakllanishi. Kamchilik tomonlari esa: Ko’p vaqt talab etilishi, o’quvchilarni har doim ham to’liq nazorat qilish imkoniyatining pastligi, juda murakkab mazmundagi material o’rganilayotganda ham o’qituvchi rolining past bo’lishi, kuchsiz o’quvchilar bo’lganligi sababli kuchli o’quvchilarning past baho olishi, o’qituvchilarning o’zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolaryechish ko’nikmalariga ega bo’lishining talab etilishi va h.k.
    Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, noan’anaviy ta’lim texnologiyasi quyidagilarga imkon yaratadi: o’z nuqtai nazari va fikr – mulohazalarini aniq, ishonchli tarzda bayon qilishga o’rgatadi, mustaqil fikrlash qobiliyatini
    rivojlantiradi, axborot va uning manbalarini tadqiq qilish va baholashga o’rgatadi,
    yuzaga kelgan vaziyatlarning sabab – oqibatli munosabatlarini topish, tahlil qilish, aloqalarini aniqlashga o’rgatadi, muammolarni qo’yish va ularning yechimini topish qobiliyatlarini rivojlantiradi, shaxslararo muloqot va munozaralar yuritish malakalarini rivojlantiradi, o’qituvchi va o’quvchilarni ijodiy izlanishga undaydi.
    Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni pedagogik texnologiyalardan farqi bir
    butunlikda yondoshish, loyihalashtira olish, oddiydan murakkabgacha ishlab
    chiqarish jarayoniga muvofiq yuqori natijalarga erishish yangi loyihalar tajribalar
    ustida ishlashligi bilan farq qiladi.
    Innovatsion so’zi inglizcha innaveshin so’zidan olingan bo’lib yangiliklar
    kiritish degan ma’noni anglatadi. Innovatsion pedagogik texnologiyalarning
    maqsadi ta’lim jarayonida interfaol usullari qo’llay bilishlikdir. Innovatsion so’zi
    inter – orasida, o’rtasida degan ma’nolarni anglatadi. Demak, ikki kishi orasida, jamoa o’rtasidagi faollik degan manoni kasb etadi. Ilg’or pedagogik texnologiya ta’lim jarayonida bir butunlikdagi yondashish, yuqori natijalarga erishish borasidagi ilmiy – amaliy asoslangan loyihlarni tahlildan o’tkazib, ularni qo’llash maqsadida tashviqot ishlarini muntazam olib borishini ta’minlaydi. B/B/B chizmasi –Bilaman/ Bilishni hohlayman/ Bilib oldim. Mavzu, matn, bo’lim bo’yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. O’quvchilar:
    1. Jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida /kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar.
    2. “Mavzu bo’yicha nimalarni bilasiz” va “Nimani bilishni xohlaysiz” degan
    savollarga javob beradilar (oldindagi ish uchun yo’naltiruvchi asos yaratiladi).
    Jadvalning 1 va 2 bo’limlarini to’ldiradilar.
    3. Ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil o’qiydilar.
    4. Mustaqil/kichik guruhlarda jadvalning 3 bo’limni to’ldiradilar B/BX/B JADVALI

    Bilaman

    Bilishni xohlayman

    Bilib oldim







    Erkin yozish”O’qituvchi o’quvchilarga besh minut vaqt davomida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi haqida bilganlarini daftarlariga yozishni so’raydi. Vaqt tugagach, ba’zi o’quvchilardan yozganlarini o’qib berishni so’raydi. Vaqtdan yutish uchun qolgan o’quvchilar avval o’z yozganlarini o’qib bergan o’quvchilarnikiga
    o’xshamagan fikrlarini aytishlari mumkin. “Besh minutlik esse”.
    Yozma topshiriqning ushbu turida o’quvchilardan quyidagi ikki topshiriqni
    bajarish: mazkur mavzu bo’yicha ular nimalarni o’rganganliklarini mustaqil bayon
    etish va ular baribir javobini ololmagan bitta savol berish so’raladi.
    KLASTER
    Klaster -axborot xaritasini tuzish yo’li - barcha tuzilmaning mohiyatini
    markaz-lashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida
    g’oyalarni yig’ish bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlashjarayoniga mavzu bo’yicha yangi o’zaro bog’lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.
    O’quvchilar:
    1. Yozuv taxtasi yoki katta qog’oz varag’ining o’rtasiga “Didaktika” degan
    mavzu nomi yoziladi Jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar.
    2. Birikma bo’yicha asosiy so’z bilan uning yonida mavzu bilan bog’liq so’zlar
    kichik doirachalar “yo’ldoshlar” yozib qo’shiladi. Ularni “asosiy” so’z bilan
    chiziqlar yordamida birlashtiradilar. Bu “yo’ldoshlardan” “kichik yo’ldoshlar”
    chiqariladi. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g’oyalar tugagunicha davom
    etishi mumkin.
    3. Muhokama uchun klasterlar bilan almashinadilar.
    KONTSEPTUAL JADVAL
    Kontseptual jadval o’rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va
    undan ortiq jihatlari bo’yicha taqqoslashni ta’minlaydi. Tizimli fikrlash,
    ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
    O’quvchilar:
    1. Kontseptual jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Taqqoslanadiganlarni
    aniqlaydilar, olib boriladigan taqqoslanishlar bo’yicha xususiyatlarni ajratadilar
    2.Alohida yoki kichik guruhlarda kontseptual jadvalni to’ldiradilar:
    -uzunlik bo’yichataqqoslanadigan (fikr, nazariyalar) joylashtiriladi;
    - yotig’i bo’yichataqqoslanish bo’yicha olib boriladigan turli tavsiflar yoziladi.
    3. Ish natijalarining taqdimoti.

    Download 151,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 151,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim samaradorligini oshirishning interfaol usullaridan foydalanish yo’llari

    Download 151,5 Kb.