• Ikki qismli kundaliklar
  • Mavzu: Pedagogika fanlar o’qitish metodlari va ulardan foydalanishning zarur shartlari. Kirish I bob. Ta’limni rivojlantirish bosqichida pedagogik texnologiyalarning mohiyati




    Download 151,5 Kb.
    bet9/11
    Sana22.02.2024
    Hajmi151,5 Kb.
    #160745
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    MOHINUR. tayyor tog\'rlangani.doc 1

    VENN DIAGRAMMASI
    VENN DIAGRAMMASI - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini
    solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi.
    Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
    O’quvchilar:
    1) kichik gurhlarda Venn diagrammasini tuzadilar vakesishmaydigan joylarida Bobur, Navoiy, Jomiy va Davoniyning axloqiy tarbiyaga oid fikrlarini
    oydinlashti-rib olib, to’ldiradilar.
    2) juftliklarga birlashadilar, o’zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va
    to’ldiradilar.
    3) doiralarning kesishuvchi joyida ikki doira uchunumumiy bo’lgan fikrlar
    ro’y-xatini tuzadi.
    4) ish natijalarining taqdimoti.
    Ikki qismli kundaliklar Ikki qismli kundaliklar (Bertalf, 1981) o’quvchilarga matn mazmunini o’z shaxsiy tajribasi bilan chambarchas bog’lash, o’zining tabiiy qiziquvchanligini qondirish imkonini beradi. Ayniqsa, o’quvchilar qandaydir adabiyotlarni o’quv auditoriyasidan tashqari o’qib chiqish topshirig’ini olishganida ikki qismli kundaliklar foydalidir. Ikki qismli kundalik uchun o’quvchilar yozilmagan qog’ozning o’rtasidan tik chiziq o’tkazib, uni ikkiga ajratishlari kerak. Qog’ozning chap tomoniga matnning qaysi qismi ularga eng ko’p taassurot qoldirganini qayd etishadi. Ehtimol, u qandaydir xotirani uyg’otar yoki hayotlarida yuz bergan voqealarni esga tushirar, yoki shunchaki taajjubga solar. Yoxud ularning qalbida keskin norozilik hissini uyg’otar. O’ng tomonida ular sharh berishlari kerak: ayni shu tsitatani yozishga ularni nima majbur etdi? Ularga qanday fikrlar uyg’otdi? Shu munosabat bilan ularda qanday savol tug’ildi? Qisqasi, matnni o’qirkan, o’quvchilar vaqti-vaqti bilan to’xtashlari va o’zlarining qo’shaloq kundaliklarida shunday belgilar qo’yib borishlari kerak.
    Bayonot Maqsadi:
    - instsenirovka taklif etilgan mavzu yoki qandaydir qo’yilgan vaziyatga
    o’zining munosabatini konspektiv tarzda bayon etish, nutq ayta olish, tezkor
    fikrlay olishni rivojlantirish maqsadida o’tkaziladi;
    - chiqishlarni tahlil qilish va baholash, ma’ruza qiluvchilarni baholash
    mezonlarini ishlab chiqish ko’nikmasini shakllantiradi.
    1. Pedagog yoki boshqa boshlovchi mavzuni, maqsadni e’lon qiladi va unga
    qiziqishni rivojlantiradi.
    2. Ekspertlar va sekretar belgilanadi.
    3. Qaysi mavzu bo’yicha, ma’ruzachilar o’zlarini qanday vaziyatda tasavvur
    qilishlari va qanday ko’rsatkichlar bo’yicha baholanishlari aytib o’tiladi.
    4. Tayyorlanish uchun vaqt beriladi. Har bir ishtirokchi indiviudal tarzda
    o’zining ma’ruzasini tayyorlaydi.
    5. Keyin ishtirokchilarga navbati bilan so’z beriladi. Ma’ruzalar besh
    minutdan oshmasligi kerak. Qolgan tinglovchilar ma’ruzachilarni tinglashadi.
    6. Ma’ruzalar tugaganidan so’ng, ekspertlar chiqishlarni aytib o’tilgan
    mezonlar bo’yicha baholashadi. Chiqishlarni tahlil etish uch bosqichda amalga
    oshiriladi. Har bir ekspert chiqishga mos bahoni qo’yadi va ma’ruzachining o’rnini
    belgilaydi. Keyin o’zining tashabbusi bilan yonidagi sherigi bilan baholash
    bo’yicha aloqaga kirishadi. Zaruriyat tug’ilganda, o’zining bahosiga o’zgartirish
    kiritadi. SHundan so’ng, umumguruhiy munozara o’tkaziladi. Chiqishlarning
    mazmuni tahlil qilinadi, ma’ruzachilarning xatti-harakatlaridagi ijobiy va salbiy jihatlar aniqlashtiriladi.
    7. Texnik ekspert ma’ruzachilar egallagan o’rinlarni e’lon qiladi.



    Download 151,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 151,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Pedagogika fanlar o’qitish metodlari va ulardan foydalanishning zarur shartlari. Kirish I bob. Ta’limni rivojlantirish bosqichida pedagogik texnologiyalarning mohiyati

    Download 151,5 Kb.