• Pishitilgan ipning notekisligi.
  • Pishitilgan ipning yo`g’onligi (nomeri)




    Download 2.25 Mb.
    bet4/6
    Sana31.05.2023
    Hajmi2.25 Mb.
    #68054
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mavzu Pishitilgan iplar ishlab chiqarish va uning mohiyati
    51154, Natural food additives, ingredients and flavourings PDFDrive (2), 7-12....AS....P....Definition Of Puzzolanic Properties Active Mineral Additives In Portlandcement, 5 мавзу, Tikuv, trikataj va zardo’zlik buyumlari texnologiyasi, Абулов .orginaldocx, INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3, Organik kompleks hosil qiluvchilar ularning yutuq va kamchilikla, To`qimachilik materialshunosligi U.M.Matmusayev, tikuv-mashina (1), 40303de1-1572-451a-b96c-cc46abac4570, portal.guldu.uz-Testlar (1), 9 027, Наренова (30), Biotechnology of Bioactive Compounds Sources and Applications PDFDrive (1)
    Pishitilgan ipning yo`g’onligi (nomeri).
    Agar qo`shib pishitilayotgan yakka iplarning yo`g’onligi bir xil bo`lsa, pishitilgan ipning yo`g’onligi quyidagicha topiladi:
    Tp = Tya·m,
    bu erda: m – qo`shilayotgan yakka iplarning soni.
    Agar qo`shib pishitilayotgan yakka iplarning yo`g’onligi har xil bo`lsa, pishitilgan ipning yo`g’onligi quyidagicha topiladi:
    Tp = T1 + T2 + T3 + … Tp ,
    bu erda: T1 , T2 , T3 + … Tp ,


    Pishitilgan ipning notekisligi.

    Pishitilgan ipning bir tekis bo`lishi undan yuqori sifatli buyumlar ishlab chiqarish garovidir. Pishitilgan ipning yo`g’onligi va pishiqligi bo`yicha bir tekisligi katta ahamiyatga ega. Amalda bu ko`rsatgichlar yakka ipdagi xuddi shu ko`rsatgichlardan ancha yuqori bo`ladi, chunki bunda bir nechta iplar qo`shib pishitiladi.


    Pishitilgan ipning yo`g’onligi bo`yicha notekslik koefficienti quyidagicha kamayadi:

    Qo`shishlar soni m Notekislik koefficienti


    2 0,90
    3 0,85
    4 0,80
    Ipning pishiqligi bo`yicha notekislik koefficienti quyidagicha kamayadi:

    Qo`shishlar soni m Notekislik koefficienti


    2 0,75
    3 0,65
    4 0,55

    Yuqorida keltirilgan hossalardan tashqari, pishitilgan ipning pastlikligi, zichligi, silliq (yaltiroq) ligi ham zarur xossalardan hisoblanadi. Mana shu hamma xossalarga ega bo`lgan pishitilgan ip a`lo sifatida bo`ladi va undan a`lo sifatli buyumlar tayyorlanadi.


    Pishitilgan ip olish uchun halqali ip pishitish mashinalari ishlatiladi. Pishitilgan ipning nimaga ishlatilishiga qarab, har xil markadagi ip pishitish mashinalaridan foydaniladi. Pishitilgan usullarga ko`ra quruqlayin va ho`llab pishitilgan iplar bo`ladi. Shuning uchun mashinalar ham quruqlayin va ho`llab pishitishga mo`ljallangan bo`ladi. Odatda, pishitilgan ipga yuqori talablar qo`yilasa, yakka iplar ho`llab pishitiladi.
    Hozir pishitilgan ip ishlab chiqarishda bir necha markadagi ip pishitish mashinalari qo`llaniladi.
    Iplarni quruqlayin pishitisha quyidagi markali mashinalar ishlatiladi: K-66-1, K-83-1, K-100-1, K-132, K-176-2 va hokazo.
    Ho`llab pishitishda quyidagi markali mashinalar ishlatiladi: KM-66-1, KM-83-1, KM-100-1, KM-128-1, KM-132 va hokazo.
    Bundan tashqari, ip pishitish mashinalari engil va og’ir tipdagimashinalarga bo`linadi. Masalan, K-66-1, KM-66-1, K-83-1, KM-83-1, K-100-1, KM-100-1 mashinalari engil tipdagi mashinalarga kiradi. Bu mashinalar yo`g’onligi 25×2, 5,88×2 (№ 40/2 – 170/2), 20×3 – 5,88×3 teks (№ 50/3 – 170/3) bo`lgan iplarni pishitish uchun ishlatiladi. Bu iplar, asosan, to`quvchilik, trikotaj, deraza pardalar (to`rlar) va odatdagi g’altakka o`ralgan iplar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
    Og’ir tipdagi ip pishitsh mashinalarining markalari quyidagilardan iborat: K-132, KM-132, KM-128-1, K-176-2. Bu mashinalar texnik gazlama va buyumlar (avtomabil` pokrishkasi uchun ishlatiladigan kord, dvigateldan mashinalarga harakat uzatuvchi tasmalar, baliq ovlash uchun to`rlar va hokazo) tayyorlash uchun ishlatiladi. Og’ir tipdagi mashinalarning engil tipdagi mashinalardan farqi shundaki, bu mashinalarda qo`shib pishitilayotgan yakka iplarning soni 4 dan 30 gacha, halqalarning diametlari katta, mashinaning ish unumi yuqori bo`ladi.

    Download 2.25 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 2.25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pishitilgan ipning yo`g’onligi (nomeri)

    Download 2.25 Mb.