• 8-rasm.KM-128 markali og’ir tipdagi ipni ho`llab pishitish mashinasining sxemasi (a) va ipning zapravka qilinishi (b).
  • Ip pishituvchi mashinaning ta`minlovchi apparati
  • Halqali ip pishitish mashinasining umumiy tuzilishi va ishlashi




    Download 2.25 Mb.
    bet5/6
    Sana31.05.2023
    Hajmi2.25 Mb.
    #68054
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mavzu Pishitilgan iplar ishlab chiqarish va uning mohiyati
    51154, Natural food additives, ingredients and flavourings PDFDrive (2), 7-12....AS....P....Definition Of Puzzolanic Properties Active Mineral Additives In Portlandcement, 5 мавзу, Tikuv, trikataj va zardo’zlik buyumlari texnologiyasi, Абулов .orginaldocx, INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3, Organik kompleks hosil qiluvchilar ularning yutuq va kamchilikla, To`qimachilik materialshunosligi U.M.Matmusayev, tikuv-mashina (1), 40303de1-1572-451a-b96c-cc46abac4570, portal.guldu.uz-Testlar (1), 9 027, Наренова (30), Biotechnology of Bioactive Compounds Sources and Applications PDFDrive (1)
    Halqali ip pishitish mashinasining umumiy tuzilishi va ishlashi

    Ip pishitish mashinalari tuzulishi halqali ip yigiruv mashinalarnikiga o`xshaydi. Asosiy farqi shundaki, ip pishitish mashinalarida, halqali ip yigirish mashinasidek, cho`zish asbobi bo`lmaydi, uning o`rninga silliq cilindr va uning ustiga qo`yilgan silliq va o`z massasi bilan bosib turuvchi valikdan iborat bo`lgan juft o`rnatilgan. Bu juft orasidan ip bir xil taranglikda o`tadi.


    a b
    8-rasm.KM-128 markali og’ir tipdagi ipni ho`llab pishitish mashinasining sxemasi (a) va ipning zapravka qilinishi (b).


    Ipni ho`llab pishitish mashinasining sxemasi 8-rasm, a da, ipni mashinaga zapravka qilish esa b rasmda ko`rsatilgan. Ipni qo`shib o`rash mashinasidan olingan bobina 1 ga o`ralgan ip mashina ramkasiga o`rnatilgan shpil`ka 2 ga kiygiziladi. Ip yo`naltiruvchi chiviq 3 orqali egilib o`tib, trietilamin emul`siyasi quyilgan tog’ora 5 ning ichidagi shisha chiviq 4 orqali o`tadi. Ipning ho`llanishi shisha chiviqni maxsus mexanizm yordamida tog’oradagi emul`siyaga botirish yo`li bilan rostlab turiladi. So`ngra ip ko`zli chinni vodilka 6 dan o`tib, chiqaruvchi asbobga boradi.


    Chiqaruvchi asbob silliq cilindrlar 7 va 8 dan iborat bo`lib, uni ustiga o`z massasi bilan bosib turuvchi valik 9 o`rnatilgan. Ip ular orasidan bir xil taranglikda o`tadi.
    Ip chiqaruvchi asbobdan yaxshi qisilib o`tish uchun ustki valikning massasi 2 – 2,7 kg gacha bo`ladi. Bundan normal bosim

    bu erda: G – ustki valikning massasi, kg; cos ββ, burchakning kosinusi.

    Chiqaruvchi asbobdan chiqqan ip o`tkazgich 10 ga yo`naladi va begunok orqali o`tib, urchuq 11 ga o`rnatilgan naychaga yoki g’altakka o`raladi.




    Ip pishituvchi mashinaning ta`minlovchi apparati



    9-расм.Ип пишитувчи машинанинг таъминловчи аппарати: а)- иш ҳолати, б) – ип узилгандаги ҳолати.


    Ipning chiqaruvchi asbobdan o`tishini va ip uzilganda ipning kelishini to`xtatuvchi. ya`ni ta`minlovchi appart – mexanizm 9-rasm,
    a va b da ko`rsatilgan. U quyidagicha ishlaydi. Ip tutkich 2 dan o`tayotgan ip sim ramka 1 ni ish holatida tutib turadi (9-rasm). Naychadagi ip uzilsa yoki tugasa, ramka o`q 3 atrofida aylanadi va ip siljib ustki valik 4 ning chetidagi o`yiq 5 ga tushadi. Natijada ip ikkita chiqaruvchi cilindr o`rtasida siqilmaydi. Shu sababli ipning kelishi (berilishi) to`xtaydi. 9-rasm b da mexanizmning ip uzilgandagi holati ko`rsatilgan.
    Ipni pishitish va o`rash mexanizmlari xuddi ip yigiruv mashinasinikiga o`xshash bo`ladi. Ammo halqa va begunoklarning konstrukciyasi bir oz boshqacha bo`ladi. Ba`zi halqalarning konstrukciyasi murakkab bo`lib, qimmatga tushudi. Shu sababli halqalar tez ishdan chiqmasligi uchun begunoklar latundan maxsus shaklli qilib yasaladi.
    10-rasm.Pilik yordamida o`zi moylanadigan halqa (a), begunok (b).

    Begunok halqa bo`ylab bir tekis va tinch aylanishi uchun halqa moylab turiladi. Hozir ishlab turgan ip pishitish mashinalariga pilik yordamida o`zi moylanadigan halqalar o`rnatilgan ( 10-rasm,a). Halqaning ichki ish devorida spiralsimon o`yiq 1 bo`lib, unga jun pilik kirgizib qo`yiladi (10-rasm,a). Pilikning bir uchi halqali plankaning orqa tomonida joylashgan moyli rezervuar 2 ga tushurib qo`yiladi. Pilik moyni shimib, halqani moylab turadi.


    Ish jarayonida ip begunokning A nuqtasidan o`tadi. Shuning uchun begunokning ich tomoni kyiladi. Ip mana shu erda titilib, uziladi. Shuning uchun begunok 115 – 120 soat ishlagandan keyin hamma urchuqlardagi begunoklar almashtiriladi (10-rasm, b).
    Ipning begunok bilan naycha (g’altak) o`rtasida taranglanish kuchi R ni quyidagi formuladan aniqlash mumkin.

    bu erda: Rh – halqaning radiusi, mm; f – begunok bilan halqa o`rtasidagi ishqalanish koefficienti; gbegunokning massasi; r; n6 – begunokning tezligi, min1; ro` – o`rash radiusi, mm.
    Ko`rinib turibdiki, ipning tarangligi o`rash radiusiga teskari proporcional ekan.
    Ballonda begunokdan o`tayotgan taranglik kuchi T6 quyidagi formuladan aniqlanadi:

    bu erda: To` – o`rashdagi taranglik, r ; µ – ip bilan begunok o`rtasidagi ishqalanish koefficienti (µ = 0,3); π – α – ipning begunokni qamrash burchagi radian; K – begunokdan chiqayotgan va unga kirayotgan ipning taranglik nisbati (K = 2,3 – 1,8).

    Download 2.25 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 2.25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Halqali ip pishitish mashinasining umumiy tuzilishi va ishlashi

    Download 2.25 Mb.