• Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a)
  • BILIB OLING. Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan sifatlar qoshma sifatlar hisoblanadi. Qoshma sifatlar, asosan, qoshib yoziladi.
  • IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’
  • Mavzu: qo’shma sifat va ularning yozilishi




    Download 1,5 Mb.
    bet2/2
    Sana09.06.2024
    Hajmi1,5 Mb.
    #261890
    1   2
    Bog'liq
    Yil o`qituvchisi

    Darsning tarkibiy qismi
    (bosqichlari)

    Ajratiladigan vaqt (reglament)

    1

    Tashkiliy qism

    5 daqiqa

    2

    Ma’naviyat daqiqasi

    3

    O‘tilgan mavzuni takrorlash

    5 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni tushuntirish

    25 daqiqa

    5

    Mustahkamlash

    5 daqiqa

    6

    O‘quvchilarni baholash

    5 daqiqa

    7

    Uyga vazifa berish

    Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
    Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar...
    Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
    Foydalaniladigan adabiyotlar:
    «Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
    I. Darsning borishi:
    a) salomlashish;
    b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish;
    c) kirish suhbati, o`quvchilarning og`zaki nutqini o`stirish/
    II. Otgan mavzuni sorash.
    a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
    b) Frontal (guruh bilan ishlash
    III. Yangi mavzu
    Topshiriq. Berilgan so'zlarning tarkibini aniqlang. Imlosiga e'tibor bering.
    Erksevar. ochko'z, kulrang, mehmondo'st, devqomat, sheryurak.


    BILIB OLING. Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan sifatlar qo'shma sifatlar hisoblanadi. Qo'shma sifatlar, asosan, qo'shib yoziladi.

    341-mashq. Gaplarni ko'chiring. Qo'shma sifatlarni aniqlab, ularning qanday so'z turkumlaridan yasalganini izohlang.


    1. Hulkarning och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o'ynaydi. (P. Qodirov) 2. Markaziy Osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi. (B. Ahmedov) 3. Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g'oyalar bilan uyg'unlashib ketgan. (S. Olimov) 4. Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag'ishlaydi. (Rahmon Qo'chqor) 5. Ona yerning xushbo'y tafti mast qiladi kishini. (E. Oxunova) 6. U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum-yumaloq, baqaloq bo'lsa,
    342-mashq. Qo'shma sifatlarni aniqlang. Ular ishtirokida og'zaki gaplar tuzing.
    1. Samig' aka elliklardan oshgan, tarvuzdek yum-yumaloq, hazilkash, shirinso'z odam (E. Usmonov) 2. O'zbek xalqi mehmondo'st xalq. (K. Xolmuhammedov) 3. Ko'z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg'itib o'ynayotgan polvonlar ketmasdi. (Y. G'oziyev) 4. Osmono'par koshonalar, yangi libos kiygan cho'l-u sahrolar tasviri qo'shiq parvoziga esh bo'ladi. (Otayor)
    1. Qo'shma sifatlar deb nimaga aytiladi?
    2. Ot + ot tipidagi qo'shma sifatlarga misollar ayting.
    3. Sifat + ot tipidagi qo'shma sifatlarga misollar keltiring.

    343-mashq. Uyga vazifa. Qo'shma sifatlarni topib, izohlang.


    1. Shirinsuxan, oqko'ngil insonlar mevali daraxtga o'xshaydi: hamma ulardan bahra oladi. 2. Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. 3. Mehnatsevar, zahmatkash insonlar odamlarning ko'rki, ishyoqmaslar esa ularning og'riq joyidir. 4. Toshbag'ir odamdan yaxshilik kutma. 5. Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo oboddir. 6. Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o'xshaydi.
    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Ogzaki savol-javob.
    V. Uyga vazifa
    VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
    direktor o’rinbosari: ________
    Download 1,5 Mb.
    1   2




    Download 1,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: qo’shma sifat va ularning yozilishi

    Download 1,5 Mb.