|
Internet tizimida faoliyat olib boruvchi kompaniyalarning kapitalizatsiyasi
|
bet | 25/27 | Sana | 07.05.2021 | Hajmi | 59,78 Kb. | | #14371 |
Internet tizimida faoliyat olib boruvchi kompaniyalarning kapitalizatsiyasi asossiz ravishda juda ham ko’payib ketishi hamda kriptoaktivlar bahosining “moliyaviy puffak” ko’rinishida haddan tashqari ortib ketishi;
Internet tarmog’ida reklama-biznesi bilan shug’ullanuvchi kompaniyalarning daromadlari sarf-harajatlaridan ko’ra ancha ko’proq kattalikka ega bo’lib ketishi;
Tarmoqdagi tadbirkorlar nafaqat moddiy boyliklar va hizmatlarni, balki raqamli va elektron tovarlarni ham sotish bilan shug’ullana boshladilar. Masalan, 2016 yilda internet savdoning umumiy hajmi bir trillion dollardan ham ortib ketdi. Elektron tijoratda esa eng katta ulushni avia- va temir yo’l chiptalari sotuvchi kompaniyalar egallab turibdi;
Intellektual mulkka egalikning yangi litsenziya turlari (halq litsenziyalari - Public Lisence) paydo bo’lishi. Bunda yaratilgan mahsulot yoki hizmatga ko’pchilikning egalik qilish qoidasi amal qiladi. Masalan, halq tomonidan intellectual mulkka egalik qilishga imkon beradigan Creative Common (CC) turidagi litsenziyalar, ochiq dasturiy ta’minot uchun jamoaviy litsenziyani ko’zda tutadigan General Publik License (GPL, GNU);
Virtualizatsiya bo’yicha ko’rsatiladigan hizmat turlari asta-sekinlik bilan dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarni va komp’yuterchilarni bozordan siqib chiqara boshladi. Masalan, SONY korporatsiyasi ham noutbuklarni korporativ zakazga binoan ishlab chiqarishni boshladi, chunki mijozlar borgan sari talabchan bo’lib borayaptilar va shu tufayli sifatli tovar va hizmatlarni istab qoladiar.
|
| |