|
Mavzu rejasi: Bolalar tushunchalari jismoniy tarbiyasi fanining maqsadi va predmeti Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining asosiy tushunchalari. Kuzatuvni tashkil etish metodikasi. Maktabgacha ta’lim muassasasi ish hujjatlarini о‘rganish
|
bet | 3/5 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 77,5 Kb. | | #146092 |
Bog'liq M4-Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining rivojlanish tizimiJismoniy tayyorgarlik – bu jismoniy tarbiyaning kasbiy yo‘nalganligi
(aktyor, uchuvchi, kosmonavt…va boshqalarning jismoniy tayyorgarligidir). U
konkret kasb xususiyatiga ko‘ra o‘tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari,
vositalari, o‘tkazish metodikasining o‘ziga xosligi bilan harakterlanadi.
Jismoniy ta’lim – jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat ko‘nikma
va malakalarini egallashdan iborat bir turi.
Jismoniy mashqlar – harakatlar, harakat faoliyatlari, harakat faoliyatining
murakkab turlari (harakatli o‘yinlar) bo‘lib, ular jismoniy tarbiya vazifalarini hal
etish uchun vosita sifatida tanlab olingan. “Mashq” iborasi harakat faoliyatini bir
necha bor takrorlash jarayonini ifodalaydi.
Sport – bu musobaqa jarayonida namoyon bo‘ladigan, u yoki bu jismoniy
mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yo‘naltirilgan maxsus faoliyat
sanaladi.
Jismoniy madaniyat – umumiy madaniyatning bir qismi, jamiyatning
ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to‘plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi
moddiy va ma’naviy boyliklari majmuasi.
Moddiy boyliklarga sport inshootlari: (stadionlar, sport zallari, basseynlar,
tennes kortlari…), jismoniy tarbiya jihozlari, maxsus kiyim, poyabzal va boshqalar
kiradi, shuningdek, kishilarning jismoniy kamolot darajasi ham kiradi.
Ma’naviy boyliklarga esa jismoniy tarbiya haqidagi fan va san’at asarlari
(adabiyot, haykaltaryoshlik, rang-tasvir, grafika, muzika va yuoshqalar) mansub.
Jismoniy harakat – ijtimoiy harakatning o‘z oldiga aholi jismoniy tarbiyasi
darajasini oshirish va sportni rivojlantirishga yordam berishni maqsad qilib
qo‘ygan maxsus turi. U davlat, jamoat tashkilotlari va xalq ommasining jismoniy
madaniyat va sportni rivojlantirish sohasidagi maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini
ko‘zda tutadi.
Bolalar tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining tadqiqot metodlari.
Jismoniy tarbiya metodikasida tadqiqot metodlarining о‘ziga xos xususiyatlari
Jismoniy tarbiya nazariyasida tadqiqot metodlaridan foydalaniladi, ular:
1. Nazariy tahlil va umumlashtirish metodlari.
2. Pedagogik tadqiqot metodlari.
3. Eksperimental (tajriba – sinov) metodlari.
a) tabiiy eksperiment.
b) laboratoriya eksperimenti.
4. Matematik metodlar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu rejasi: Bolalar tushunchalari jismoniy tarbiyasi fanining maqsadi va predmeti Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining asosiy tushunchalari. Kuzatuvni tashkil etish metodikasi. Maktabgacha ta’lim muassasasi ish hujjatlarini о‘rganish
|