|
Jismoniy tarbiya metodikasining asosiy tushunchalari
|
bet | 2/5 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 77,5 Kb. | | #146092 |
Bog'liq M4-Bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va texnologiyalari fanining rivojlanish tizimiJismoniy tarbiya metodikasining asosiy tushunchalari:
1.
Jismoniy rivojlanish.
2.
Jismoniy tayyorligi.
3.
Jismoniy kamolot.
4.
Jismoniy tarbiY.
5.
Jismoniy tayyorgarlik.
6.
Jismoniy ta’lim.
7.
Jismoniy mashqlar.
8.
Harakat faoliyati.
9.
Sport.
10.
Jismoniy madaniyat.
11.
Jismoniy harakatlar.
Jismoniy rivojlanish – bu kishi organizmi shakl va funksiyalarining
o‘zgarish jarayoni sanaladi. “Jismoniy rivojlanish” iborasi tor ma’noda
qo‘llanilganda, u antropometrik va biometrik ko‘rsatkichlarni anglatadi (bo‘y,
gavda og‘irligi, ko‘krak qafasi aylanasi, o‘pkalarning tiriklik sig‘imi, qaddi-
qomatining holati) va boshqalar. “Jismoniy rivojlanish” iborasi keng ma’noda
qo‘llanganda, unga jismoniy sifatlar (tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvozanat
saqlay olish, ko‘z bilan chamalash, kuch, chidamlilik) ham kiritiladi.
Jismoniy tayyorligi – bu harakat ko‘nikmalari, malakalari, jismoniy
sifatlarning meyoriy ko‘rsatkichi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun barcha asosiy jismoniy mashq turlari
bo‘yicha meyoriy ko‘rsatkichlar va ularni bajarish sifatiga qo‘yiladigan talablar
ishlab chiqilgan. Ular «Bolajon» tayanch Dasturida ko‘rsatib berilgan.
Jismoniy kamolot – bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan
darajasi va sog‘liqning, hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga har tamonlama
jismoniy tayyorlanganlikning eng yuqori bosqichi.
“Jismoniy kamolot” o‘sib boradigan ijtimoiy ehtiyojlarni ishlab chiqarilishi,
shuningdek, kishilar ehtiyojining o‘sishiga qarab o‘zgarib turadi.
Jismoniy tarbiya – bu jismoniy kamolotga erishishga yo‘naltirilgan
pedagogik jarayon sanaladi. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, estetik va
mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.
|
| |