|
Sanoat korxonalarini tugatish va qayta tashkil qilish
|
bet | 21/23 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 453,5 Kb. | | #229024 |
Bog'liq Sanoat korxonalarini ta\'sis etish va davlat tomonidan ro\'yxatga olinishi2.2 Sanoat korxonalarini tugatish va qayta tashkil qilish.
Korxona faoliyatini to‘xtatish uni tugatish yoki qayta tashkil qilish shaklida amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarishning barqaror emasligi, moliyaviy qiyinchiliklar, surunkali zarar ko‘rish va to‘lov qobiliyatining yo‘qolishini korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil qilishga asosiy sabab qilib ko‘rsatish mumkin.
Korxonani qayta tashkil qilish - bu, uning birlashib ketishi, qo’shilishi, bo‘linishi, ajralib chiqish va shaklini o‘zgartirishi degani. Korxonani qayta tashkil qilish ta’sischi (ta’sischilar) qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qayta tashkil qilish korxonaning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlari avvalgiga nisbatan yaxshilanishiga xizmat qilishi lozim.
Korxonani tugatish huquqiy xatti-harakat bo‘lib, ishlab chiqarish va xo‘jalik yuritish faoliyatining to‘xtatilishini anglatadi. Korxonani tugatish uning ta’sischilari tomonidan qabul qilinadigan qaror asosida ixtiyoriy tugatish shaklida yoki xo‘jalik sudi qarori asosida amalga oshiriladi.
Korxona tugatilganda u davlat ro‘yxatidan chiqariladi, uning bankdagi hisob raqami yopiladi hamda muhr, shtamp va boshqa rekvizitlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Korxonani tugatishga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
ishlab chiqarilayotgan mahsulot(ish, xizmat)ga bo’lgan talabning pasayib ketishi yoki umuman yo‘qolishi;
ishlab chiqarishning zarar keltirishi;
ishlab chiqarishninng atrof-muhit hamda aholi hayotiga xavf tug‘dirishi;
korxonaning bino va inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa vositalaridan iqtisodiy jihatdan unumliroq, yanada sifatli va iste’molchilar talabiga javob beruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyatining yuzaga kelishi.
Korxonani ixtiyoriy tugatish 2007 yil 27 aprelda qabul qilingan «Tadbirkorlik sub’ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori va unga ilova tarzida berilgan “Tadbirkorlik sub’ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida Nizom” asosida amalga oshiriladi.
Ushbu xujjatlarda belgilangan tartibga ko‘ra korxonani ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi:
tugatuvchi - tugatish komissiyasi (uning a’zolari tarkibi) yoki jismoniy shaxs (pasporti ma’lumotlari);
mo‘ljallanayotgan tugatish muddati.
Korxonani ixtiyoriy tugatish quyidagi ikki hil holat bo‘yicha alohida tartibda amalga oshiriladi :
.Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni ixtiyoriy tugatish.
.Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish.
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni ixtiyoriy tugatishda Tugatuvchi korxonani davlat reyestridan chiqarish uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda chiqqan korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to‘g‘risidagi e’lonni;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani;
korxonaning barcha hisob raqamlari yopilganligi to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchi banklarning ma’lumotnomalarini;
agar mavjud bo‘lsa, korxonaning muhr va shtamplari;
vakolatli organning, agar mavjud bo‘lsa, chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarini bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini;
davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosasini;
tugatilayotgan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati Byuro organlari ish yurituvida mavjud emasligi haqidagi Byuro hududiy boshqarmasining yozma javobini;
korxona hujjatlarining davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi
ma’lumotnomani.
Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ hujjatlar olingandan keyin ikki ish kuni mobaynida davlat reyestriga korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritadi. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organning qarori u qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga beriladi yoki unga pochta orqali jo‘natiladi.
Korxonani ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati ro‘yxatdan o‘tkazgan organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan boshlab to‘qqiz oydan oshmasligi kerak.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatishda Tugatuvchi korxonani davlat reyestridan chiqarish uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan organga ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi e’lon chiqqan sanadan keyin bir oydan erta bo‘lmagan muddatda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to‘g‘risida bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda chiqqan e’lonni;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani;
banklarda hisob raqamlari ochilmaganligi to‘g‘risidagi xat yoki, agar mavjud bo‘lsa, asosiy hisob raqami yopilgani to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasini;
tugatilayotgan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati Byuro organlari ish yurituvida mavjud emasligi haqidagi Byuro hududiy boshqarmasining yozma javobi;
muassislar (qatnashchilar)ning ular o‘rtasida mol-mulk taqsimlanganligi to‘g‘risidagi qarorini;
mavjud bo‘lsa, korxonaning muhr va shtamplari;
korxona hujjatlari davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi
ma’lumotnomani
Ro‘yxatdan o‘tkazgan organning qarori qabul qilingan kunidan keyin bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga beriladi yoki unga pochta orqali jo‘natiladi.
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamgarmalarini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini tugatish tartibi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 iyuldagi Qarori bilan tasdiqlangan “Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risida Nizom” ososida amalga oshiriladi. Bankrotlik alomatlari bo‘lgan korxonalarni tugatish tartibi. «Bankrot» atamasi qadimgi italyanchada «banca» - kursi, o’rindiq va «rota» - singan, ya’ni singan kursi degan ma’noni anglatadi. Shimoliy Italiyaning savdo shahariari - Genuya va Venetsiyada barcha bitimlar maxsus binolarda amalga oshirilgan. Har qaysi urug‘, oila savdo uylarida yog‘ochdan yasalgan kursiga ega bo‘lib, urug‘ boshlig‘i yoki uning vakili o‘sha kursida o‘tirib bitimlar tuzgan. Agar urug‘ boshlig‘i o'zining moliyaviy majburiyatlarini bajara olmasa va nochor bo'lib qolsa, uning kursisi odamlar ko‘z oldida sindirilgan. Mamlakatimizda kreditorlar da’volarini qondirish maqsadida xo'jalik yuritish sub’ektlari bo'lmish yuridik va jismoniy shaxslarni bankrot bo'lgan deb e’tirof etish shartlari va tartibi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunda belgilab berilgan, lekin u o‘z faoliyatini davlat budjeti mablag'lari hisobidan amalga oshiradigan korxona-tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.O'zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonuniga ko'ra qarzdorning pul majburiyatlari bo'yicha kreditorlar talablarini qondirishga va majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi.
Xulosa.
Sanoat milliy iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishda, aholining farovonligini oshirishda uning ahamiyati beqiyosdir.
O‘zbekiston sanoati juda katta tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi va istiqlol yillarida tubdan o‘zgarib, bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda rivojlana boshladi.
Sanoat ishlab chiqarishi ayniqsa keyingi o‘n yil ichida jadal rivojlandi. Oqibat natijada O‘zbekiston dunyoning sanoati rivojlangan mamlakatlari safidan joy oldi.
Mustaqillik yillarida respublika uchun mutlaqo yangi bo‘lgan avtomobilsozlik, matorsozlik va ularga butlovchi qismlar tayyorlaydigan sohalarga, neft va gazni qayta ishlaydigan, farmatsevtika, zamonaviy televizor va kompyuterlar ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlariga asos solindi.
O‘zbekistonda sanoat tarmoqlarini yana ham rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar, ya’ni - juda katta moddiy, mehnat, moliyaviy va intellektual resurslar mavjud. Ulardan oqilona foydalanish asosida respublika sanoatini qudratli sanoatga aylantirish va samaradorlik jihatidan uni yanada yuqori darajaga ko‘tarish mumkin.
|
| |