• Gigenik ko’rsatkichlar
  • Ajralib turuvchanlik
  • Kompozitsiyasini to’liqligi
  • Mavzu. Sifatning boshqaruv sikli bosqichlari: rejalashtirish-amalga oshirish-nazorat qilish-boshqaruv Reja: Kirish




    Download 35,29 Kb.
    bet4/9
    Sana16.02.2024
    Hajmi35,29 Kb.
    #157564
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Sifatning boshqaruv sikli bosqichlari

    Ijtimoiy ko’rsatkichlari
    Ushbu ko’rsatkichlar mahsulotning ijtimoiy-zaruriy ehtiyojlarga javob bera olishi va uning turli guruh iste’molchilari uchun ijtimoiy ahamiyatini tavsiflaydi. Bu ko’rsatkichlarga tovarlar ishlab chiqarishning ijtimoiy zaruriyati, tovarning optimal assortimentga mos kelishi, ma’naviy eskirish va boshqa ijtimoiy samaralar ko’rsatkichlari kiradi. Tovar ishlab chiqarishning ijtimoiy zaruriyati ko’rsatkichi mana shu tovarga nisbatan aholining qondirilmagan talabi hajmining zarurligini ifodalaydi. Tovarga nisbatan qondirilmagan talabning zarurlik darajasi aholining mana shu tovarlarga nisbatan ta’minlanganlik darajasi bilan tavsiflanadi. Masalan, oyoq kiyimlar tiraji bog’cha yoshdagi, maktab yoshdagilar, qiz bolalar, o’g’il bolalar, ayol yoki erkaklar oyoq kiyimlariga bo’linadi.


    Gigenik ko’rsatkichlar mahsulotni kishilarni mehnat va hayotiy faoliyatining gigenik shartlariga mos kelishini ko’rsatadi.
    Antroponometrik ko’rsatkichlar mahsulot konstruktsiyasi undan foydalanilayotgan vaqtda kishilar tanasining tuzilishiga mos kelishini ko’rsatadi. Estetik ko’rsatkichlar. Estetik ko’rsatkichlarga ajralib turuvchanlik, tashqi ko’rinishning ratsional bo’lishi, kompozitsiyasining to’liq bo’lishi, mahsulotni ishlab chiqarishni bajarishning mukammal bo’lishi, tovar ko’rinishlarining stabil bo’lishi kabi ko’rsatkichlar kiradi.
    Ajralib turuvchanlik mahsulotga nisbatan jamiyatda shakllangan estetik dunyo qarashlarini aks ettiradi. Bu ko’rsatkich mahsulotni boshqa analogik maqsulotni ajralib turishini, davr talabiga, zamon talablariga, moda yo’nalishlariga javob berish darajasini ko’rsatadi. Tashqi ko’rinishining ratsional bo’lishi mahsulotni funktsional - konstruktiv mohiyatining to’g’ri ifodalanishini mahsulotni tayyorlash va ekspluatatsiya qilishning ob’ektiv sharoitlariga mos kelishini tavsiflaydi.
    Kompozitsiyasini to’liqligi mahsulot qismlarini organik bog’liqligini, uning boshqa ansambllariga ham mos kelishini ko’rsatadi. Ushbu ko’rsatkichlar mahsulotni modellashtirishda turli ranglari o’zaro aloqada qo’llashda, konstruktsiyalash ishlarini badiiy tasvirlashda, to’liq kompozitsion yechimga erishishda badiiy vositalardan foydalanish samaradorligini ko’rsatadi. Mahsulotni ishlab chiqarishning mukammal bo’lishi va tovar ko’rinishining stabil
    bo’lishi mahsulotning estetik jihatdan tashqi ko’rinishiga ta’sir ko’rsatadi va uni ishlab chiqarishda tashqi ko’rinishining mukammal bo’lishi, firma belgilarining aniq bo’lishi, informatsion material va hujjatlarning to’liq bo’lishi va mahsulot tashqi ko’rinishiga zarar yetmasligi uchun uni o’rash-joylash ishlarining yaxshi yo’lga qo’yish darajasini ko’rsatadi.

    Download 35,29 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 35,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu. Sifatning boshqaruv sikli bosqichlari: rejalashtirish-amalga oshirish-nazorat qilish-boshqaruv Reja: Kirish

    Download 35,29 Kb.