|
Mavzu. Sifatning boshqaruv sikli bosqichlari: rejalashtirish-amalga oshirish-nazorat qilish-boshqaruv Reja: Kirish
|
bet | 5/9 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 35,29 Kb. | | #157564 |
Bog'liq Sifatning boshqaruv sikli bosqichlariIste’molning havfsizligi ko’rsatkichi mahsulotni ekspluata-tsiya yoki iste’mol qilish, montaj, xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, saqlash, ortish va tashishda kishilarning xavfsizligini ta’min-lovchi xususiyatlarini tavsiflaydi. Iste’molning xavfsizligi ko’rsatkichiga misol qilib, kishilarning ma’lum vaqt davomida xatarsiz ishlashi ehtimoli; himoya moslamalarining ishlatilishi; valtli zanjirlarning elektr mustahkamligi kabilarni keltirishimiz mumkin.
Ekologik ko’rsatkichlar mahsulotni ekspluatatsiya qilishda yoki iste’molda atrof muhitga zararli ta’sir ko’rsatishini xisobga olish tabiat muxitiga ishlab chiqarish chiqindilarning tushishini cheklash, biologik resurslardan ratsional foydalanish, ularni saqlash, atmosferani ifloslanish darajasini pasaytirishni ta’minlash kerak. Ekologik ko’rsatkichlarga, atrof muhitga tashlanayotgan zaharli chiqindilarning tarkibi, mahsulotni ekspluatatsiya qilish va iste’molda, ortish, tashishda, saqlashda zaharli gazlar chiqishini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Iqtisodiy ko’rsatkichlar - bu tajriba namunalarni tayyorlash va sinovdan o’tkazishga ketgan xarajatlar, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, texnik ob’ektlarni ekspluatatsiya qilishdagi xarajatlar va boshqalar. Sifat ko’rsatkichlari fizikaviy ko’rsatkichlar singari o’lchamga ega bo’lishi yoki ega bo’lmasliklari mumkin. Sifat ko’rsatkichlarining miqdoriy tavsifi deganda ma’lum birliklardagi ularning o’lchamalari tushuniladi. Masalan, mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarfi mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt bo’lib, ishchi-soatlarda ifodalanadi.
Mahsulot sifati darajasini baholash Mahsulot sifati qanday degan savolga javob berish uchun bir turdagi mahsulotning sifat ko’rsatkichlarini ikkinchisi bilan taqqoslanadi. Taqqoslash natijasida qaysi mahsulotning sifati yuqori ekanligi to’g’risida xulosa chiqarish mumkin.
O’lchash usuli texnik o’lchov asboblari yordamida olingan ma’lumotlarga
asoslangan. O’lchash usuli yordamida mahsulotning og’irligi, bo’yi, eni, razmeri kabi parametrlarini aniqlash mumkin.
|
| |