• Qayd etish usuli
  • Mahsulotning parametri
  • Mavzu. Sifatning boshqaruv sikli bosqichlari: rejalashtirish-amalga oshirish-nazorat qilish-boshqaruv Reja: Kirish




    Download 35,29 Kb.
    bet6/9
    Sana16.02.2024
    Hajmi35,29 Kb.
    #157564
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Sifatning boshqaruv sikli bosqichlari

    Hisoblash usuli nazariy yoki empirik bog’lanishlar yordamida olingan ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan loyiha bosqichida mahsulotlarning og’irligini, unumdorligini, quvvati, chidamliligi kabi ko’rsatkichlarni aniqlashda qo’llaniladi.
    Organoleptik usul – sezgi organlari: ko’rish, eshitish, sezish organlari orqali olingan ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan. Organoleptik usuldan qandolatchilik mahsulotlari, tamaki mahsulotlarining sifatini baholashda, gazlamaga berilgan ranglarning tiniqligini, gullarning shaklini, poyafzal mahsulotlari, tikuvchilik mahsulotlarining tashqi ko’rinishi, ko’zga tashlanuvchanligini baholashda qo’llaniladi.
    Qayd etish usuli ma’lum voqeliklar, predmetlar yoki xarajatlarning, masalan, sinov paytida sinovdan o’tolmagan mahsulotlar sonini hisoblash yo’li bilan olingan
    ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan.
    An’anaviy usul – muassalar va korxonalarning maxsus eksperimental va hisoblar bo’liimlaridagi mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi (ularga ixtisoslashgan laboratoriyalar, poligonlar, sinov stendlari va boshqalar kiradi).

    Mahsulotning parametri – uning belgisi bo’lib, barcha miqdoriy xususiyat va xolatlarni ifodalaydi.


    Mahsulot sifatining birlik ko’rsatkichi deb, uning biror xossa yoki xususiyatini ifodalovchi ko’rsatkichga aytiladi. Mahsulot sifatining birlik ko’rsatkichiga misol qilib, gazlamalarning havo o’tkazuvchanligi, cho’ziluvchanligi, chidamliligi kabi xususiyatlarini keltirishimiz mumkin.
     Mahsulot sifatining kompleks ko’rsatkichi deb, uning bir necha xossa xususiyatlarini ifodalovchi ko’rsatkichlarga aytiladi. Mahsulot sifatining kompleks ko’rsatkichiga tortilgan o’rtacha qiymat ko’rinishida aniqlangan ko’rsatkichni misol qilib keltirishimiz mumkin:
    Ki- mahsulotning i xususiyatining ko’rsatkichi. Zi- Ki ko’rsatkichning ulushini ifodalovchi koeffitsient.
    2. Guruhlar bo’yicha aniqlangan kompleks ko’rsatkichlar hamda alohida ajratib ko’rsatilgan, muhim ahamiyatga ega bo’lgan birlik ko’rsatkichlar taqqoslash asosi qilib qabul qilingan ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Odatda, o’lchash yo’li bilan mahsulot sifatining birlik ko’rsatkichlari aniqlanadi. Huquqiy-patent va iqtisodiy ko’rsatkichlar, mahsulotning bir tekisdaligi ko’rsatkichi, standartlash va unifikatsiyalash hisoblash orqali amalga oshiriladi. Hisoblash yo’li bilan, yuqorida aytib o’tganimizdek, sifatning kompleks ko’rsatkichlarini aniqlash mumkin. Sifat ko’rsatkichlarini taqqoslashni intervallar shkalasi yoki nisbatlar shkalasi orqali ham ifodalash mumkin. Sifat ko’rsatkichlarini taqqoslashda ko’rsatkichlar dinamikasining tavsifi ham e’tiborga olinadi.

    Download 35,29 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 35,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu. Sifatning boshqaruv sikli bosqichlari: rejalashtirish-amalga oshirish-nazorat qilish-boshqaruv Reja: Kirish

    Download 35,29 Kb.