• Baholashdan maqsad
  • Mahsulot sifati ko’rsatkichlarining turlari. Mahsulot sifati darajasini baholash




    Download 35,29 Kb.
    bet3/9
    Sana16.02.2024
    Hajmi35,29 Kb.
    #157564
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Sifatning boshqaruv sikli bosqichlari

    2. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarining turlari. Mahsulot sifati darajasini baholash.
    Mahsulot sifatini baholash va uni oshirish uchun sifat darajasini baholash zarurdir. Mahsulot sifatini miqdoriy jihatdan baholash bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasiga kvalimetriya deyiladi. Mahsulotning sifati darajasini baholash mahsulot sifatini sistemasida zaruriy boshqaruv ta’sirini amalga oshirishda asos bo’lib xizmat qiladi. Umumiy ko’rinishida mahsulot sifatini baholash quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin.
    Mahsulot sifati darajasini baholash bosqichlari
    Bosqichlarning mazmuni va ularning har birida bajariladigan ishning hajmi mahsulot sifatini baholashdan qo’yilgan maqsadga bog’liqdir.
    Baholashdan maqsad: Ko’rib chiqish uchun sifatning qaysi ko’rsatkichlarini tanlash, qanday aniqlikda ularning qiymatini aniqlash, buning uchun qanday vositalar zarurligi, baholash natijalarini qanday formada ifodalash va ko’rsatkichlarni qanday qayta ishlash mumkinligini aniqlashdan iboratdir. Mahsulotning xossa va xususiyatlari miqdoriy hamda sifat jihatdan tavsiflanishi mumkin. Sifat tavsiflari-bular, masalan, mahsulotning zamonaviy moda yo’nalishiga, dizaynga, ranglarga mos kelishi va boshqalar bo’lishi mumkin. Mahsulotning bir yoki bir necha xossa xususiyatlarining miqdoriy tavsifiga sifat ko’rsatkichi deyiladi. Sifat ko’rsatkichlarini tanlash – mahsulot sifati tarkibiga kiruvchi va uning sifati darajasini baholashga imkon beruvchi mahsulot xususiyatlari miqdoriy tavsifining nomlarini aniqlashdir. Sifat ko’rsatkichlarining nomlarini tanlashni asoslab berish quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
     Mahsulotdan foydalanish shartlari va nima maqsadda ishlab chiqarilganligi;
     Iste’molchi talablarining tahlili;
     Mahsulot sifatini boshqarish masalalari;
     Tavsiflanayotgan xususiyatlarning tarkibi va strukturasi;
     Sifat ko’rsatkichlariga nisbatan qo’yilgan asosiy talablar (4. rasm)
    Sifat ko’rsatkichlari klassifikatsiyasi.
    Xalq iste’moli tovarlarining sifatini nazorat qilish sifatining ijtimoiy, funktsional, ishonchlilik, ergonometrik, estetik, ekologik, xavfsizlik kabi iste’mol ko’rsatkichlarini o’rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Zarurat tug’ilsa, tovarlarini sifatini baholash va tahlil qilish iste’molchilarning talablarini ham hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ijtimoiy ko’rsatkichlar maxsus ko’rsatkichlar guruhiga kiradi. Tovarlar sifat ko’rsatkichlari va iste’mol xususiyatlariga ko’ra quyidagicha klassifikatsiyalanadi.

    Download 35,29 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 35,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulot sifati ko’rsatkichlarining turlari. Mahsulot sifati darajasini baholash

    Download 35,29 Kb.